Taekvondo (koreyscha: tae - oyoq, kvon - qo‘l, do - yo‘l, ya’ni oyoq va qo‘llarning harakat yo‘li) - sport kurashi turi. Bunda erkak va ayollar belgilangan maydonchada o‘z vazn toifalarida (himoya vositalarida) yakkama yakka olishish va maxsus mashqlarni bajarish mahoratini namoyish etish borasida yakka va jamoaviy tarzda oyoq-qo‘llarda zarbalar berish yoki zarba harakatlarini qayd etish bo‘yicha musobaqalashadilar.
Taekvondoda musobaqalar 2 yo‘nalishda - Xalqaro taekvondo federatsiyasi (ITF; 1966 yil tuzilgan, 140 dan ortiq mamlakat a’zo) va Jahon taekvondo federatsiyasi (WTF; 1973 yil tuzilgan, 140 dan ortiq mamlakat a’zo) yo‘nalishlarida tashkil etiladi. Taekvondo asli koreys xalqining kurash turi hisoblanadi. Miloddan 600 yil ilgari koreyslar jang qilish va himoyalanish vositasi sifatida uning usullarini qo‘llaganlar. Taekvondoning rivojlanishida subak, xvaran va boshqa kurash yo‘nalishlari muhim rol o‘ynadi. Taekvondoning ITF yo‘nalishiga 1955 yil KXDRda asos solingan. Bu yo‘nalishda sportchilarning boshga tepishi, beldan pastga zarba berish, umuman, tananing ruxsat etilgan qismiga ham oyoq bilan to‘liq zarba berish taqiqlangan. Shuningdek, qo‘l bilan ham kuchli zarba berishga ruxsat etilmaydi. Musobaqalar (5 ta vazn toifasida) 2 bo‘limda (har bo‘lim 2 minutdan, tanaffus - 1 minut) davom etadi. Aniq, zarbalarga ochko beriladi. Maxsus mashqlarni bajarishga ma’lum vaqt ajratiladi va ijro texnikasi baholandi. Taekvondoning WTF yo‘nalishiga 1961 yil Koreya Respublikasida asos solingan. 2000 yil taekvondo (WTF) Sidney olimpiadasi dasturidan o‘rin oldi. Taekvondo (WTF) sportchilarning qo‘l oyoqlarda tananing beldan yuqori, old qismiga zarbalar berishiga ruxsat etadi. Musobaqalar (8 vazn toifasida) sportchilarning himoya vositalarini kiygan holida tashkil qilinib, 3 bo‘limda (har bo‘lim 3 minutdan, tanaffuslar — 1 minutdan) davom etadi. Aniq zarbalarga ochko beriladi. G‘olib nokautga yoki ochkolar ko‘pligiga qarab aniqlanadi. O‘zbekistonda taekvondo (ITF) 1989 yildan ommaviylashdi. O‘sha yili O‘zbekiston taekvondo (ITF) federatsiyasi tuzildi va ITFga qabul qilindi. Bu federatsiya 2000 yilda O‘zbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi nomi bilan qayta ro‘yxatdan o‘tdi. Uning viloyatlarda bo‘limlari tuzilgan, 40 dan ziyod taekvondo (ITF) klublari faoliyat ko‘rsatadi. 200 dan ortiq murabbiy 50 mingdan ko‘proq Taekvondochi bilan shug‘ullanmoqda (2004). O‘zbekiston Respublikasida taekvondo (ITF) musobaqalari muntazam o‘tkaziladi va o‘zbekistonlik sportchilar xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etishadi. Po‘lat Usmonov, Valeriy Pak, Viktor Nikolayev va boshqalar taekvondo (ITF) ning O‘zbekistondagi dastlabki targ‘ibotchilari bo‘lishgan. Endilikda ular yetakchiligida Botir Mamedov, Dmitriy Nim, Nasriddin Tolipov, Shahnoza Shuhratjonova, Aleftina Kim, Moisey Nogay kabi o‘nlab sportchilar Osiyo va jahon chempionatlari, nufuzli musobaqalarda sovrindorlar qatoridan o‘rin olishdi. O‘zbekistonda 1990 yili respublika taekvondo (WTF) federatsiyasiga asos solindi. Bu federatsiya 1992 yilda O‘zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi nomi bilan qayta ro‘yxatdan o‘tdi va 1993 yilda WTFga a’zo bo‘ldi. Uning viloyatlarda bo‘limlari bor, 10 ta shahar taekvondo (WTF) klubi, tumanlardagi to‘garaklarida 200 ga yakin murabbiy 17 mingdan ziyod Taekvondochi bilan mashg‘ulot olib boryapti (2004). O‘zbekistonda taekvondo (WTF) musobaqalari muntazam o‘tkazilyapti va sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda ham qatnashyapti. Olek Pak, Adik Li, Aleksey Kan va boshqa taekvondo (WTF) ning yurtimizdagi dastlabki targ‘ibotchilari bo‘lishgan. Yevgeniy Xan, Eduard Xegay, Ravshan Toshpo‘latov, Umid Dadaxonov, Sanjar Mansurov, Natalya Mikryukova kabi sportchilar Osiyo va jahon chempionatlari, nufuzli musobaqalarda medallarni qo‘lga kiritishgan.
Boks
Headguard:
bosh himoyasi: erkaklar undan foydalanishmaydi. Lekin, ayollar o’rtasidagi janglarda shlem kiyish shart.
Skoring zones:
Ochkoli tana qismlari: boshning old qismi, tananing yuqori qismi, beldan yuqori bo’lgan qismlar.
Gloves
Qo’lqoplar: ikkala bokschi ham tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan bir xil dizayndan foydalanadilar.
London
London Olimpiadassining o’rta vazn toifasida oltin medal sovrindori Klaressa Shilds (AQSh).
Judges
Sudyalar: round g’olibi 10 ball oladi
Mag’lub bo’lgan 6-9 ball oladi.
Red corner – qizil burchak
Coach – murabbiy
Scores
Kompyuter orqali tasodifiy tanlangan 5 ta hakamdan 3 tasining bali yakuniy ballarning o’rtachasi hisoblanadi.
Bouts:
Roundlar: 3x3 daqiqadan (erkaklar)
4x2 daqiqadan (ayollar)
Winner:
G’olib: eng ko’p ochko to’plagan yoki raqibini nakout qilgan bokschi
Tarixi
BOKS (ing. box — mushtlash, zarb) — sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qoʻlqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. Boks tarixi mil. av. davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunoniston qad. Olimpiya oʻyinlari dasturida ham shunday musobaqalar boʻlgan. Zamonaviy Boks vatani Angliyadir (16—17-a. lar). Boksning dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867). Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA; 1946-y. asos solingan) 160 mamlakat aʼzo (1999). Boks 1904-y. dan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1974-y. dan jahon chempionati, 1979-y. dan jahon kubogi musobaqalari oʻtkazib kelinadi.
Boks musobaqasi arqonlar bilan oʻralgan 6×6 m oʻlchamli ring (supa)da oʻtkaziladi. Boks chilar ogʻirligi 270 g (10 unsiya) qoʻlqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 min. (daqiqa)dan 4 raund (boʻlim) davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaktida raqib yiqilganda, hakam kurashni toʻxtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, boshtananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijada koʻp ochko (xol) toʻplagan Boks chi gʻolib deb topiladi. Zarb taʼsirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan Boks chining oʻziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha toʻxtatadi va hisob ochadi. 10 srch. (soniya) vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa referi uni nokaut boʻlgan (yengilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengil ganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiqtashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb taʼsirida tanasining jarohatlangan joyidan qon okishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga koʻra) kurash muddatidan oddin toʻxtatiladi va ikkinchi tomon gʻolib sanaladi.
Xalqaro Boks musobaqalari 12 vazn toifasida (48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67, 71, 75, 81, 91 kg gacha va 91 kg dan yuqori) tashkil etiladi. Asosiy musobaqalarga 18 yoshga toʻlganlar qoʻyiladi. 16—17 va 14—15 yoshlilar oʻrtasida ham musobaqalar uyushtiriladi. Shuningdek, ayrim federatsiyalar Boksni ommalashtirish maqsadida oʻsmiroʻspirinlar oʻrtasida 12 tadan koʻproq vazn toifasida ham musobaqalar oʻtkazishadi. Oʻzbekistonda zamonaviy Boks 20-a. ning 20-y. laridan ommalashdi. Ilk Boks musobaqasi 1922-y. Toshkentdagi «Fortuna» sport jamiyatida oʻtkazilgan. Uni S. L. Jakson uyushtirgan. Bu murabbiy yuzlab Boks chilarni tarbiyaladi.
Oʻzbekistonda keyingi yillarda shaxsan Prezident Islom Karimovning sportga qaratgan eʼtibori natijasida Boks jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi B. federatsiyasi 1993-y. dan AIBA aʼzosi. Mamlakatda 4 olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurti va oʻnlab bolalaroʻsmirlar sport maktabida yoshlarga Boks sirlari oʻrgatilmoqda. 20 dan ziyod zamonaviy Boks zallari shugʻullanuvchilar ixtiyorida. Boks milliy terma jamoasi 1999-y. jahon chempionatida faxrli 3oʻrinni egalladi. Uzbekistonning R. Risqiyev, ʼ. Shin, N. Anfimov, G. Ilyosov, M. Abdullayev, Oʻ. Xaydarov, R. Chagayev, T. Toʻlyakov, L. Zokirov, N. Otayev, T. Turgʻunov, H. Ahmedov, K. Toʻlaganov, R. Saidov, S. Mixaylov, D. Yorbekov, DAvezboyev kabi Boks chilari katta yutuklarga erishgan.
Jahonda professional Boks chilar (B. ni kasbga aylantirganlar) oʻrtasida toʻrtta yoʻnalish boʻyicha musobaqalar utkaziladi. Ularni jahon Boks kengashi (WBC), jahon Boks assotsiatsiyasi (WBA), xalqaro Boks federatsiyasi (IBF) va jahon Boks tashkiloti (WBO) uyushtiradi. Professional Boksda qoʻlqoplar birmuncha yengil — taxm. 227 g (8 unsiya), raundlar soni 6, 8, 10, 12 ta boʻladi. Har bir raund 3 daqiqadan. Musobaqalar 17 vazn toifasida (47,627; 48,988; 50,802; 52,163; 53,524; 55,338; 57,153; 58,967; 61,235; 63,503; 66,678; 69,853; 72.575; 76,203; 79,379; 88,450 kg gacha va 88,450 kg. dan yuqori) tashkil etiladi. U. Pep, S. Liston, MuhammadA/sh, J. Formen, M. Tayson, E. Xolifild (AQSH), L. Lyuis (Buyuk Britaniya) kabi professional Boks chilarning nomlari mashhur.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda ham ilk professional Boks chilar yetishib chikdi: toshkentlik Boks chi A. Grigoryan oʻz vazn toifasida 13-marta jahon chempioni boʻldi
Do'stlaringiz bilan baham: |