FIRMANING BOSHQARUV TUZILMALARI
Firmaning katta-kichikligiga qarab, boshqaruvning turii xil tashkiliy tizimlari tuziladi. Faraz qilaylik, kichik do'konda uning egasi va yana bir kishi ishlaydi. Bu holatda, boshqaruvchi va boshqariluvchi orasidagi o'zaro munosabat 8.3-chizmadagidek bo'ladi. Bu tizim - sodda tashkiliy tizim deyiladi. Bir nechta bo'limlardan tashkil topgan supermarketdagi boshqaruv tuzilmasini ko'z oldimizga keltiradigan bo'lsak, uning tuzilmasi (boshqaruv bo'g'inlari) birmuncha murakkabroq bo'ladi. Uni sxema tarzida 8.4-chizmadagidek tasvirlash mumkin. Yangi tizimning awalgisidan asosiy farqi faqat xizmatchilar sonini ko'pligida bo'lmay, balki bir necha quyi darajali qismlardan tashkil topganligidadir. Endi ishchi va xodimlarning bir qismi bevosita do'kon egasiga emas, balki kichik bo'limlarni boshqaruvchi menejerlarga bo'ysunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |