TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MAGISTRATURA BO‘LIMI
IQTISOD KAFEDRASI
KICHIK KORXONALARNING BOZOR FAOLIYATINI KENGAYTIRISHDA KONSTRUKTORLIK VA TEXNOLOGIK YANGILIKLARNI JORIY ETISH MASALALARI
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: dos.U.Zaynutdinova Yosinov Dilyorbek
Toshkent 2021
MUNDARIJA
Kirish
Kichik korxonalarning bozor faoliyatini kengaytirishda konstruktorlik va texnologik yangiliklarni joriy etishning dolzarbligi va muhim jihatlari
Kichik korxonalarning bozor faoliyatini kengaytirishda konstruktorlik va texnologik yangiliklarni joriy etishning jahon tajribasi
Kichik korxonalarning bozor faoliyatini kengaytirishda ularni rejalashtirish va innovatsion faoliyatini rag’batlantirish yo'llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Mamlakatimizda 2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlanishi ham chuqur ma`no kasb etadi. Sababi investitsiyalarni jalb etmasdan turib, iqtisodiyotda mavjud bo`lgan kapital ehtiyojini qondirib bo`lmaydi. Shunday ekan, kichik korxonalarda investitsion faoliyatni samarali ishlashi uchun qulay muhitni yaratish, uning murakkablik jihatlarini yumshatishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish dolzarblik kasb etadi.
Hozirgi sharoitda barqaror va samarali faoliyat olib boradigan iqtisodiy jarayonlarni ta`minlash zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar modelini o`zida aks ettiradi. Jumladan, iqtisodiy o`sishning moliyaviy omillari qatorida asosiy ko`rsatkich sifatida investitsion faoliyatni qayd etishimiz mumkin. Zamonaviy sharoitda esa, investitsion potentsial inobatga olingan holda investitsion jozibadorlikni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Mamlakatimizda o`tkazilayotgan demokratik bozor islohotlarining va O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasining diqqat markazida turgan eng muhim ustuvor vazifalardan biri – milliy iqtisodiyotda tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish sanaladi1.
Jumladan,“..milliy iqtisodiyotning tarkibida sanoat ulushini ko`paytirish, yuqori texnologiyali sanoat va qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, har bir hududning sanoat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta`minlash, yangi sanoat korxonalari va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish” deb ta`kidlangan.
Albatta, yuqoridagi islohotlarning barchasining zamirida davlat va nodavlat sektor korxonalarining barqaror sur`atlarda innovatsion salohiyatini ro`yobga chiqarib kelayotganligi yotadi. Shu sababli, bugungi globallashuv va milliy iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida milliy iqtisodiyot xususiyatlaridan kelib chiqqan holda innovatsion salohiyat, uni shakllanishi va rivojlanishini baholash, boshqarishning nazariy-uslubiy masalalarini kompleks tadqiq qilish, sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni rivojlantirish va boshqarish omillari va o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash, respublikada sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, innovatsion salohiyatni baholash usullarini qiyosiy o`rganish va sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmlarining zamonaviy holati va tendentsiyalarini aniqlash o`z echimini kutayotgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi hozirgi kunda mamlakatimizda kichik korxonalarda konstruktorlik va texnologik yangiliklarni joriy etishni tahlil etish, uning innovatsion faoliyatini qo`llab-quvvatlash va moliyalashtirish tizimining mazmuni va mohiyatini ilmiy asoslash hamda samarali rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |