Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi : Dunyo bo‘yicha har yili yaratilayotgan iqtisodiy boylik, moddiy ne’matlarning 85 foizi Yer yuzi aholisining 17 foizi istiqomat qilayotgan 25 ta davlat aholisi tomonidan iste’mol qilinmoqda. Davlatlar iqtisodiy rivojlanish darajasi o'rtasidagi farq kun sayin kattalashmoqda. Boy davlatlar yanada boyib, kambag‘al davlatlar esa haddan tashqari nochorlashmoqda. Bu holat jahon iqtisodiyotining globallashuvi natijasida yanada keskinlashmoqda. Dunyo o‘ta boy va kambag‘al davlatlardan tashkil topgan ikki qutbga ajralib bormoqda. Bu o‘z navbatida, kelajakda dunyo miqyosidagi ijtimoiy nizo, siyosiy va iqtisodiy tanglikni keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |