Iqtisod 9 - sinflar
Mavzu: Iqtisodiy himoya vositalari.
Sana
Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarni Iqtisodiy himoya vositalari.haqidagi ko’nikmalarini hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni kasbga bo’lgan malaka va ko’nikmalarini shkillantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikirlash qobilyarlarini oshirish.
DTS talablari asosida ta’lim va tarbiya berish
Darsning uslibi: Tushuntirish, savol –javob, mustaqil ishlash.
Darsning jixozi: Darslik, doska, ko’rgazmali va tarqatma materilallar.
Darsning borishi: yangi mavzuni bayoni
Korxona tovarlari bozorda yaxshi sotilmay qoldi. Tovar ishlab chiqarish borgan sari qimmatlashib boryapti. Ish haqi oshirilsa, tovar ishlab chiqarish yanada qimmatlashadi. Shunga ko'ra, kam ishchi kuchi talab qiladigan yangi texnologiya sotib olib, ishchilarning bir qismini ishdan bo'shatish lozim.
Yonlanma ishchilarning davolari: Korxonada ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilash, mehnat xavfsizligini ta'minlash, oylik maoshlar miqdorini oshirish, kunlik ish vaqtini qisqartirish kerak. Ishchilarni ishdan bo'shatmaslik lozim.
Yuqoridagi chizmada ish beruvchi korxona-firmalar bilan ularda yollanib ishlayotgan ishchilar o'rtasidagi nizo tasvirlangan.
1. Siz ish beruvchi sifatida qanday qilib bu nizoning oldini olgan bo'lar edingiz?
2. Siz ishga yollanuvchi sifatida o'z manfaatlaringizni qanday himoya qilgan bo'lar edingiz?
3. Siz davlat vakili sifatida bu nizoni qanday hal qilgan bo'lar edingiz?
4. Kasaba uyushmalari haqida nimalarni bilasiz? Bu vaziyatda ular qanday yordam berishi mumkin? _
Ishcizilikning oqibatlari: Har qanday davlatda ishsizlik muammosi mavjud bo'lib, undan butunlay xalos bo'lishning iloji yo'q. Mamlakatda friksion va tarkibiy ishsizlik turlarining bo'lishi iqtisodiyotda katta o'zgarishlarga olib kelmaydi va jamiyat uchun qaysidir ma'noda tabiiy holat hisoblanadi. Mamlakatda faqat friksion va tarkibiy ishsizlik mavjud bo'lgan holat tola bandlik deb ataladi. Bu holatdagi ishsizlik darajasi esa tabiiy ishsizlik darajasi deb yuritiladi. Bir hisobda, mamlakatda tabiiy ishsizlikning bo'lgani ma'qul. Chunki bunday ishsizlarning bo'lishi, ish bilan band aholini yaxshiroq ishlashga undaydi. O'z navbatida, ishsizlarni ham bekor yurmasdan, malakalarini oshirib, tezroq ish topishga majbur qiladi. Lekin mamlakatda davriy ishsizlikning paydo bo'lishi iqtisodiyotga katta salbiy ta'sir ko'rsatadi. Mustaqillik yillarining boshida mamlakatimizda vujudga kelgan vaziyat bunga misol bo'la oladi. Sobiq ittifoqdan qolgan qoloq agrar iqtisodiyot, oldingi iqtisodiy aloqalarning uzilib qolishi, ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishi, respublikamiz iqtisodiyotining yangi bozor iqtisodiyotiga o'tishi bilan bogiiq chuqur iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar mamlakatimizda davriy ishsizlikni keltirib chiqardi.
Tabiiy ishsizlik darajasi - mamlakatda faqat friksion va tarkibiy ishsizlik bo'lgan vaziyatdagi ishsizlik darajasi. To'Ia bandiik - mamlakatda faqat tabiiy ishsizlik bo'lgan vaziyatdagi bandlik.
Davriy ishsizlik paytida, ishlab chiqarish hajmining yoppasiga kamayishi oqibatida, ko'plab zavod va fabrikalar to'xtaydi. Minglab odamlar qishloqdan shaharga, bir shahardan ikkinchi shaharga ish qidirib boradilar. Narx-navoning oshishi, yashash sharoitlarining og'irlashgani tufayli oldinlari ishlamasdan yurgan uy bekalari, nafaqaxo'rlar va talabalar ham ish qidirib qoladilar. Natijada, mehnat bozoridagi muvozanat butun mamlakat miqyosida buziladi. Shu bois, bunday ishsizlikning oldini olish va umuman, ishsizlikni jilovlab turish davlatning eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mamiakatdagi tabiiy ishsizlik darajasining 4-5 foiz bo'lishi me'yoriy holat hisoblanadi.
Mamlakatda tabiiy ishsizlik darajasi 6 foizni, umumiy ishsizlik darajasi esa 10 foizni tashkil qiladi. Friksion va tarkibiy ishsizlik mamlakatning 1 million aholisini qamrab olgani ma'lum bo'lsa, mamlakatda qancha ishsiz borligini aniqlang.
Ijtimoiy himoya vositalari:Davlat mehnat bozorini tartibga solish va ishsizlikning oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni qo'llaydi:
- mehnat bozorini doimo tahlil qilib, mamlakatda qancha ish o'rinlari bor, qancha odam ish bilan band, qancha odam ishsiz, mehnat bozorida qanday o'zgarishlar kutilmoqda kabi savollarga javob topadi;- aholini ish bilan to'laroq ta'minlash dasturlarini ishlab chiqadi, tadbirkorlikni qo'llab, qo'shimcha ish o'rinlarini yaratadi;- aholini kasbga yo'naltirish, ish o'rinlari haqida ma'lumot yetkazish va targ'ibot ishlari bilan shug'ullanadi;- iqtisodiyot uchun zarur mutaxassislar va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini amalga oshiradi; - aholini ishga joylashtirish, chet elga ishga jo'natish masalalari bilan shug'ullanadi; - aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini ko'radi, ishsizlarni ro'yxalga oh va ishsizlik nafaqalarini beradi.
Bu ish bilan mehnat birjalari shug'ullanadi. Mehnat birjasi ish beruvchi korxona va ish qidirib yurgan kishilar o'rtasida vositachilik qiladigan davlat tashkilotidir. Mcln birjasi ishsizlarni ro'yxatga oladi, korxonalardagi bo'sh ish o'rinlarini aniqlaydi va i qidirib yurgan kishilarni bu korxonalarga ishga yo'llaydi. Mehnat birjasiga murojaat qilg ishsizga, kasbi bo'yicha ish topilmasa, "ishsiz" degan maqom beriladi va ma'lum vaqtgac ishsizlik nafaqasi bilan ta'minlab turadi.
Ba'zi hollarda, yollanma ishchilar va ish beruvchi korxonalar o'rtasida oylik mac miqdori, ishlash sharoitlari va mehnat xavfsizligini ta'minlash masalalarida nizo kelib chiqadi. Yollanma ishchilar o'z manfaatlarini himoya qilish maqsadida kas;i uyushmalariga birlashadi. Kasaba uyushmalari nodavlat, jamoat tashkiloti bo'lib, < a'zolari manfaatlarini himoya qiladi.
Mehnat birjasi - ish beruvchi korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar o'rtasi vositachilik qiiadigan davlat tashkiloti.
Kasaba uyushmasi - yollanma ishchilar manfaatlarini ish beruvchilar va dav I oldida himoya qiluvchi nodavlat jamoat tashkiloti.
Do'stlaringiz bilan baham: |