Jismoniy tarbiya tarixi
Tarixiy va arxeologik manbalarning guvohlik berishicha, eng qadimgi ajdodlarimiz yashash uchun turli xil ov va mehnat qurollarini yasash, ulardan ijtimoiy (hayotiy) ehtiyojlari uchun unumli va maqsadli foydalanganlar. Ularning barcha faol harakatlarda (yugurish, to‘siqklar- dan sakrab o‘tish, buyumlar, nayzalarni uloqtirish, yovvoyi hayvonlar bilan olishish va h.k.) tabiiy kuch-qudratlari hamda maxsus jismoniy tayyorgarliklar asosiy rol o‘ynagan. Natijada ijtimoiy-mehnat faoliyat- larda jismoniy mashqlardan foydalanish vujudga kelgan va ular tobora takomillashgan.
Ijtimoiy tuzumlar va ishlab chiqarish jarayonlarining kengayishi hamda rivojlanishi jamiyat taraqqiyotini ta’minlagan. Bunda jismoniy tarbiya (mashqlar qilish orqali chiniqish, rivojlanish, musobaqalashish, qurollar yasash va h.k.) o‘ziga xos xususiyatlari bilan muhim o‘rin egallagan. Shu sababdan ham an’anaviy bayramlar, urf-odatlarda kurash, mushtlashish, nayza sanchish, tosh ko‘tarish, yuqoriga osilib chiqish, arqon tortish, hayvonlar bilan olishish, otlarda chavondozlik qilish kabi jismoniy harakatlar va o‘yinlar bilan shug‘ullanish hayot tarziga aylangan. Keyinchalik esa bunday harakatlar musobaqalashish darajasi- ga etib borgan. Shu tariqa hozirgi zamon sport turlari tarkib topib, ular jahon miqyosidagi musobaqalarning o‘tkazilishini ta’minlagan. Bu holatlar, asosan, XIX asrning birinchi va ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. XX asrda esa jahon bo‘yicha birinchiliklar va olimpiya o‘yinlari mukammallashib, jahon xalqlarining ijtimoiy-madaniy tadbirlariga aylandi. XXI asrda kelib esa u umummadaniyatning muhim bosqichi sifatida yoshlarning mahorat orttirishi, davlatlarning o‘z shon-shuhratini kuchaytirish manbasiga, futbol, boks, tennis kabi bir qator sport turlari esa xalqaro biznesga aylanmoqda.
Jismoniy mashqlar va sport O‘zbekistonda ham yanada shakllanib, milliylashib xalqaro andozalarga moslashib bormoqda. Buni aholining, ayniqsa o‘quvchi-yoshlar va talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishlari tobora o‘sib borayatganida;
o‘quv va mehnat jarayonlarida toliqish natijasida jismoniy mashqlar, turli xil o‘inlar va sport bilan shug‘ullanib borish hayotiy (ijti- moiy) ehtiyojga aylanmayotganida;
texnika taraqqiyoti va aqliy mehnat bilan shug‘ullanish jarayoni- ning kengayishi hamda rivojlanishi faol harakatlarning susayish va kamayishiga sabab bo‘layotgani amaliy faol harakatlar (jismoniy mashq- lar, o‘yinlar, sayohat, sport va h.k.) qilishga da’vat etayotganidan ham ko‘rish mumkin.
Yuqoridagi sabablarga ko‘ra mamlakatda sport inshootlari quri- lishga mutaxassis kadrlar tayyorlash, sport mashg‘ulotlarini tashkil qi- lish, turli sport musobaqalarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabilarda alohida e’tibor qaratilmoqda. «Umid nihollari», «Barkamol avlod»,
«Universiada», «Spartakiada», «Mahalla polvonlari», kabi ko‘plab nu- fuzli sport musobaqalari timsolida ko‘rish mumkin. Shuningdek, «Alpo- mish o‘yinlari», «To‘maris o‘yinlari» Respublika festivallari, «Alpo- mish» va «Barchinoy» maxsus testlari bo‘yicha musobaqalar hamda turli xil sport musobaqalari ham shular jumlasidandir.
Buyuk kelajak avlodlarining ma’naviy va jismoniy barkamolligini ta’minlashda davlat ta’lim standartlari asosida barcha turdagi o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslarining o‘tkazib borilishi, bu sohada maxsus darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning yaratilishi, ommaviy axborot vositalari, teleradiolarda jismoniy tarbiya va sportning keng tar- g‘ib qilib borilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy faoliyatlar falsafiy tushuncha bo‘lib, u insonlarning yashashi, mehnat qilishi, madaniy turmush kechirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning (ta’lim-tarbiya, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport va h.k.) birligini anglatadi. Shu tufayli qaysi soha yoki jarayon bo‘lmasin ijtimoiy) iborasi qo‘llaniladi va u hayot, mehnat, tarbiya, salomatlik va boshqa sohalarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |