Iqlimni hosil qiluvchi ikkilamchi omillar ham boʻlib, ular quyidagilardan iborat: a) faol qatlamning al-bedosi va b. xususiyatlarini oʻzgartirib yuboradigan quruklikdagi qor va muzliklar hamda dengizlardagi muzliklar; b) faol qatlamning suv oʻtka-zuvchanligi, issiklik sigʻimi, issiqlik oʻtkazuvchanligi, albedosi, gʻadir-budirligi, bugʻlatish qobiliyatini va b. xususiyatlarini oʻzgartirib yuboradigan oʻsimliklar (ayniqsa, oʻrmon) va tuproq qoplami.
Okeanlarda I.ning har bir elementa geografik kenglikning oʻzgarishiga, bir dengiz oqimi taʼsiridagi hududdan ikkinchi oqim taʼsiridagi hududga oʻtishiga, joyning atmosfera umumiy dirkulyasiyasiga nisbatan tutgan oʻrniga qarab asta-sekin oʻzgarib boradi. I.ning faqat okeanlardagina sof holda kuzatiladigan bunday asta-sekin oʻzgarishi makroiqlimiy oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Quruklikdagi makroiqlimning asta-sekin oʻzgarishiga relyef, oʻsimlik, suv havzalari va h. k. taʼsir etadi.
Yirik va oʻrtacha relyef shakllari, oʻrmonlar, dalalar, koʻllar, yirik shaharlar va b. taʼsirida bir necha km yoki bir necha oʻn km masofada I. elementlarining uzluksiz oʻzgarib turishi mahalliy I.ni vujudga keltiradi. I. elementlarining kichikkichik daraxtzorlar, sayhonliklar, tepaliklarning turli tomonga qaragan yon bagʻirlari, shahar koʻchalari, maydonlari va h. k. taʼsirida bir necha yuz yoki bir necha oʻn m masofada oʻzgacha boʻlishi joyning mikroiqlimiy sharoitlari deb ataladi.
Yer sharida I.ning nihoyatda turli-tuman boʻlishi iqlimiy hududlashtirishni, yaʼni mintaqa (akvatoriya)larni iqlimiy tafovutga qarab qismlarga ajratishni taqozo qiladi. Iqlimiy chegaralarni aniqlashda, koʻpincha, tabiiy chegaralardan foydalaniladi. Iqlimiy hududlashtirishning maxsus sxemalari amaliy iqlimshunoslik masalalarini hal etish bilan bogʻlangan boʻlib, meteorologik sharoitlarning oʻrganiladigan obʼyekt (ekinlarning rivojlanishi va hosili, transport va turli xil inshootlardan foydalanish, turli xil iqlim sharoitida inson oʻzini qanday his qilishi)ga taʼsirini tadqiq qilish natijalariga asoslangan.
Mac, paxtaning maʼlum navini yetishtirish uchun vegetatsiya davrida temperaturaning minimal yigʻindisi 4000° boʻlishi kerak boʻlsa, samarali harorat yigʻindisi haritadagi 4000° ga teng boʻlgan izochi-ziq paxta oʻstirish mumkin boʻlgan hududni chegaralab beradi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining tarqalish chegarasi, ularning mahsuldorligi koʻp jihatlardan I. sharoitlariga bogʻliq.
Bu sharoitlarni hisobga olish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish, qadimgi oʻsimliklarini joylashtirish va ularni yangi hududlarga siljitishda, agrotexnik, meli-orativ va b. tadbirlar tizimlarini ishlab chiqishda, ekinlarning yangi navlarini yaratish va boshqada juda zarur. Yer sharining turli qismlarida I. omillarining tabiiy-geografik ja-rayonlarga taʼsirini chuqurroq oʻrganish maqsadida rus geofizigi M. I. Budiko shu joyning yillik radiatsiya balansi va quruklik indeksidan foydalanishni, iqlimiy hududlashtirishga genetik yondashish usulini tavsiya etadi. Bu usul bilan Yer shari iqlimiy jihatdan turlicha boʻlgan xududlarga aj-ratiladi.
. Rus iqlimshunosi B. P. Ali-sovning hozirgi kunda keng foydalaniladigan va juda mukammal iqlimiy hududlashtirish sxemasi genetik yondashish usuliga asoslangan. Bu sxemaga turli geografik kengliklarda yer yuzasi bilan atmosferaning issiqlik va namlik almashinuvi taʼsirida vujudga keluvchi havo massalarining geografik turlari asos qilib olingan.
B. P. Alisov Yer sharini I. hosil boʻlish jarayoni bir-biridan keskin farq qiladigan 7 ta I. mintaqasiga ajratgan. Uzluksiz va tez-tez oʻzgarib turadigan obhavoga nisbatan I. turgʻunlik xususiyatiga ega va u oʻn hamda yuz yillar mobaynida juda kam oʻzgaradi.
Keyingi 1000-yil ichida 20-asr eng iliq davr hisoblanadi. Jumladan, 90-yillar eng iliq oʻn yillik sanalib, havoning oʻrtacha harorati global miqyosda 0,3°—0,6° yuqori boʻlgan. I. oʻzgari-shini baholashda 30 yillik (1961—90) dagi oʻrtacha meʼyor qabul qilingan. Oʻzbekistonda tayanch gidrometeorologiya stansiyalari (Urganch, Tomdi, Qorakoʻl, Qarshi, Sherobod, Samarkand, Jizzax, Toshkent va Fargʻona)ning koʻp yillik kuzatuv maʼlu-motlariga qaraganda, oʻrtacha yillik havo harorati koʻtarilib bormoqda.
2000-yil havoning oʻrtacha harorati iqlimiy meʼyordan 1,13° yuqori boʻlib, 1941-yil-dagidek iliq boʻlgan. Oʻzbekistonda ekstremal iliq (meʼyordan G goqori) boʻlgan - 1941, 1983, 1995, 1997 va 2000-yillarni koʻrsatish mumkin. Respubli-kada keyingi 10 yillikda yogʻin-sochin miqdori kam boʻlgan (meʼyorning 63— 67 foizi) - 1995, 1996 va 2000-yillarni koʻrsatish mumkin.
Havo haroratining oʻrtacha oylik minimal va maksi-mal qiymatlarini ikki meʼyoriy davrga (1931-60, 1961-90) nisbatan qiyosiy tahlili Oʻzbekistonda isishning davom etishini koʻrsatmoqda. Tabiiy ofatlar (mas, dul, tuman, oʻrmondagi katta yongʻinlar va b.)ning oldini olish maqsadida atmosferaga faol taʼsir koʻrsatilmoqda. Lekin bu sunʼiy taʼsirlar hudud I.iga deyarli taʼsir etmaydi.
XX asrning Oxirgi oʻn yilliklarda Orol boʻyida gidrologik maromning haddan tashqari salbiy oʻzgarishlari, Orol dengizi tangligi, bu xududdagi sharoitning rivojlanish tendensiyasi, havzadagi Amudaryo deltasining suv bilan taʼminlanishi bugʻlanishning hozirgi vaqtdagi va I. oʻzgarishidagi maromini, uning chegarasida tabiat landshaftlari ekologik holatini batafsil oʻrganish lozimligini taqozo qiladi.
Kuzatilgan isish barcha togʻ muzliklar maydonining qisqarishiga sabab boʻlmoqda. Aerofotokuzatuv maʼlumotlariga qaraganda Pomir-Olay muzliklari 1957—80 yillar davrida 19% suvni yoʻqotdi. Keyingi yillarda qam togʻ muzliklarining qisqarish jarayonlari davom etmoqda. Bu esa oʻz navbatida togʻdagi daryo oqimlarining qisqari-shiga va hududni yanada aridlanishi (quruklanishi) ga olib keladi.
Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq holda yuz bergan ob-havo va tabiiy ofatlar oxirgi 10 yil ichida 410 mingdan ko‘proq kishining hayotini olib ketgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish iqlim o‘zgarishi va bu o‘zgarishlarga moslashuvga bag‘ishlangan sammitda ma'lum qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |