Iqlimi tropik, yil davomida havo harorati va nisbiy namlik yuqori darajada boʻladi, yomgʻirli



Download 153,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana12.01.2022
Hajmi153,08 Kb.
#338744
1   2   3   4
Bog'liq
Kuba - Vikipediya

Qisqartma

CU

Internet domen

.cu

Telefon prefiksi

+53


Ispaniyani tor-mor keltirdi va oʻsha yili Parij

tinchlik bitimi tuzildi. Bitimga koʻra, K. rasman

mustaqil deb eʼlon qilingan boʻlsa ham,

haqiqatda 1898 yildan 1902 yilgacha AQSH

tasarrufida boʻldi.

1903 yilgi adolatsiz shartnomaga binoan, AKSH

Guantanamo harbiy-dengiz bazasini nomaʼlum muddatgacha ijaraga oldi.

1925 yil mayda davlat tepasiga kelgan X. Machado terrorchi diktatura oʻrnatdi. 1934 yil

yanvarda hukumat F. Batista kuliga oʻtdi, u harbiy-politsiya rejimini oʻrvatdi. 1935 yil martda

umumiy ish tashlash boshlandi, bunda Batista rejimini bekor qilish, yangi demokratik

konstitutsiya tuzish talab etildi. 1944— 48 yillarda R. Grau San-Martina hukumatga boshchilik

qildi. Mavjud siyosatga qarshi norozilik mitinglari, ish tashlash va h.k. hukumatni demokratik

tashqilotlarga yon berishga majbur etdi.

1952 yil 10 martdagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni yava F. Batista egalladi. Shu

sharoitda F. Kastro Rus boshliq inqilobchi yoshlar guruhi Batista hokimiyatiga qarshi qurolli

kurash boshladi. 1953 yil 26 iyulda guruh Santyagode-Kubadagi Monkada kazarmasiga

hujum qildi. Pekin bu qujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. F. Kastro va uning safdoshlari

hibsga olinib, 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 1955 yil keng jamoatchilik tazyiqi

natijasida hukumat mahbuslarga afv eʼlon qildi. F. Kastro AQSH ga, soʻng Meksikaga ketdi va

u yerda F. Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash rejasini ishlab chikdi. 1956 yil 2 dekabrda

F. Kastro boshchiligidagi guruh "Granma" yaxtasida K.ga kelib tushdi. Shu paytdan

mamlakatni F. Batista rejimidan ozod etish uchun kurash boshlandi.

1957 yil 13 martda talabalarning "Inqilobiy direktorat" degan siyosiy tashkiloti Batista

hukumatini yuqotish maqsadida prezident saroyiga bostirib kirdi. 1959 yil 1 yanvar kechasi

Batistahokimiyati agʻdarildi. 1959 yil fevralda F. Kastro boshliq hukumat tuzildi. O. Dortikos

Torrado prezident boʻldi. __ K. — 1945 yildan BMTaʼzosi. 1992 yilda Oʻzbekiston Respublikasi

mustaqilligini tan olgan. Milliy bayramlari: 1 yanvar — Ozodlik kuni (1959), 26 iyul — Milliy

qoʻzgʻolon kuni (1953).

K. kommunistok partiyasi, 1961 yilda 3 tashqilot: K. xalq sotsialistax partiyasi, "26 iyul

harakati" va "13 mart inqilobiy direktorati"ning birlashuvi natijasida vujudga kelgan. K.

mehnatkashlari kasaba uyushma markazi 1939 i. da tuzilgan, 19 ta tarmoq kasaba

uyushmasini birlashtiradi.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari



K. — agrar-industrial mamlakat. Davlat sektori sanoat ishlab chiqarishning hammasini,

qurilish va savdoni, transportning 98% ni, qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerdarning 80% ni oʻz

ichiga oladi. Yalpi milliy daromadni hosil qilishda sanoatning ulushi 46%, qishloq, oʻrmon

xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 15,9%..

Qishloq xoʻjaligining asosi — shakarqamish yetishtirish. Ekinzorlarning yarmiga (1,5 mln. ga

yerga) shakarqamish ekiladi. Tamaki, kofe, mango, don va dukkaqlilar, sholi, ildizmevalilar,

meva, sitrus, moyli ekinlar, paxta va boshqa, yil boʻyi sabzavot va poliz mahsulotlari

yetishtiriladi. Ananas, banan, qovun daraxti, kokos palmasi, kanop anchagiva maydonni

egallaydi. Chorvachiligi, asosan, goʻsht-sut yoʻnalishida. Qoramolchilik, choʻchqachilik,

parrandachilik rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.

Qand-shakar ishlab chiqarish — K. sanoatining yetakchi tarmogʻi. Eng katta va texnik jihatdan

yaxshi uskuvalangan zavodlar Santyago-de-Kuba va Kamaguey viloyatlarida. Oziq-ovqat

sanoati (qanddan tashqari) un tortish va non yopish korxonalaridan, goʻsht kombinatlari, sut-

sariyogʻ, moy zavodlari va boshqa dan iborat. Soya moyi va aralash yem, yer yongʻoq, palma

moylari va boshqa ishlab chiqariladigan zavodlar bor. Tamaki mahsulotlari ishlab

chiqariladigan f-kalar mavjud. Kimyo sanoati, asosan, chetdan olinadigan xom ashyo va yarim

fabrikat asosida ishlaydi. 1 yilda oʻrtacha 15,8 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Gazlama va toʻqimachilik buyumlariga boʻlgan ehtiyoj 50—60% taʼminlanadi. Toʻqimachilik

kombinati va f-kalari bor. Koʻn poyabzal sanoati mamlakat ehtiyojini asosan taʼmin etadi. K.da

yirik sement zavodi, temir-beton konstruksiyalar, gʻisht va boshqa zavodlar, uysozlik

kombinati, oyna-shisha kombinati bor.

Konchilik sanoati va rangli metallurgiya nikelli, misli va boshqa ruda qazib olish va ularni

boyitish korxonalaridan iborat. Nikel qazib chiqarishda K. dunyoda 3-oʻrinda turadi. Qishloq

xoʻjaligi mashinalari, dizel motorlari zavody, elektrodlar fabrikasi, kema qurish va taʼmirlash

korxonalari mavjud. Soʻnggi vaqtlarda xalqaro sayyohlik rivojlanib, valyuta tushumlari

manbalari orasida birinchi oʻringa chiqdi.

Ichki aloqalaruchun avtomobil transporti muhim ahamiyatga ega. Kubaning oʻz. — 4,8 ming

km. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 14,5 ming km. Eng yirik portlari — Ganava va Santyago-de-Kuba.

Xoʻjaligi

Sanoati


Transporti


K. chetga shakarqand, ruda va ruda konsentratlari, nikel, sitrus mevalar, ichimlik, tamaki va

tamaki mahsulotlari chiqaradi. Chetdan asbob-uskuna, transport vositalari, neft va neft

mahsulotlari, gʻalla, oziq-ovqat, yogʻoch va h. k. olinadi. Tashqi savdoda Rossiya

Federatsiyasi, Lotin Amerikasi va Yevropadagi baʼzi mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul

birligi — Kuba pesosi.

Vrachlar universitetlarning tibbiyot fakultetlarida, hamshiralar bilim yurtlarida tayyorlanadi.

K.da SanVisente, San-Diyego-delos-Banʼos, Santa-Fe va boshqa mashhur kurortlar bor.

Maorifi, ilmiy va madaiiy-maʼrifiy muassasalari. 1961 yil gi qonunga binoan, maorif davlat

ixtiyoriga olindi va oʻqish bepul qilindi, 9 yil lik (6 yil lik boshlangʻich va 3 yil lik asosiy oʻrta)

majburiy taʼlim joriy etildi. Hamma oʻquv yurtlarida stipendiya beriladigan boʻldi. Oliy oʻquv

yurtlari: Ganava universiteti, Santyago-de-Kuba, Santa-Klara, Kamaguey universitetlari, Ganava

yaqinida Oliy pedagogika instituti, Milliy sanʼat maktabi, chet tillar oliy instituti va boshqa Eng

yirik kutubxonalari: Xose Marti nomidagi Milliy kutubxona, Ganava universiteti kutubxonasi.

Ganavada Milliy muzey, Xalq sanʼati muzeyi, Inqilob muzeyi, Antropologiya muzeyi va boshqa

bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jurnallari: "Granma" (kundalik gaz.,



1965 yildan), "Trabaxadores" ("Mehnatkash", haftalik gaz., 1970 yildan), "Tribuva de la

Ganava" ("Ganava minbari", haftanoma, 1980 yildan), "Adelante" ("Olgʻa", gaz., 1959 yildan),

"Vanguardia" ("Ilgʻor", gaz., 1962 yildan), "Venseremos" ("Biz yengamiz", gaz., 1972 yildan),

"Viktoria" ("Gʻalaba", gaz., 1967 yildan), "Muxeres" ("Ayollar", oylik jurnal, 1961 yildan), "Xiron"

(gaz., 1960 yildan), "Eskambray" (gaz., 1979 yildan) va boshqa Milliy axborot agentligi —

hukumatning rasmiy agentligi, 1974 yilda tuzilgan; Prensa Lativa, Lotin Amerikasi axborot

agentligi, 1959 yilda asos solingan, Ganavada joylashgan. K. radioeshittirish va telekoʻrsatuv

instituti davlat muassasasi boʻlib, u 1962 yilda tuzilgan, mamlakatdagi radioeshittirish (1922

yildan boshlangan) va telekoʻrsatuvlarni (1950 yildan boshlangan) nazorat qiladi. 1997 i.

mamlakatda 5 milliy, 1 xalqaro, 14 viloyat va 31 munitsipal radiostansiya ishladi. K.

televideniyesi Ganavada joylashgan.

S. Bilbaoning "Sabr koʻzgusi" dostoni (1608) K. adabiyotining birinchi mashhur asarlaridan

sanaladi, unda mahalliy aholining turmushi aks ettirilgan. 18-asr boshlaridan kitob nashr etila

boshlashi, Ganava universiteti ochilishi, davriy nashrlar paydo boʻlishi K. adabiyotining

rivojlanishiga yordam berdi. 18-asr oxirlarida Fransiyadagi burjua inqilobi va Shimoliy

Tibbiy xizmati

Adabiyoti



Amerikadagi mustaqillik uchun urushlar taʼsirida K. yozuvchilari (M. de Sekeyra-i-Arango, M.

X. de Ruvalkana, B. P. Ferrer va boshqalar) Ganava vatanparvar jamiyati (1793) atrofiga

toʻplanib, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildilar. 17—18-asrlarda kreol va negr xalqi

sheʼriyati rivojlandi. 19-asrda romantizm yoʻnalishida, mustamlakachilikni qoralash ruhida

asarlar yaratildi. X. Marti "Urush shoirlari" kitobida shoirlarning vatanparvarlik ruhidagi

sheʼrlarini toʻpladi. Romantik prozaga X. A. Echeverria asos soldi. S. Vilyaverde, R. Mesa, N.

Eredia romanlarida realistik tamoyillar aks etdi.

Zavonaviy ilgʻor adabiyotga asos solgan X. Marti ijodi inqilobiydemokratik romantizmdan

realizmga rivojlanib bordi. Uning "Erkin sheʼrlar", "Oddiy sheʼrlar" turkumlariga kiritilgan

sheʼrlari mustamlakachilikka vafrat, erksevarlik ruhi bilan sugʻorilgan edi. Ispaniyaga qarshi

urush (1895—98) taʼsirida ijtimoiy sheʼriyat vujudga keldi. R. E. Boti, A. Akosta ishqiy lirikaga

murojaat qilishdi. R. Pedroso, M. Vanarro Luva va boshqa shoirlar oʻtkir ijtimoiy mavzularni

qalamga oldilar. 1920-yillar oxirida X. S. Talyet va R. Girao Afrika-Kuba poeziyasi (negr folklori

va raqslari zaminida asar yaratish)ga asos soldilar. Lotin Amerikasi adabiyoti tarixida A.

Karpentyer ijodi katta oʻrinni egallaydi. Uning "Aroziy saltanat", "Yoʻqolgan izlar", "Maʼrifat asri"

romanlari mashhur. Isteʼdodli shoir N. Gilyenning adabiy faoliyati 30-yillar avvalida boshlandi.

K.ning zavonaviy adabiyotida shoirlardan A. Auxyer, F. Hamis, R. Retamar, prozachilardan X.

Poʻng, S. Mante, M. Kofino va boshqa barakali ijod qilmokdalar.

K. adiblaridan Baragono Xosening "Pentagonda", Gilyen Nikolasning "Ballada", Kostelyanos

Xesusning "Bayroq", Vanarro Luva Manuelning "Biz yengamiz", Hamis Fayyatning "Ozodlik

uchun" kabi asarlari oʻzbek tili ga tarjima qilingan.

Qishloq joylarda indeyslar sinchli kulbalar ("boyo"), qoziqoyoqlar ustiga omborlar qurishi 20-

asrgacha davom etdi. 16-asrda Ganava, Santyago-de-Kuba, Trinidad va boshqa shaharlar

qurildi. Ularda salobatli binolar, toʻgʻri koʻchalar, markaziy maydonida cherkov va ratoʻshalar

barpo etildi. 18-asrda binolar ispancha va me-sikacha barokko hamda klassitsizm uslubida

kolonnalar, ravoklar, rangdor naqshlar bilan bezatildi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Ganava

va Trinidadning bosh maydonlarida meʼmorlik majmualari paydo boʻldi. 20-asr boshlarida

Gavanada eklektika ruhida va modern uslubida, 1920—30 yillarda Yevropa va Amerika

zamonaviy meʼmorligi uslubida koʻp qanatli binolar qurila boshladi (Telefon kompaniyasining

binosi, Milliy Kapitoliy, Nafis sanʼat saroyi va boshqalar). 1960-yillardan bir xil koʻrinishdagi

ommaviy turar joylar qurish avj oldi. Yangi uy-joy dahalari qurildi. Soʻnggi yillarda keng

xiyobonlar va temir-betondan koʻp qanatli zavonaviy uylar barpo etildi. Bunday uylarning yon-

atrofida maktablar, bolalar bogʻchalari, savdo va madaniy markazlar, sport maydonchalari,

suv havzalari va gulzorlar paydo boʻldi. Sanoat va transport in-shootlari, oʻquv binolari,

Meʼmorligi



kasalxonalar, tibbiyot markazlari, poliklinikalar, sport majmualari va dam olish zonalari qurildi.

K. meʼmorlari orasida mashhurlari: R. M. Franko, F. Salinas, R. Porro va boshqa

Indeyslarning kad. sanʼati namunalaridan gʻorlardagi suratlar, sopol idishlar, yogʻoch va

toshdan ishlangan sanamlar saqlangan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida diniy mavzudagi

rasmlar va tarixiy voqea manzaralari, mashhur arboblarning portretlari, xalq turmushini

ifodalovchi suratlar dunyoga keldi. X. N. dela Eskalera, V. Eskobar, X. B. Vermay, V. P. de

Landaluse, F. Miale kabi rassomlar xalq turmushiga xos manzaralarni tavsirladilar. Mamlakat

Ispaniya zulmidan qutulgandan keyin tarixiy voqealar, jangu jadallar tasvirlangan

vatanparvarlik ruhidagi suratlar koʻpaydi. Haykaltaroshlikda ham realizm, millat turmushiga

eʼti-bor namoyon boʻldi (X. Sikre, T. Ramos Blanko, E. Betankur). Novator rassomlar V. Garsia,

A. Gattorno, X. Arche, E. Avela, K. Enrikes va boshqa xalq turmushini zoʻr ehtiros bilan

tasvirladilar. Keyingi yillarda umumlashma ramziy obrazlar yaratishga intiluvchi K. Gonsales,

A. Posse, S. Moreno, A. Benites kabi rassomlar tarixiy va zamonaviy mavzularda asarlar

yaratdi.


Musiqasi Yevropa, birinchi navbatda, Ispaniya va Afrika musiqasi asosida tarkib topdi. Afro-

Kuba musiqasida ispancha ohanglar negrcha raqs bilan uygʻunlashgan. 16—18-asrlarda

cherkov xonishchilar maktablari musiqa madaniyatining rivojlanish markazi boʻlgan. 1776 yil

Ganavada "Koliseo" teatri qurildi. 1816 yil "Santa Sesiliya" musiqa akademiyasiga asos

solindi. 19-asr boshlarida K. xalq musiqasi janrlari va milliy mavzular bilan bogʻliq opera-buffa

shakllandi. 19-asr oʻrtalarida milliy kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 1898 yil E. Sanches

de Fuentesning milliy mavzudagi birinchi operasi —"Yumuri" sahvalashtirildi. 19-asr oxiri —

20-asr boshlarida klassik va xalq musiqasi jamiyatlari, Gavana konservatoriyasi va simfonik

orkestrlar paydo boʻlib, kompozitorlik ijodiyoti ravvak, topdi. K. inqilobi (1959) dan soʻng ijodiy

jamoalar qayta tuzilib, yangilari tashkil etildi, ommaviy ashula janri rivojlandi. A. D. Kartaya "26

iyul marshi"ning matnini va musiqasini yaratdi. Kompozitorlardan N. Rodriges, K. Puebla, K.

Farinyas, T. Kastelyanoslar mashxur boʻldi. Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan Xalqaro simfonik

musiqa va "Ilhom-XX" kamer musiqa festivallarida K. kompozitorlarining asarlari ham ijro

etilmokda.

K.da qadimdan indeyslarning areito deb ataladigan teatr tomoshalari koʻrsatib kelingan. 16-

asrda teatr sanʼati ispan diniy teatri taʼsirida rivojlandi. 17-asrda dastlabki dunyoviy teatr

truppalari vujudga keldi. 18-asrning 1-yarmida kubalik muallifning (S. Pite deb taxmin qilinadi)

"Shahzodabogʻbon yoki soxta Kloridano" degan dastlabki asari paydo boʻldi. 1838 yil

Tasviriy sanʼati

Teatri



Ganavada 3 ming oʻrinli "Takon" teatri ochildi. Unda drama, opera va balet spektakllari qoʻyildi.

1910 yilda teatr jamiyati tuzildi, jurnallar nashr etildi, yangi truppalar, jumladan, "Kueva" teatri

(1936) tashqil topdi. 1941 yil Ganavada aktyorlar va rejissyorlar tayyorlash uchun Dramatik

sanʼat akademiyasi va Gavana universiteti qoshida teatr maktabi ochildi. 40—50 yillarda P.

Alfonso, K. Felipe va boshqa dramaturglar turli mavzularda asarlar yaratdi. Teatrlarning

repertuarlaridan jahon mumtoz dramaturgiyasining namunalari oʻrin oldi. Gavanada K. milliy

teatri (1959), Eksperimental teatr (1961), Milliy qoʻgʻirchoq teatri (1963), Teatr uyi (1964),

Bolalar va oʻsmirlar birlashgan milliy teatri (1966) bor. Ular milliy dramaturglardan V. Pinyera,

X. Triana, A. Estorino, R. Ferrer, E. Kintero pyesalarini, jahon klassikasi asarlarini

sahnalashtirgan.

K.da kinoxronika va hujjatli filmlar 1897 yildan suratga oliva boshlagan. 1910—20 yillarda

rejissyorlardan E. D. Kesela va R. Peon muntazam kino ishlab chiqarishga asos soldilar. 30—

40-yillarda ayrim kinofilmlardagiva K. hayoti koʻrsatildi. Ekranlarda, asosan, AQSH kinofilmlari

namoyish etildi. 1959 yil Ganavada K. kino sanʼati va kino sanoati instituti barpo etilgandan

keyingi va chinakam milliy kino sanʼati vujudga keldi. Koʻpgiva hujjatli filmlarning rejissyorlari

S. Alvares, X. Espinosa, T. Alea, A. Roldan badiiy kinematografiyaning yetakchi arboblari boʻlib

qolishdi. Multiplikatsi-on filmlar ishlab chiqarish rivojlandi. K. da 450 dan ortiq kinoteatr bor.

1961 yildan "Sine Kubano" ("Kuba kinosi") jurnal nashr etildi. Keyingi yillarda "Xuan Kinkin

sarguzashtlari" (rejissyor X. G. Espinosa), "Lyusiya" (rejissyor U. Solas), "Melya" (rejissyor E. P.

Barnet), "Rancheador" (rejissyor S. Xiral) va boshqa kartivalar tomoshabinlarga manzur boʻldi.

Ganavada Lotin Amerikasi kinosi xalqaro festivali oʻtkazib turiladi.

[1]


Kuba (Kuba Respublikasi) poytaxti - 

Havana


 shahri. 

BMT


 a'zosi

1. 



Download 153,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish