Modal so’zlar
1. Modal so’z ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Xullas, ana shu ajriqzordan sal o’tgandan keyin qishloqcha boshlanadi. B)
Lekin Me’morning, avvalo, raiyat, qolaversa, saltanat oldidagi mavqeyi,
Xuroson-u Movarounnahrdagi shuhrati unga qarshi keskin chora ko’rishga yo’l
qo’ymas edi. C) Aftidan, G’ulomjon bu g’alvalarni ataylab boshlagan. D) A, B, C
2. Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’i kerak. Ushbu gapdagi modal so’z
qanday ma’no anglatgan?
A) ishonch B) tasdiq C) fikrning tartibi D) fikrning dalillanishi
3. Sof modal so’z ishtirok etmagan gapni aniqlang.
A) Abduqodirning ham tomog’iga bir narsa kelib tiqildi, shekilli, gapirolmadi. B)
Xullas, Umidjon deyarli har kuni bitta yangi ibratli ertak o’ylab topib, buvisiga
so’zlab beradigan bo’libdi. C) Chamasi, hammasining og’zi tekkan ekan o’sha
go’shtga. D) Avsuski, rejadagi ishlar ko’ngildagidek bajarilmadi.
4. Fikrning tartibi, fikrning dalillanishi, fikrni xulosalash, gumon ishonch kabi
ma’no turlari qaysi so’zlarga mansub?
A) undov so’zlarga B) taqlid so’zlarga C) modal so’zlarga D) yuklamalarga
5. Vazifadosh modal so’zlar to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A) aftidan, chamasi, balki, ehtimol B) shubhasiz, attang, albatta, xullas C) balki,
avvalambor, masalan, taxminan D) ehtimol, demak, haqiqatdan, umuman
6. Uning “ko’cha bolasi” ekanligini aftidan bilib olish qiyin emas edi. Ushbu
gapdagi modal so’z qanday ma’noga ega?
A) gumon B) tasdiq C) modal so’z ishtirok etmagan D) fikrni dalillash
7. Qaysi qatordagi gapda fikrni xulosalashni ifodalagan modal so’z ishtirok etgan?
A) Xayriyat, daraning oxiriga yaqinlashgan sayin asov soy sayozlashib, nihoyat,
qoyatoshlar chekinib, yaylov ko’rindi. B) Xullas, ana shu ajriqzordan sal o’tgandan
13
keyin qishloqcha boshlanadi. C) Xayr, o’g’rigina bolam, kelib tur. D) Yomg’ir
yog’yapti shekilli, deb o’ylab, boshini ichiga tiqib, yotaveradi, keyin bitta-bitta
hiqildog’idan tutib xaltaga solaman.
8. Fikrning dalillanishini ifodalovchi modal so’z qaysi qatorda berilgan?
A) haqiqatdan B) umuman C) jumladan D) avvalo
9. Qaysi gap tarkibida modal so’z mavjud emas?
A) Shubhasiz, biz g’olib chiqamiz. B) Aftidan, u yolg’on gapiryapti. C) Balki, siz
haqdirsiz. D) Bizning g’olib chiqishimiz shubhasiz.
10. Bayon qilinayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar…
A) undov so’zlar B) modal so’zlar C) taqlid so’zlar D) undalmalar
11. Ishonch ma’nosini ifodalagan modal so’z ishtirok etgan qatorni toping.
A) Xayriyat, daraning oxiriga yaqinlashgan sayin asov soy sayozlashib, nihoyat,
qoyatoshlar chekinib, yaylov ko’rindi. B) Xullas, Umidjon deyarli har kuni bitta
yangi ertak o’ylab topib, buvisiga so’zlab beradigan bo’ldi. C) Ularga qarshi
kurashish hammamizning burchimiz, albatta. D) Avvalo, insonning qalbi go’zal
bo’lmog’i lozim.
12. Qaysi qatordagi gapda gumon ma’nosini ifodalagan modal so’z ishtirok etgan?
A) Kattasi ham uyg’onib ketdi, shekilli, qo’shilishib yig’lashga tushdi. B) Afsuski,
besh qo’l barobar emas. C) Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz,
albatta. D) Xullas, ajriqzordan o’tgandan keyin qishloqcha boshlanadi.
13. Tasdiq ma’nosini ifodalagan modal so’z ishtirok etgan gapni toping.
A) Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz, albatta. B) Shubhasiz, biz
g’olib chiqamiz. C) Darhaqiqat, chang-to’zon ancha narilab, Karki tomonga
ketardi. D) Aftidan, u yolg’on gapiryapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |