Ipoteka to'G'risida qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 28 iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda ma'qullangan



Download 194.64 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi194.64 Kb.
IPOTEKA TO'G'RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 28 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda ma'qullangan

1-bob. Umumiy koidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi ko'chmas mulk garovi (bundan buyon matnda ipoteka deb yuritiladi) qo'llanilganda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Ipoteka to'g'risidagi qonun hujjatlari

Ipoteka to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining ipoteka to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.

3-modda. Ipotekaning vujudga kelishi asoslari

Ipoteka ipoteka to'g'risidagi shartnoma asosida (shartnoma asosidagi ipoteka) yoki qonun asosida (qonun asosidagi ipoteka) vujudga keladi.

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha bir taraf - ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha kreditor bo'lgan garovga oluvchi (bundan buyon matnda ipotekaga oluvchi deb yuritiladi) shu majburiyat bo'yicha o'zining qarzdorga nisbatan pul talablari boshqa tarafning - garovga qo'yuvchining (bundan buyon matnda ipotekaga qo'yuvchi deb yuritiladi) garovga qo'yilgan ko'chmas mulki qiymatidan ipotekaga qo'yuvchining boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli qanoatlantirilish xuquqiga ega bo'ladi, ushbu Qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

Qonun asosidagi ipotekaga nisbatan unda ko'rsatilgan holatlar yuzaga kelganda, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ipoteka to'g'risidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipoteka haqidagi qoidalar qo'llaniladi.

Ipoteka asosiy majburiyatdan hosila xususiyatiga ega va u asosiy majburiyat tugaguniga qadar haqiqiy bo'ladi.

Ipoteka bo'yicha munosabatlarga nisbatan, agarushbu Qonunda boshqa qoidalar belgilanmagan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida va "Garov to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunidagi garov haqidagi umumiy qoidalar qo'llaniladi.

4-modda. Ipotekaga qo'yuvchi

Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdorning o'zi yoki bu majburiyatda ishtirok etmaydigan uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) ipotekaga qo'yuvchi bo'lishi mumkin.

Ipoteka belgilangan mol-mulk, agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga ko'yuvchining egaligida va foydalanishida qoladi.

5-modda. Ipoteka bilan ta'minlanadigan majburiyat

Ipoteka, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, kredit shartnomasi, qarz shartnomasi yoki boshqa shartnoma bo'yicha majburiyatni, shu jumladan oldi-sotdi, ijara, pudrat shartnomalariga asoslangan majburiyatni, shuningdek zarar etkazilishi oqibatida vujudga keladigan majburiyatni bajarilishini ta'minlash uchun belgilanishi mumkin.

6-modda. Ipoteka narsasi

Ko'chmas mulk, shu jumladan binolar, inshootlar, ko'p kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki bo'lgan savdo va xizmat ko'rsatish sohasi ob'ektlari, shuningdek turar joylar ular joylashgan er uchastkalari bilan birga, qonunda ko'chmas mulk jumlasiga kiritilgan va ularga bo'lgan huquqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan boshqa mol-mulk ipoteka narsasi bo'lishi mumkin.

Ipoteka to'g'risidagi qoidalar:

qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq er uchastkasida barpo etilayotgan kurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;

yakka tartibdagi uy-joy kurish yoki dehqon xo'jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan er uchastkasiga umrbod egalik qilish xuquqlari garoviga;

agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ijaraga oluvchining ko'chmas mulk ijarasi to'g'risidagi shartnoma bo'yicha huquqlari (ijara huquqi) garoviga;

agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, er uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qo'llaniladi.

Muomaladan chiqarilgan va tasarrufdan chiqarilishi mumkin bo'lmagan ko'chmas mulk ipoteka narsasi bo'lishi mumkin emas Qonun xujjatlarida majburiy xususiylashtirilishi nazarda tutilgan yoki xususiylashtirilishi taqiqlangan yoxud cheklangan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlari ipoteka narsasi bo'lishi mumkin emas.

7-modda. Ipoteka bilan ta'minlanadigan talablar

Ipoteka ipoteka bilan ta'minlanadigan majburiyat bo'yicha qarzning asosiy summasi ipotekaga oluvchiga to'liq hajmda yoki ipoteka to'g'risidagi shartnomada nazarda tutilgan qismi to'lanishini ta'minlaydi.

Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi bo'yicha majburiyatning ijrosini foizlar to'lash sharti bilan ta'minlash uchun belgilangan ipoteka kreditorga (qarz beruvchiga) kreditdan (qarz mablag'laridan) foydalanganligi uchun unga tegishi kerak bo'lgan foizlar ham to'lanishini ta'minlaydi.

Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipoteka ipotekaga oluvchiga tegishi kerak bo'lgan:

ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatni bajarmaganlik, bajarishni kechiktirib yuborganlik yoki o'zga tarzda lozim darajada bajarmaganlik oqibatida kelib chiqqan zararlarning o'rnini qoplaydigan va (yoki) neustoyka (jarima, penya) tariqasidagi summalar;

sud chiqimlarini va undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish tufayli kelib chiqqan boshqa xarajatlarni qoplaydigan summalar;

garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish xarajatlarini qoplaydigan summalar ham to'lanishini ta'minlaydi.

Agar ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta'minlangan talablarining umumiy qat'iy summasi ipoteka to'g'risidagi shartnomada ko'rsatilgan bo'lsa, qarzdorning ipotekaga oluvchi oldidagi majburiyatlarining ana shu summadan ortiq qismi ipoteka bilan ta'minlangan deb hisoblanmaydi, ushbu modda uchinchi qismining ikkinchi va to'rtinchi xatboshilarida yoki ushbu Qonunning 8-moddasida ko'rsatilgan talablar bundan mustasno.

8-modda. Ipotekaga oluvchining qo'shimcha xarajatlarini ipoteka bilan ta'minlash

Ipotekaga oluvchi ipoteka to'g'risidagi shartnoma shartlariga muvofiq yoki shu shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk asralishini ta'minlash zarurligi sababli uni saqlash va (yoki) muhofaza qilish uchun yoxud ipotekaga qo'yuvchining ana shu mol-mulk bilan bog'liq soliqlar, yig'imlar yoki kommunal to'lovlar bo'yicha qarzlarini uzish uchun xarajatlar qilishga majbur bo'lgan hollarda, ipotekaga oluvchiga bunday zarur xarajatlarning qoplanishi garovga ko'yilgan mol-mulk xisobidan ta'minlanadi.

9-modda. Mol-mulkni ipotekaga ko'yish hukuqi

Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ushbu Qonunning 6-moddasida ko'rsatilgan, ipotekaga qo'yuvchiga mulk xuquqi va boshqa ashyoviy xuquqlar yoki shartnomaviy asosda tegishli bo'lgan mol-mulkka ipoteka belgilanishi mumkin.

Tarixiy, badiiy yoki o'zga madaniy qimmati yoxud davlat xavfsizligini ta'minlash manfaatlari nuqtai nazaridan ipoteka qo'llanilishi mumkin bo'lmagan ob'ektlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Agar tasarrufdan chiqarilishi uchun boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoxud ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipotika narsasi bo'lsa, bu mol-mulk ipotekasi uchun shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.

Umumiy birgalikdagi mulk (mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi belgilanmagan holda) bo'lgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan ipotekaga ko'yilishi mumkin.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk xukuqidagi o'z ulushini boshqa mulkdorlarniig roziligisiz ipotekaga qo'yishi mumkin.

2-bob. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma. Ipotekani davlat ruyxatidan o'tkazish

10-modda. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma

Ipoteka to'grisidagi shartnoma ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etilgan holda tuziladi.

Ipoteka to'g'risidagi shartnomada nomi, turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun etarlicha tavsifi ko'rsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan taminlanadigan majburiyatni bajarish muddati va garovga qo'yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi, shuningdek taraflar kelishuvga erishgan boshqa ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lishi kerak.

Ipoteka to'g'risidagi shartnomada ipoteka narsasi bo'lgan mol-mulk ipotekaga qo'yuvchiga qaysi huquqqa ko'ra tegishli ekanligi va ipotekaga qo'yuvchining bu huquqini ro'yxatdan o'tkazgan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organning (bundan buyon matnda ro'yxatdan o'tkazuvchi organ deb yuritiladi) nomi ko'rsatilgan bo'lishi kerak.

Agar garovga ko'yuvchiga tegishli ijara hukuqi garov narsasi bo'lsa, ijaraga olingan mol-mulk aynan uning o'zi ipoteka narsasi bo'lgandagi kabi garov shartnomasida belgilanishi va ijara muddati ko'rsatilishi kerak.

Ipoteka narsasini baholash ipotekaga qo'yuvchi bilan ipotekaga oluvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra yoki baholash faoliyati to'g'risidagi qonun xujjatlari talablariga muvofiq ipoteka narsasini baholashdan o'tkazish orqali amalga oshiriladi.

Ipoteka bilan ta'minlanadigan majburiyat ipoteka to'g'risidagi shartnomada uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati belgilangan holda ko'rsatilishi kerak. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi ko'rsatilishi kerak.

Agar ipoteka bilan taminlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim bo'lsa, ipoteka to'g'risidagi shartnomada ipoteka bilan ta'minlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlari ko'rsatilishi kerak.

Agar ipoteka bilan ta'minlanadigan majburiyat qismlarga bo'lib bajarilishi lozim bo'lsa, ipoteka to'g'risidagi shartnomada tegishli to'lovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu mikdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar ko'rsatilishi kerak.

Agar ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlangan bo'lsa, bu ipoteka to'g'risidagi shartnomada ko'rsatib o'tiladi, qonun asosidagi ipotekada garov xati berilishi hollari bundan mustasno.

11-modda. Ipotekaga oluvchini uchinchi shaxslarning ipoteka narsasiga bo'lgan huquqlari to'g'risida ogoxlantirish

Ipotekaga ko'yuvchi ipoteka to'g'risida shartnoma tuzilayotganda ipoteka davlat ro'yxatidan o'tkazilayotgan paytda o'ziga ma'lum bo'lgan uchinchi shaxslarning ipoteka narsasiga bo'lgan barcha xuquqlari (garov, meros qilib qoldiriladigan er uchastkasiga umrbod egalik qilish, ijara huquqlari, servitutlar va boshqa huquqlar) haqida ipotekaga oluvchini yozma shaklda ogohlantirishi shart. Bu majburiyatning bajarilmasligi ipotekaga oluvchiga ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini yoki ipoteka to'g'risidagi shartnoma shartlari o'zgartirilishini talab qilish hukuqini beradi.

12-modda. Ipoteka to'g'risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiklash va davlat ro'yxatidan o'tkazish

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma (shu jumladan, navbatdagilari ham) notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.

Ipoteka to'g'risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.

13-modda. Ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish

Ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish ko'chmas mulk-ka bo'lgan hukuqlarni va ularga doir bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun belgilangan tartibda binrlar (inshootlar) garovi davlat reestriga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.

Shartnoma asosidagi ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ipoteka to'g'risidagi shartnoma asos bo'ladi.

Qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga sabab bo'luvchi kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun asos bo'ladi. Qonun asosidagi ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish alohida ariza berilmagan va ro'yxatdan o'tkazganlik uchun yig'im to'lanmagan holda amalga oshiriladi.

Qonun asosidagi ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, qaysi shaxsning xukuqlariga ipoteka yuklangan bo'lsa, shu shaxsning mulk xuquqini davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qonun asosidagi ipoteka bo'yicha ipotekaga oluvchining hukuqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.

Binolar (inshootlar) garovi davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan ipoteka to'g'risidagi qayd yozuvi amalga oshirilgan kun ipoteka davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sana hisoblanadi.

Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat mazmuni navbatdagi ipoteka bilan o'zgartirilganda, shuningdek ipoteka narsasiga bo'lgan mulk xuquqi yoki boshqa ashyoviy xuquqlar bu mol-mulkni haq evaziga yoxud haq olmasdan tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida ipotekaga qo'yuvchidan boshqa shaxsga o'tkazilganida ipoteka qo'shimcha ravishda davlat ro'yxatidan o'tkaziladi. Mazkur talabning bajarilmasligi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatda amalga oshirilgan o'zgarishlar haqiqiy emasligini keltirib chikaradi.

Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat qarzdor tomonidan bajarilganida, ipotekaga oluvchi ipotekaga qo'yuvchining talabiga ko'ra ro'yxatdan o'tkazuvchi organga binolar (inshootlar) garovi davlat reestriga tegishli o'zgartishlar kiritish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi shart.

Ipotekaga oluvchi tomonidan mazkur talab bajarilmagan taqdirda ipotekaga qo'yuvchi undan bu majburiyat bajarilmaganligi tufayli o'ziga etkazilgan zararlarning o'rni to'la hajmda qoplanishini talab qilishga haqli.

Har qanday shaxs ro'yxatdan o'tkazuvchi organda tegishli mol-mulk ipotekasi to'g'risida qayd yozuvi borligi yoki yo'qligi haqida malumot hamda ipoteka to'g'risidagi qayd yozuvidan tasdiqlangan ko'chirma olishga hakli.

3-bob. Garov xati

14-modda. Ipotekaga oluvchining garov xati bo'yicha huquqlari

Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha va ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha hukuklari, agar ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.

Garov xatida, agar ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ipotekaga oluvchining qonun asosidagi ipoteka bo'yicha va mazkur ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha huquklari tasdiqlanishi mumkin.

Garov xati egasining nomi yozilgan qimmatli qog'oz bo'lib, u garov xati qonuniy egasining quyidagi huquqlarini tasdiqlaydi:

ipoteka bilan ta'minlangan pul majburiyatining, shu majburiyat mavjudligining boshqa dalillarini takdim etmagan holda bajarilishiga erishish xuquqi;

ipoteka belgilangan mol-mulkka bo'lgan garov huquqi.

Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor va (yoki) ipotekaga qo'yuvchi garov xati bo'yicha majburiyatli shaxslardir.

Garov xati ipotekaga ko'yuvchi tomonidan, agar u bu majburiyatda ishtirok etmaydigan uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) bo'lsa, shuningdek ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor tomonidan ham tuziladi.

Ipoteka davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin garov xati ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan, ipotekaga qo'yuvchi bilan ipotekaga oluvchi ishtirokida rasmiylashtiriladi va dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.

Garov xati ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bajarilguniga qadar istalgan paytda tuzilishi va ipotekaga oluvchiga berilishi mumkin.

15-modda. Garov xati haqidagi shartlarni xaqiqiy emas deb topish

Agar:

mulkiy majmua sifatidagi butun korxona yoki unga bo'lgan ijara huquqi ipoteka narsasi bo'lsa;



qarz summasi shartnoma tuzish paytida aniqlanmagan va bu summani lozim paytda aniklash imkoniyatini beradigan shartlarni o'z ichiga olmaydigan pul majburiyati ipoteka bilan ta'minlansa, garov xatini tuzishga va berishga yo'l qo'yilmaydi hamda ipoteka to'g'risidagi shartnomada bayon qilingan garov xati haqidagi shartlar haqiqiy emas deb topiladi.

16-modda. Garov xatining mazmuni

Garov xati ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan dastlabki ipotekaga oluvchiga berilayotgan paytda unda kuyidagilar ko'rsatilishi kerak:

hujjat nomiga kiritilgan "garov xati" degan so'z;

ipotekaga ko'yuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar ipotekaga qo'yuvchi yuridik shaxs bo'lsa, uning nomi va joylashgan yoki (pochta manzili);

ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar ipotekaga oluvchi yuridik shaxs bo'lsa, uning nomi va joylashgan yoki (pochta manzili);

majburiyatning bajarilishi ipoteka bilan ta'minlanadigan shartnomaning mazkur shartnoma tuzilgan sana va joy yoki ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning vujudga kelishi asoslari ko'rsatilgan rekvizitlari;

ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdorning, agar u ipotekaga qo'yuvchi bo'lmasa, familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar qarzdor yuridik shaxs bo'lsa, uning nomi va joylashgan eri (pochta manzili);

ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat summasi va, agar shu majburiyat bo'yicha foizlar to'lanishi kerak bo'lsa, ularning mikdori yoxud bu summa va foizlarni lozim paytda aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar;

ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat summasi to'lanadigan muddat, agar bu summa qismlarga bo'lib to'lanishi lozim bo'lsa, tegishli to'lovlarning muddatlari (davriyligi) hamda ulardan har birining mikdori yoki to'lovlarning ana shu muddatlari va miqdorlarini aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar (qarzni uzish rejasi);

ipoteka belgilangan ko'chmas mulkning nomi va uni identifikatsiya qilish uchun etarli tavsifi hamda shunday mulk turgan joy;

ipoteka belgilangan ko'chmas mulkning pulda ifodalangan bahosi, ipotekani belgilash qonunga asosan majburiy bo'lgan hollarda esa, shunday mol-mulkning baholovchi xulosasi bilan tasdiklangan, pulda ifodalangan bahoyi;

ipoteka narsasi bo'lgan ko'chmas mulk ipotekaga qo'yuvchiga tegishliligiga sabab bo'lgan hukuq va davlat ro'yxatidan o'tkazish raqami, sanasi va joyi ko'rsatilgan holda ro'yxatdan o'tkazuvchi organning nomi, agar ipotekaga qo'yuvchiga tegishli ijara huquqi ipoteka narsasi bo'lsa, ushbu qismning to'qqizinchi xatboshisiga muvofiq ijara narsasi bo'lgan shunday mulkning nomi va shu xuquqning amal qilish muddati;

ipoteka narsasi bo'lgan ko'chmas mulkka garov, meros qilib qoldiriladigan er uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, ijara hukuqi, servitut yoki boshqa hukuq belgilanganligi yoxud ipoteka davlat ro'yxatidan o'tkazilayotgan paytda mazkur mulkka uchinchi shaxslarning davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim bo'lgan hech qanday huquq yuklanmaganligi to'g'risidagi ma'lumotlar;

ipotekaga qo'yuvchining imzosi, agar u uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) bo'lsa, shuningdek ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdorning ham imzosi;

ipoteka davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar;

dastlabki ipotekaga oluvchiga garov xati berilgan sana Qonun asosidagi ipotekada garov xati berilgan taqdirda, ushbu qismning o'n birinchi xatboshisida ko'rsatilgan ma'lumotlarni garov xatiga kiritish ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan ta'minlanadi

"Garov xati" deb nomlanib, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan ma'lumotlar va shartlardan biron-biri bo'lmagan hujjat garov xati hisoblanmaydi va dastlabki ipotekaga oluvchiga berilmaydi.

Ipotekaga qo'yuvchi va ipotekaga oluvchi o'rtasidagi kelishuvga binoan garov xatiga ushbu moddada nazarda tutilmagan ma'lumotlar va shartlar ham kiritilishi mumkin.

Garov xatining o'zida yangi egalik qiluvchilar va ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat qisman bajarilganligi haqida belgilar (garovga o'tkazishga doir maxsus yozuv) qo'yish yoxud boshqa zarur ma'lumotlarni yozish uchun joy etishmasa, garov xatiga qo'shimcha varaq biriktirib qo'yiladi, unga yozuvlar va belgilar garov xatida boshlanib, ana shu varaqda tugaydigan qilib joylashtiriladi.

Garov xatining barcha varaqlari bir butun xujjatni tashkil etadi.

Ularga tartib raqamlari ko'yilishi va ro'tsxatdan o'tkazuvchi organning muhri bilan muhrlanishi kerak. Garov xatining alohida varaqlari bitimlar narsasi bo'lishi mumkin emas.

Garov xati mazmuni ipoteka to'g'risidagi shartnomaga yoki majburiyati ipoteka bilan ta'minlangan shartnomaga nomuvofiq bo'lgan takdirda, agar garov xatini oluvchi bitim tuzilayotgan paytda bunday nomuvofiqlik haqida bilmagan va bilishi lozim ham bo'lmagan bo'lsa, garov xatining mazmuni haqiqiy deb hisoblanadi Bu qoida garov xatining qonuniy egasi dastlabki ipotekaga oluvchi bo'lgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi

Garov xatining qonuniy egasi ushbu moddaning oltinchi qismida ko'rsatilgan nomuvofiqlik o'z egaligidagi garov xatini bekor qilish va shu bilan bir vaqtda yangi garov xati berish orqali bartaraf etilishini talab qilishga, agar bu talab garov xatining qonuniy egasiga bunday nomuvofiqlik haqida ma'lum bo'lganidan keyin darhol bildirilgan bo'lsa, haqlidir.

Ushbu moddaning oltinchi qismida ko'rsatilgan nomuvofiqlik va uni bartaraf etish bilan bog'liq holda vujudga kelgan zararlar uchun javobgarlik garov xatini bergan ro'yxatdan o'tkazuvchi organ zimmasida bo'ladi.

17-modda. Garov xatining shartlarini o'zgartirish

Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor, ipotekaga qo'yuvchi va garov xatining qonuniy egasi garov xatining ilgari belgilangan shartlarini kelishuvga ko'ra o'zgartirishlari mumkin. Bu holda, shuningdek ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarz boshqa shaxsga o'tkazilayotganda kelishuvda garov xatini bekor qilish va shu bilan bir vaqtda tegishli o'zgartirishlar hisobga olingan holda tuzilgan yangi garov xatini berish nazarda tutilishi kerak.

Garov xatining mazmunini o'zgartirish to'g'risidagi kelishuvni ariza beruvchi davlat ro'yxatidan o'tkazishni so'rab ro'yxatdan o'tkazuvchi organga murojaat etgan paytdan e'tiboran bir ish kuni ichida amalga oshirilishi kerak. Bunday kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish bepul amalga oshiriladi.

Garov xati bekor qilingan va shu bilan bir vaktda yangi garov xati berilgan taqdirda, ipotekaga qo'yuvchi ro'yxatdan o'tkazuvchi organga binolar (inshootlar) garovi davlat reestriga o'zgartirishlar kiritish haqidagi ariza bilan birgalikda yangi garov xatini beradi, bu garov xati ipotekaga oluvchiga uning qonuniy egaligida turgan garov xati o'rniga topshiriladi.

Bekor qilingan garov xati ro'yxatdan o'tkazuvchi organ arxivida ipoteka to'g'risidagi qayd yozuvi o'chirilguniga qadar saqlanadi.

Garov xatlari berilishi ularning emissiyasi hisoblanmaydi va qimmatli qog'ozlar to'g'risidagi qonun hujjatlarining talablariga muvofiq davlat ro'yxatidan o'tkazilmaydi.

18-modda. Garov xatiga ilovalar

Garov xatiga ipoteka shartlarini belgilaydigan yoki ipotekaga oluvchi garov xati bo'yicha o'z xuquqlarini amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan hujjatlar ilova qilinishi mumkin.

Agar garov xatiga ilova qilinadigan hujjatlar ularni identifikatsiya qilish uchun etarli darajada garov xatida aniq ko'rsatilmagan bo'lsa va bunday hujjatlar uning ajralmas qismi ekanligi nazarda tutilmagan bo'lsa, ular garov xati bo'yicha huquqlar garov xatini sotish, garovga qo'yish natijasida yoki boshqacha tarzda qaysi shaxslarga o'tgan bo'lsa, ana shu shaxslar uchun majburiy emas.

19-modda. Garov xatining qonuniy egalarini ro'yxatdan o'tkazish

Garov xatining qonuniy egasi familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini, agar garov xatining qonuniy egasi yuridik shaxs bo'lsa, uning nomi va joylashgan erini (pochta manzilini) ko'rsatgan holda, o'zining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda ro'yxatga olinishini ro'yxatdan o'tkazuvchi organdan talab qilishga haqlidir.

Garov xatining qonuniy egasidan u ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risida lozim darajada tasdiqlangan isbotlovchi hujjat ilova qilingan holda xabarnoma olgan, ipoteka bilan taminlangan majburiyat bo'yicha qarzdor mazkur majburiyat bo'yicha oraliq to'lovlarni har safar garov xati o'ziga ko'rsatilishini talab qilmasdan amalga oshirishi shart. Qarzdorning mazkur garov xati egasi oldidagi bunday majburiyati, garov xati bo'yicha o'z xuquqlaridan garov xatining egasi foydasiga voz kechilganligi to'g'risida xabarnoma olgach, vujudga keladi.

Garov xatining qonuniy egasi to'g'risidagi qayd yozuvi, garov xati taqdim etilgan taqdirda, ariza beruvchi ro'yxatdan o'tkazuvchi organga murojaat etgan paytdan e'tiboran bir ish kuni ichida kuyidagilar:

garov xati bo'yicha huquqni ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq boshqa shaxsga o'tkazish hamda garov xatiga belgi qo'yish asosida, agar bunday yozuvni kiritgan shaxs garov xatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi bo'lgan bo'lsa, garovga o'tkazishga doir maxsus yozuv uning nomiga yozilgan, u garov xatini ushbu Qonunning 35-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan tartibda sotgan bo'lsa;

garov xati bo'yicha huquqlar yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaxslarga o'tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida;

garov xati bo'yicha huquqlar ariza beruvchiga tegishli deb topilganligi to'g'risidagi sud qarori asosida amalga oshirilishi kerak.

20-modda. Garov xati bo'yicha xuquqlarni amalga oshirish va ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatni bajarish

Garov xatining qonuniy egasi shartnomada yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o'z huquqlarini amalga oshiraetganda garov xatini tegishli hukuq qaysi shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan bo'lsa, shu majburiyatli shaxsga (qarzdorga yoki ipotekaga qo'yuvchiga) uning talabiga binoan, agar garov xati garovga qo'yilganda u notarius depozitiga topshirilmagan eki garov xatini garovga oluvchiga o'tkazgan holda garovga qo'yilmagan bo'lsagina, ko'rsatishi shart.

Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat to'liq bajarilganidan keyin ipotekaga qo'yuvchiga garov xatini topshirishi, majburiyat qismlarga bo'lib bajarilgan hollarda esa, uning qisman bajarilishini ipotekaga qo'yuvchi uchun etarli va garov xatiga kelgusida egalik qilish ehtimoli bo'lganlar uchun yaqqol ko'rinib turadigan usulda yoki garov xatida majburiyatning qisman bajarilganligi haqida yozib qo'yish orqali tasdiqlashi shart

Garov xatining ipotekaga oluvchida turishi yoxud garov xatida ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat qisman bajarilganligi haqida belgi yoki boshqacha tarzdagi tasdiqnoma yo'kligi, agar o'zgacha hol isbotlanmagan bo'lsa, bu majburiyat yoki tegishincha uning qismi bajarilmaganligidan dalolat beradi.

Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor o'z qarzini to'liq hajmda yoki garov xati bo'yicha o'z majburiyatlarini garov xatining qonuniy egasiga yoki garov xatining qonuniy egasi tomonidan shu garov xati bo'yicha huquqlarni amalga oshirish uchun vakil qilingan shaxsga qarzni uzish rejasiga muvofiq bajarilishi lozim bo'lgan qismini uzadi.

Garov xati garovida garov xati notarius depozitiga topshirilgan taqdirda, ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor qarzni notarius depozitiga kiritgan holda o'z majburiyatini bajaradi.

Garov xati bo'yicha majburiyatli shaxs garov xatini ko'rsatuvchiga garov xati bo'yicha uning huquqlari amalga oshirilishini rad etishga quyidagi hollarda haqlidir, agar:

mazkur garov xati bo'yicha huquqlardan o'zganing foydasiga voz kechish to'g'risidagi bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi yoki bu bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarining qo'llanilishi haqidagi da'vo ko'rib chiqish uchun sud tomonidan qabul qilingan bo'lsa;

ko'rsatilgan garov xati uning qonuniy egasi tomonidan

yo'qotilganligi va garov xatining dublikati berilganligi sababli yoxud garov xatini yoki uning dublikatini berish tartibi garov xati bo'yicha majburiyatli shaxslar javob bermaydigan tarzda buzilganligi sababli haqiqiy bo'lmasa.

Agar o'zgacha hol isbotlanmagan yoki ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, garov xatining u bo'yicha majburiyatli shaxslardan istalgan birida yoki ro'yxatdan o'tkazuvchi organda turganligi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bajarilganligidan dalolat beradi. Garov xati kimning egaligiga o'tib qolsa, shu shaxs garov xatining boshqa majburiyatli shaxslarini bu hakda darhol yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Ushbu Qonunga muvofiq garov xati bekor qilingan hollarda, ro'yxatdan o'tkazuvchi organ garov xatini olishi bilan darhol uning yuz tarafiga "qarz uzilgan" degan muhrni bosish orqali yoki garov xatining muomalada bo'lishi imkoniyatiga yo'l qo'yilmaydigan boshqacha tarzda uni bekor qiladi, garov xatini yo'q qilish bundan mustasno.

21-modda. Yo'qolgan garov xati bo'yicha xuquklarni tiklash

Yo'qolgan garov xati bo'yicha huquqlarni tiklash ipotekaga qo'yuvchi tomonidan, agar u uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) bo'lsa, shuningdek ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor tomonidan ham quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:

agar ushbu Qonunning 19-moddasiga muvofiq binolar (inshootlar) garovi davlat reestriga kiritilgan ma'lumotlar bo'yicha yo'qolgan garov xatiga yozib qo'yilgan garovga o'tkazishga doir barcha maxsus yozuvlarni aniqlash mumkin bo'lsa, mazkur reestrda ipotekaga oluvchi sifatida ko'rsatilgan shaxsning ular nomiga yozilgan arizasi asosida;

yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risida sud chiqargan qaror asosida.

Ipotekaga qo'yuvchi, agar u uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) bo'lsa, shuningdek ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor ham imkoni boricha qisqa muddatlarda garov xatining dublikatini tuzishlari va uni ro'yxatdan o'tkazuvchi organga topshirishlari shart.

Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bir ish kuni ichida garov xatining dublikatini rasmiylashtirishi shart, unda "dublikat" degan belgi bo'lishi kerak.

Garov xatining dublikati ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan garov xatini yo'qotgan shaxsga topshirish orqali beriladi.

Garov xatining dublikati yo'qolgan garov xatiga to'liq muvofiq bo'lishi kerak.

Garov xatining dublikati yo'qolgan garov xatiga muvofiq emasligi munosabati bilan kelib chiqqan zararlar uchun javobgarlik ro'yxatdan o'tkazuvchi organ zimmasida bo'ladi. Agar garov xati bo'yicha majburi tli shaxslar ko'rsatib o'tilgan nomuvofiqlik uchun javobgar bo'lsalar, ular garov xati dublikati qonuniy egasining bu nomuvofiqlik munosabati bilan shu garov xati bo'yicha o'z hukuqlarini amalga oshirishini rad etishga haqli emas.

4-bob. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkning asrashini ta'minlash

22-modda. Ipoteka narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni asrash

Ipotekaga qo'yuvchi ipoteka narsasiga egalik qilishga va undan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanishga haqli.

Ipotekaga qo'yuvchi ipoteka narsasidan mahsulot, hosil va daromad olishga haqli. Agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga oluvchi ana shu mahsulot, hosil va daromadga bo'lgan huquqlarga ega bo'lmaydi.

Agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga qo'yuvchi ipoteka narsasini lozim darajada asrash uchun, shu jumladan uni o'z vaqtida joriy ta'mirlashni o'tkazish, undan oqilona foidalanish hamda uni boshqa shaxslarning qonunga xilof tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun o'z hisobidan barcha zarur choralarni ko'rishi shart

Ipotekaga qo'yuvchi ipoteka narsasining yo'q bo'lib ketishi, shikastlanishi, buzilishi eki holati yomonlashuviga olib keluvchi har qanday xavf-xatar, shuningdek ipotekaga oluvchining ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha huquqlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan har qanday holat to'g'risida ipotekaga oluvchini o'z vaqtida ezma shaklda xabardor etishi kerak.

Ipotekaga oluvchi ipoteka to'g'risidagi shartnoma amal qiladigan muddat davomida ipoteka narsasining mavjudligini, holatini, uni asrash va undan foydalanish sharoitlarini tekshirish huquqiga ega Ipotekaga oluvchi tomonidan bunday tekshiruv o'gkazilishi ipoteka narsasidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanishni to'xtatib qo'ymasligi yoki ipotekaga qo'yuvchining exud ipoteka narsasi vaqtincha foydalanishida turgan boshqa shaxsning huquqlarini o'zgacha tarzda buzmasligi kerak.

23-modda. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkning asralishini lozim darajada ta'minlamaganlik oqibatlari

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkdan foydalanish va uni saklash qoidalari, shuningdek mazkur mol-mulkni asrash majburiyatlari ipotekaga qo'yuvchi tomonidan qo'pol ravishda buzilgan hamda bunday qoidabuzarlik garovga ko'yilgan mol-mulkning yo'qolishi yoki shikastlanishi xavfini keltirib chiqargan takdirda, shuningdek garovga qo'yilgan mol-mulkni sug'urta qilish bo'yicha majburiyatlar buzilgan yoxud ipotekaga oluvchiga garovga qo'yilgan mol-mulkni tekshirishi asossiz ravishda rad etilgan taqdirda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli. Agar bunday talabni qanoatlantirish rad etilsa, ipotekaga oluvchi undiruvni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishga haqli.

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo'lishi eki tasodifan shikastlanishi xavfi, agar bunday shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga ko'yuvchining zimmasida bo'ladi.

Agar ipotekaga oluvchi javobgar bo'lmagan holatlarga ko'ra garovdagi mol-mulk yo'qolgan yoki majburiyatni ipoteka bilan ta'minlash jiddiy tarzda emonlashgan darajada shikastlangan bo'lsa, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini, shu jumladan ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq sug'urta tovoni hisobidan bajarilishini talab qilishga haqli.

Agar ipotekaga oluvchi bilan ipotekaga qo'yuvchi o'rtasida nobud bo'lgan yoki shikastlangan garovga ko'yilgan mol-mulkni tiklash yoxud almashtirish to'g'risida kelishuv tuzilgan va ipotekaga qo'yuvchi bu kelishuv shartlarini lozim darajada bajarayotgan bo'lsa, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishiga doir xuquqlarni amalga oshira olmaydi.

24-modda. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkni sug'urta qilish

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk, agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, yo'qolish va shikastlanish xavfidan sug'urta qilinishi kerak. Ipoteka to'g'risidagi shartnomada garovga qo'yilgan mol-mulkni sug'urta qilish haqida boshqacha shartlar bo'lmagan takdirda, ipotekaga qo'yuvchi bu mol-mulkni yo'qolish va shikastlanish xavfidan uning to'liq qiymati bo'yicha, agar mol-mulkning to'liq qiymati ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat miqdoridan ortiq bo'lsa, shu majburiyat summasidan kam bo'lmagan summaga o'z hisobidan sug'urta qilishi shart.

Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha o'z talabini, garovga qo'yilgan mol-mulk kimning foydasiga sug'urta qilinganligidan qati nazar, bevosita garovdagi mol-mulk yo'qolganligi yoki shikastlanganligi uchun to'lanadigan sug'urta tovoni hisobidan qanoatlantirish huquqiga ega. Bu talab ipotekaga ko'yuvchining boshqa kreditorlari talablaridan hamda sug'urta qaysi shaxslar foydasiga amalga oshirilgan bo'lsa, shu shaxslar talablaridan oldin imtiyozli tarzda qanoatlantirilishi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Agar garovga ko'yilgan mol-mulk ipotekaga oluvchining o'zi javobgar bo'lgan sabablarga ko'ra yo'qolgan yoki shikastlangan bo'lsa, ipotekaga oluvchi o'z talabini sug'urta tovoni hisobidan qanoatlantirish huquqidan mahrum bo'ladi.

Ipotekaga qo'yuvchi uy yoki kvartira ipotekasi to'g'risidagi shartnoma bo'yicha kredit qaytarilishiga doir majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun kreditor oldidagi o'z javobgarligi xavfini sug'urtalashga haqli.

25-modda. Garovga ko'yilgan mol-mulkka bo'lgan huquqlar boshqa shaxsga o'tkazilganida ipotekaning saqlanib qolishi

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida, shu jumladan yuridik shaxs qayta tashkil etilishi natijasida bu mol-mulkni olgan shaxs ipotekaga qo'yuvchining o'rnini egallaydi va uning ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha barcha majburiyatlarini, shu jumladan dastlabki ipotekaga qo'yuvchi tomonidan lozim darajada bajarilmagan majburiyatlarni ham o'z zimmasiga oladi. Yangi ipotekaga qo'yuvchi faqat ipotekaga oluvchi bilan kelishuvga ko'ra, ushbu majburiyatlarning biron-biridan ozod qilinishi mumkin.

Agar ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan asoslarga ko'ra bir necha shaxsga o'tgan bo'lsa, dastlabki ipotekaga ko'yuvchi hukuqiy vorislarining har biri ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatni bajarmaganlikning ipoteka munosabatlaridan kelib chiqadigan oqibatlarini garovga qo'yilgan mol-mulkning o'ziga o'tgan qismiga mutanosib ravishda o'z zimmasiga oladi.

Agar ipoteka narsasi bo'linmas bo'lsa yoki boshqa asoslarga ko'ra ipotekaga qo'yuvchi hukuqiy vorislarining umumiy mulki bo'lib qolsa, hukuqiy vorislar solidar ipotekaga qo'yuvchilarga aylanadilar.

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha mol-mulk garovi, bu mol-mulk boshqa shaxslarga o'tkazilayotganida bunday o'tkazish uchun belgilangan biron-bir qoida buzilgan-buzilmaganligidan qat'i nazar, o'z kuchini saqlab qoladi.

26-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni tasarrufdan chiqarish to'g'risidagi qoidalarni buzish oqibatlari

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk, agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga qo'yuvchi tomonidan sotish, hadya etish, ayirboshlash orqali yoki o'zgacha usulda faqat ipotekaga oluvchining roziligi bilan tasarrufdan chiqarilishi mumkin.

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk ipotekaga oluvchining roziligisiz tasarrufdan chiqarilgan takdirda, agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa yoki agar ipotekaga qo'yuvchining bunday huquqi garov xatida nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga oluvchi o'z tanloviga ko'ra:

garovga ko'yilgan mol-mulkning tasarrufdan chiqarilishi to'g'risidagi bitimni haqiqiy emas deb topishni;

ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini va kimga tegishliligidan qat'i nazar, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishni talab qilishga haqlidir. Bu holda, agar ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkni oluvchi uni olayotgan paytda mol-mulk ushbu moddaning birinchi qismi talablari buzilgan holda tasarrufdan chiqarilayotganligini bilganligi yoki bilishi lozim ham bo'lganligi isbotlansa, bunday oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmaganligi uchun shu majburiyat bo'yicha mazkur mol-mulk qiymati doirasida qarzdor bilan solidar javobgar bo'ladi. Agar garovga ko'yilgan mol-mulk ko'rsatilgan talablar ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor bo'lmagan ipotekaga qo'yuvchi tomonidan buzilgan holda tasarrufdan chiqarilgan bo'lsa, mol-mulkni oluvchi ham, dastlabki ipotekaga ko'yuvchi ham bu qarzdor bilan solidar javobgar bo'ladilar.

Ipotekaga qo'yuvchi garovga ko'yilgan mol-mulkni vasiyat qilishga haqli. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma yoki boshqa bitimning ipotekaga qo'yuvchining bu huquqini cheklaydigan shartlari o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.

27-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkka boshqa shaxslarning xuquqlarini yuklash

Ipotekaga qo'yuvchi garovga qo'yilgan mol-mulkni ipotekaga oluvchining roziligisiz, agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ijaraga berishga, vaqtincha tekin foydalanish uchun berishga va boshqa shaxs bilan kelishuvga ko'ra, unga bu mol-mulkdan cheklangan holda foydalanish huquqini berishga (servitutga) haqli bo'lib, bunda:

mol-mulk foydalanishga berilayotgan muddat ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat muddatidan oshmasligi;

mol-mulk qanday maqsadlarda foydalanishga mo'ljallangan bo'lsa, shunga mos keladigan maqsadlarda foydalanishga berilishi shartlariga rioya etilishi kerak.

Ipotekaga oluvchi ipoteka to'g'risidagi shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko'ra undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratgan taqdirda, ipoteka to'g'risidagi shartnoma tuzilganidan keyin ipotekaga qo'yuvchi tomonidan ipotekaga oluvchining roziligisiz uchinchi Shaxslarga berilgan barcha ijara huquqlari hamda bu mol-mulkdan foydalanishga doir boshqa huquqlar undiruvni mol-mulkka qaratish to'g'risidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan e'tiboran tugatiladi, agar ipotekaga oluvchining talablari sudga murojaat qilinmasdan qanoatlantirilayotgan bo'lsa, ipotekaga ko'yuvchi bilan ipotekaga oluvchi o'rtasidagi undiruvni mol-mulkka qaratish to'g'risidagi kelishuv notarial tartibda tasdiqlangan paytdan e'tiboran yoxud ipoteka to'g'risidagi shartnomada belgilangan shartlar asosida tugatiladi.

Ipotekaga qo'yuvchi garovga qo'yilgan mol-mulkni uchinchi shaxslar foydalanishiga ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat muddatidan ortiq muddatga yoki mol-mulk qanday maqsadlarda foydalanishga mo'ljallangan bo'lsa, shunga mos kelmaydigan maqsadlarda faqat ipotekaga oluvchining roziligi bilan berishi mumkin.

Garovga qo'yilgan mol-mulkning ipotekaga qo'yuvchi tomonidan boshqa shaxsga foydalanish uchun berilishi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga qo'yuvchini ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.

28-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkning majburiy ravishda olib qo'yilishi oqibatlari

Agar ipotekaga ko'yuvchining ipoteka narsasi bo'lgan mol-mulkka bo'lgan mulk hukuqi mol-mulkning davlat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishi (haqini to'lab olinishi), rekvizitsiya yoki natsionalizatsiya qilinishi oqibatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilsa va ipotekaga qo'yuvchiga boshqa mol-mulk berilsa yoki tegishli haq to'lansa, o'rniga-o'rin berilgan mol-mulkka nisbatan ipoteka joriy qilinadi yoxud ipotekaga oluvchi o'z talablarini ipotekaga qo'yuvchiga tegishi kerak bo'lgan haq summasidan imtiyozli qanoatlantirish hukuqiga ega bo'ladi.

Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini hamda undiruvni ipotekaga qo'yuvchiga olib qo'yilgan mol-mulk o'rniga berilgan mol-mulkka qaratishni talab qilishga haqli.

Ipoteka narsasi bo'lgan mol-mulk amalda bu mol-mulkning mulkdori boshqa shaxs ekanligiga asosan (vindikatsiya) ipotekaga ko'yuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib ko'yilgan hollarda ana shu mol-mulkka nisbatan ipoteka tugatiladi Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini sudning tegishli qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin talab qilishga haqli.

5-bob. Navbatdagi ipoteka

29-modda. Navbatdagi ipotekaga yo'l ko'yiladigan shartlar

Bir majburiyat bajarilishini ta'minlash uchun ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk (oldingi ipoteka) o'sha yoki o'zga qarzdorning boshqa majburiyati bajarilishini ta'minlash uchun o'sha ipotekaga oluvchining o'ziga yoxud boshqa ipotekaga oluvchiga garovga berilishi mumkin (navbatdagi ipoteka).

Ipotekaga oluvchilar navbati ipoteka binolar (inshootlar) garovi davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan sana va vaqtga binoan, ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan belgilanadi.

Navbatdagi ipotekaga, agar u o'sha mol-mulk ipotekasi haqidagi, amal qilishi ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnoma tuzilayotgan paytda tugamagan oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan bo'lsa, yo'l qo'yiladi.

Agar ipoteka to'grisidagi oldingi shartnomada ipoteka to'g'risida navbatdagi shartnomani tuzish mumkin bo'lgan shartlar nazarda tutilgan bo'lsa, bunday shartnoma ana shu shartlarga rioya etilgan holda tuzilishi kerak.

Ipoteka to'g'risidagi oldingi shartnomada belgilangan taqiqqa qaramay tuzilgan ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnoma shu shartnoma bo'yicha ipotekaga eluvchi bunday taqiqni bilmaganligidan qat'i nazar, oldingi shartnoma bo'yicha ipotekaga oluvchining da'vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Agar navbatdagi ipoteka taqiqlanmagan, lekin ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnoma oldingi shartnomada uning uchun nazarda tutilgan shartlar buzilgan holda tuzilgan bo'lsa, ipotekaga oluvchining navbatdagi shartnoma bo'yicha talablari ipoteka to'g'risidagi oldingi shartnoma shartlariga muvofiq ularni qanday darajada qanoatlantirish mumkin bo'lsa, shunday darajada qanoatlantiriladi.

Agar ipoteka to'fisidagi oldingi va navbatdagi shartnomalarda taraflar ayni o'sha shaxslarning o'zi bo'lsa, ushbu modda uchinchi va to'rtinchi qismlarining qoidalari qo'llanilmaydi.

Garov xatini tuzish va berishni nazarda tutuvchi ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnomani tuzishga yo'l qo'yilmaydi.

30-modda. Ipotekaga oluvchilarni oldingi va navbatdagi ipotekalar to'grisida ogoxlantirish. Ipoteka to'g'risidagi oldingi shartnomani o'zgartirish

Ipotekaga qo'yuvchi har bir navbatdagi ipotekaga oluvchiga u bilan ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnoma tuzilguniga qadar mazkur mol-mulkning bungacha amal qilib turgan barcha ipotekapari to'g'risidagi ma'lumotlarni ma'lum qilishi shart

Ipotekaga qo'yuvchi ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnoma tuzilganidan keyin darhol bu haqda oldingi ipotekalar bo'yicha ipotekaga oluvchilarni yozma shaklda xabardor qilishi va ularning talabiga asosan ularga navbatdagi ipoteka haqidagi ma'lumotlarni ma'lum qilishi shart.

Ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnoma tuzilganidan keyin oldingi shartnomani o'zgartirishga, agar ipoteka to'g'risidagi oldingi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, faqat navbatdagi shartnoma bo'yicha ipotekaga oluvchining roziligi bilan yo'l qo'yiladi.

Agar ipoteka to'g'risidagi oldingi va navbatdagi shartnomalarda taraflar ayni o'sha shaxslarning o'zi bo'lsa, ushbu moddaning qoidalari qo'llanilmaydi.

31-modda. Navbatdagi ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish

Navbatdagi ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnomada ayni o'sha mol-mulkning oldingi ipotekalari to'g'risidagi barcha qayd yozuvlari haqida belgi qo'yiladi.

Navbatdagi ipoteka to'g'risidagi belgi ayni o'sha mol-mulkning barcha oldingi ipotekalari haqidagi qayd yozuvlariga kiritiladi.

32-modda. Oldingi va navbatdagi ipotekalar bo'yicha ipotekaga oluvchilarning talablarini qanoatlantirish

Ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnoma bo'yicha ipotekaga oluvchining talablari ipoteka to'g'risidagi oldingi shartnomalar bo'yicha ipotekaga oluvchilarning talablari qanoatlantirilganidan keyin, garovga qo'yilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantiriladi.

Undiruv garovga qo'yilgan mol-mulkka navbatdagi ipoteka bilan ta'minlangan talablar bo'yicha qaratilgan takdirda, bir vaqtning o'zida oldingi ipoteka bilan ta'minlangan, undiruvga takdim etish muddati hali kelmagan talablar bo'yicha ham ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarish talab qilinishi va undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi mumkin. Agar ipoteka to'g'risidagi oldingi shartnoma bo'yicha ipotekaga oluvchi bu huquqdan foydalanmagan bo'lsa, navbatdagi ipoteka bilan ta'minlangan talablar bo'yicha undiruv qaratilgan mol-mulk oldingi ipotekaga doir huquq va majburiyatlar bilan birga uni oluvchiga o'tadi.

Oldingi ipoteka bilan ta'minlangan talablar bo'yicha undiruv garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratilgan taqdirda, bir vaqtning o'zida undiruvga taqdim etish muddati hali kelmagan, navbatdagi ipoteka bilan ta'minlangan talablar bo'yicha ham bu mol-mulkka undiruv qaratilishiga yo'l qo'yiladi. Agar oldingi ipoteka bilai ta'minlangan talablar qanoatlatirilishi uchun undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkning bir qismiga qaratish etarli bo'lsa, navbatdagi ipoteka bilan ta'minlangan talablar muddatidan oldin qanoatlantirilmaydi.

Undiruvga o'z talablarini taqdim etish niyatida bo'lgnan ipotekaga oluvchi bu hakda o'sha mol-mulkning ipotekasi to'g'risidagi boshqa shartnoma bo'yicha ipotekaga oluvchini oldingi va navbatdagi ipotekalar bo'yicha talablar garov bilan ta'minlangan mol-mulkka undiruv qaratilguniga qadar yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Agar oldingi va navbatdagi ipotekalar bo'yicha ipotekaga oluvchi aynan o'sha shaxsning o'zi bo'lsa, ushbu moddadagi qoidalar qo'llanilmaydi. Bu holda ipotekalarning har biri bilan ta'minlangan talablar, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, tegishli majburiyatlarni bajarish muddatlariga muvofiq navbati bilan qanoatlantiriladi.

6-bob. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish. Garov xatini boshqa shaxsga o'tkazish va garovga qo'yish

33-modda. Ipoteka to'grisidagi shartnoma yoki ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha xukuklardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish

Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat asosida kreditorga tegishli bo'lgan huquq (talab) shu kreditorning o'zi tomonidan bitim bo'yicha boshqa shaxsga o'tkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) yoki qonun asosida boshqa shaxsga o'tkazilishi mumkin.

Agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga oluvchi mazkur shartnoma bo'yicha o'z huquqlarini boshqa shaxsga qarzdorning roziligini talab qilmasdan o'tkazishga hakli.

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha boshqa shaxs foydasiga o'z xuquqlaridan voz kechilganda, ipoteka bilan ta'minlangan asosiy majburiyat bo'yicha qarzdordan talab qilish xukuqi ham o'sha shaxsga o'tadi.

Agar qarzdor kreditorning xukuqlari boshqa shaxsga o'tganligi to'g'risida yozma ravishda xabardor qilingan bo'lmasa, yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan o'zi uchun noqulay oqibatlar xavfini o'z zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning dastlabki kreditorga nisbatan bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb e'tirof etiladi.

Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, dastlabki kreditorning xuquqi shu xukuq yangi kreditorga o'tgan paytdagi mavjud hajmda va shartlarda o'tadi. Xususan, majburiyatlar bajarilishini ta'minlovchi huquqlar, shuningdek talab bilan bog'liq boshqa xuquqlar, shu jumladan to'lanmagan foizlarga bo'lgan hukuq yangi kreditorga o'tadi.

34-modda. Garov xati bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish

Garov xati bo'yicha xuquklarni boshqa shaxsga o'tkazish oddiy yozma shaklda bitim tuzish orqali amalga oshiriladi.

Garov xati bo'yicha hukuqlarning boshqa shaxsga o'tkazilishi talablardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish (tsessiya) oqibatlarini keltirib chiqaradi.

Garov xati bo'yicha huquklar boshqa shaxsga o'tkazilayotganda xukuqni o'tkazayotgan shaxs uning yangi egasi to'g'risida garov xatiga belgi qo'yadi.

Belgida garov xati bo'yicha xuquklar o'tkazilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda bunday o'tkazish aniq va to'liq ko'rsatilishi kerak.

Garov xatining yangi egasi haqidagi belgi garov xatida ko'rsatilgan ipotekaga oluvchi tomonidan, agar bu birinchi ezuv bo'lmasa, oldingi belgida ko'rsatilgan garov xatining egasi trmonidan imzolanishi kerak.

Garov xati bo'yicha hukuqlarning boshqa shaxsga o'tkazilishi bu hujjat bilan tasdiqlanadigan barcha hukuqlar ham shunga ko'ra o'sha shaxsga o'tkazilishini anglatadi.

Dastlabki ipotekaga oluvchining va garov xati oldingi egalarining huquqlaridan qat'i nazar, garov xati bilan tasdiqlangan barcha xuquqlar, shu jumladan ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha ipotekaga oluvchining huquqlari va kreditorning huquqlari garov xatining qonuniy egasiga tegishli bo'ladi.

Agar ushbu modtsada ko'rsatilgan bitimda boshqacha shartlashilmagan bo'lsa, garov xati bo'yicha hukuqlar boshqa shaxsga ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat (asosiy majburiyat) qisman bajarilgan holda o'tkazilayotganda garov xati bo'yicha hukuklar boshqa shaxsga o'tkazilgan paytga qadar bajarilishi kerak bo'lgan majburiyatlar bajarilgan deb hisoblanadi.

Garov xatining egasi, agar uning garov xatiga bo'lgan xukuqlari garov xati bo'yicha hukuqlarni boshqa shaxsga o'tkazish yuzasidan tuzilgan bitimga hamda garov xatiga uning oldingi egasi kiritgan oxirgi belgiga asoslansa, u garov xatining qonuniy egasi deb hisoblanadi. Agar garov xati garovga o'tkazishga doir maxsus yozuvlarni kiritgan biron-bir shaxsning egaligidan o'g'irlanishi natijasida yoki bu shaxsning xohish-irodasidan tashqari boshqacha tarzda chiqib ketgan, garov xatining egasi unga ega bo'layotganda buni bilganligi yoki bilishi lozim ham bo'lganligi isbotlangan bo'lsa, u garov xatining qonuniy egasi deb hisoblanmaydi.

Garov xatidagi uning boshqa shaxslarga navbatdagi o'tkazilishini taqiqlaydigan yozuvlar o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.

Agar uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatni qarzdor uchun to'liq bajargan bo'lsa, u garov xati bo'yicha huquqlar o'ziga o'tkazilishini talab qilishga haqli. Bu holda kreditorning majburiyat bo'yicha huquklari krnunga muvofiq uchinchi shaxsga (ashyoviy kafilga) o'tadi. Ipotekaga oluvchi bu xukuqlarni o'tkazishni rad etgan taqdirda, uchinchi shaxs (asheviy kafil) bu huquqlar o'ziga o'tkazilishini sud tartibida talab qilishi mumkin.

35-modda. Garov xatini garovga ko'yish

Garov xati uni boshqa shaxsga (garov xatini garovga oluvchiga) o'tkazish orqali kredit shartnomasi bo'yicha majburiyatni yoki shu shaxs bilan garov xatida dastlab ko'rsatilgan ipotekaga oluvchi exud uning o'zga qonuniy egasi o'rtasida vujudga kelgan boshqa majburiyatni bajarilishini ta'minlash uchun garov xatining garovi to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilishi mumkin.

Garov xatining garovi bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, ipotekaga oluvchi garov xatini garovga oluvchining talabiga binoan garov xati bo'yicha o'z hukuqlarini ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan tartib va shartlar asosida unga o'tkazishi shart. Bu xukuqlarni o'tkazish rad etilgan takdirda, garov xatini garovga oluvchi ana shu xukuqlar o'ziga o'tkazilishini sud tartibida talab qilishi mumkin.

Garov xati bo'yicha huquqlar o'ziga berilgan yoki sud tomonidan o'ziga o'tkazilgan garov xatini garovga oluvchi undiruvni garov xatining shartlariga muvofiq ipoteka narsasiga qaratishga haqlidir.

Ipoteka narsasini reapizatsiya qilish natijasida tushgan summalar ipotekaga oluvchining garov xatini garovga oluvchidan qarzini uzishga qaratiladi, qolgan summa esa kredit shartnomasi yoki garov xati ipotekasi bilan ta'minlangan boshqa majburiyat bo'yicha ipotekaga oluvchiga tegishli qarzni uzish uchun ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq garovga qo'yuvchining o'zga kreditorlariga va garovga ko'yuvchining o'ziga beriladi.

Garov xatining qonuniy egasi garov xatini garovga oluvchiga muayyan muddat o'tganidan keyin garov xatini sotib, tushgan puldan uning garovi bilan ta'minlangan majburiyat summasini ushlab qolish xukuqini beruvchi garovga o'tkazishga doir maxsus yozuvni garov xatiga yozib ko'yishi mumkin.

Garov xati garovi belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan ro'yxatga olinishi kerak.

7-bob. Undirdvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish

36-modda. Undiruvni garovga ko'yilgan mol-mulkka qaratish asoslari

Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, xususan, qarz summasi to'lanmaganligi yoxud o'z vaktida, to'liq yoki qisman to'lanmaganligi natijasida vujudga kelgan, ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan talablarni ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga ko'yilgan mol-mulk hisobidan qanoatlantirish uchun undiruvni, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, shu mol-mulkka qaratishga haqli.

Agar iporteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bulsa, davriy to'lovlar bilan bajariladigan majburiyatni ta'minlash uchun undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishga, bu to'lovlarni to'lash muddatlari muntazam ravishda, ya'ni o'n ikki oy davomida uch martadan ortiq buzilgan takdirda, yo'l ko'yiladi.

Ushbu Qonunning 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, bu talab bajarilmagan taqdirda esa, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishga haqli.

Agar ipotekaga qo'yuvchi o'z majburiyatlarini bajarilgan deb hisoblasa hamda o'z hukuq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so'rab sudga murojaat etgan bo'lsa, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish to'xtatib turiladi.

37-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish usullari

Ipotekaga oluvchi undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin o'z talablarini sud tartibida, shuningdek suddan tashqari tartibda, agar bu ipoteka to'g'risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa, yoxud ipotekaga ko'yuvchining ipotekaga oluvchi bilan tuzilgan va notarial tartibda tasdiklangan kelishuvi asosida qanoatlantirishga haqli.

Ipotekaga oluvchining qarzdor tomonidan asosiy majburiyatning bajarilishiga doir har qanday navbatdagi talab suddan tashqari tartibga solish tugallanganidan keyin haqiqiy emas.

Ipotekaga oluvchining talablarini qanoatlantirishga quyidagi hollarda faqat sud tartibida yo'l qo'yiladi, agar:

mol-mulk ipotekasi uchun boshqa shaxs yoki organning roziligi yoxud ruxsati talab qilinsa;

ipoteka narsasi tarixiy, badiiy yoki o'zga madaniy qimmatga ega mol-mulk bo'lsa;

ipotekaga ko'yuvchi yo'qolgan bo'lsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin bo'lmasa.

38-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka sud tartibida qaratish

Ipotekaga oluvchining talablari bo'yicha undiruv ipoteka to'g'risidagi shartnomaga ko'ra garovga qo'yilgan mol-mulkka sudning qarori asosida qaratiladi, ushbu Qonunga muvofiq bunday talablar sudga murojaat qilmasdan qanoatlantirilishiga yo'l qo'yiladigan hollar bundan mustasno.

Agar ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan yo'l qo'yilgan buzilishi jiddiy tusda bo'lmasa va ipotekaga oluvchi talablarining miqdori garovga qo'yilgan mol-mulkning qiymatiga shu sababli yaqqol nomutanosib bo'lsa, undiruvni ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish rad etilishi mumkin, ushbu Qonunning 36-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.

39-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishda sud tomonidan hal qilinadigan masalalar

Sudning undiruvni ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish haqidagi qarorida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:

garovga qo'yilgan mol-mulk qiymatidan ipotekaga oluvchiga to'lanishi lozim bo'lgan summalar, mol-mulkni qo'riqlash va realizatsiya qilishning uni realizatsiya qilish tugallanganidan keyin aniqlanadigan xarajatlari summasi bundan mustasno. Foizlarda hisoblab chiqariladigan summalar uchun foizlar qo'shiladigan summa, foizlar miqdori va ular qo'shilishi lozim bo'lgan davr;

qiymatidan ipotekaga oluvchining talablari qanoatlantiriladigan ipoteka narsasi bo'lgan mol-mulk;

undiruv qaratiladigan garovga ko'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish usuli;

garovga qo'yilgan mol-mulkning realizatsiya qilishdagi boshlang'ich sotuv narxi. Garovga ko'yilgan mol-mulkning kim oshdi savdosidagi boshlang'ich sotuv narxi ipotekaga qo'yuvchi va ipotekaga oluvchi o'rtasidagi kelishuv asosida, ular o'rtasida nizo bo'lgan taqdirda esa, sud tomonidan belgilanadi;

agar zarur bo'lsa, mol-mulk realizatsiya qilinguniga qadar uning asralishini ta'minlash choralari.

8-bob. Garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish

40-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish usullari

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan, ushbu Qonunga muvofiq sudning qaroriga binoan undiruv qaratilgan mol-mulk kim oshdi savdosida sotish orqali realizatsiya qilinadi, ushbu qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Sud undiruvni garovga ko'yilgan mol-mulkka qaratish to'g'risida qaror qabul qilar ekan, ipotekaga qo'yuvchi va ipotekaga oluvchining roziligi bilan garovga ko'yilgan mol-mulk auktsionda sotish orqali realizatsiya qilinishi kerakligini belgilab qo'yishi mumkin. Garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishning ayni shunday usuli ipotekaga ko'yuvchi va ipotekaga oluvchi tomonidan ipoteka to'grisidagi shartnomada yoki ushbu Qonun 37-moddasining birinchi qismiga muvofiq tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvda nazarda tutilishi mumkin. Garovga qo'yilgan mol-mulkni ushbu Qonun 37-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda auktsionda sotish orqali realizatsiya qilishga yo'l qo'yilmaydi.

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga ko'yilgan mol-mulkni auktsionda sotish tartibi O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va ushbu Qonunga, agar ularda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ipoteka to'g'risidagi shartnoma yoki ipotekaga qo'yuvchining ipotekaga oluvchi bilan tuzilgan notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga muvofiq belgilanadi.

41-modda. Kim oshdi savdosini o'tkazish tartibi

Garovga qo'yilgan mol-mulkni sotish bo'yicha kim oshdi savdosi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan tashkil etiladi va o'tkaziladi.

Sud ijrochisining buyurtmasi yoki kim oshdi savdosi tashkilotchisi sifatida ish yuritadigan tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan tuzgan shartnomasi kim oshdi savdosini o'tkazish uchun asos bo'ladi.

Garovga qo'yilgan mol-mulkni sotish bo'yicha kim oshdi savdosi shu mol-mulk turgan joyda o'tkaziladi.

Kim oshdi savdosi tashkilotchisi kim oshdi savdosi o'tkazilishidan kamida o'ttiz kun oldin O'zbekiston Respublikasining hududida tarqatiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda kim oshdi savdosi to'g'risidagi e'lonni chop etadi.

Kim oshdi savdosi to'fisidagi e'londa quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak:

kim oshdi savdosiga qo'yiladigan ipoteka narsasining nomi, uning turgan joyi va uni identifikatsiya qilish uchun etarli tavsifi, uning bahosi;

kim oshdi savdosi ishtirokchisining zakalat summasi, uni to'lash muddati va tartibi;

xarid narxini to'lash tartibi va muddatlari;

kim oshdi savdosi o'tkaziladigan joy va vaqt;

kim oshdi savdosi tashkilotchisining nomi va joylashgan eri, ma'lumot olish uchun uning telefon raqami va to'lov rekvizitlari.

Kim oshdi savdosi to'g'risidagi e'lonning bir nusxasi, agar imkoni bo'lsa va monelik bo'lmasa, kim oshdi savdosiga qo'yilayotgan ko'chmas mulkning o'zidagi ko'rinarli joyga kim oshdi savdosi o'tkazilishidan kamida o'n kun oldin osib qo'yiladi.

Kim oshdi savdosida ishtirok etishni istagan shaxslar kim oshdi savdosi to'g'risidagi e'londa ko'rsatilishi lozim bo'lgan miqdorda, muddatlarda va tartibda zakalat pulini to'laydilar. Zakalat puli miqdori garovga ko'yilgan mol-mulk boshlang'ich sotuv narxining 5 foizidan kam bo'lmasligi lozim.

Kim oshdi savdosida ishtirok etgan, lekin unda g'olib chiqmagan shaxslarga kim oshdi savdosi tugashi bilan zakalat puli qaytarib beriladi.

Kim oshdi savdosi amalga oshmagan takdirda ham zakalat puli qaytarib berilishi kerak.

Kim oshdi savdosida sotilayotgan mol-mulk uchun eng yuqori bahoni taklif etgan shaxs kim oshdi savdosida golib chiqqan deb e'tirof etiladi.

Bu shaxs va kim oshdi savdosi tashkilotchisi kim oshdi savdosi o'tkazilgan kuni kim oshdi savdosining natijalari to'g'risida bayonnoma imzolaydilar.

Ulardan birontasining bayonnomani imzolashdan bo'yin tovlashi Uzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 380-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab bo'ladi.

Kim oshdi savdosida g'olib chiqqan shaxs savdo tugaganidan keyin besh kun ichida o'zi sotib olgan garovga qo'yilgan mol-mulkning summasini (xarid narxini), ilgari to'langan zakalat pulini chegirib tashlagan holda, kim oshdi savdosining tashkilotchisi tomonidan ko'rsatilgan hisobvaraqqa to'lashi kerak. Bu summa to'lanmagan takdirda, zakalat puli qaytarib berilmaydi.

Kim oshdi savdosida g'olib chiqqan shaxs xarid narxini to'lagan paytdan e'tiboran besh kun ichida kim oshdi savdosining tashkilotchisi u bilan notarial tartibda tasdiqlangan shartnomaga tenglashtirilgan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. Bu shartnoma va kim oshdi savdosining natijalari to'g'risidagi bayonnoma binolar (inshootlar) garovi davlat reestriga zarur yozuvlar kiritish uchun asos bo'ladi.

42-modda. Kim oshdi savdosi natijalari to'g'risidagi bayonnoma

Kim oshdi savdosi natijalari to'g'risidagi bayonnomada kuyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak:

kim oshdi savdosini o'tkazish uchun asos;

kim oshdi savdosi o'tkazilgan joy va vaqt;

kim oshdi savdosida olingan ko'chmas mol-mulkning nomi, tavsifi va ta'rifi, uning turgan joyi;

mol-mulkning avvalgi egasi bo'lgan ipotekaga qo'yuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan eri);

sotib oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan eri);

xarid narxi;

kim oshdi savdosini o'tkazgan kim oshdi savdosi tashkilotchisining nomi va joylashgan eri.

Kim oshdi savdosi natijalari to'g'risidagi bayonnoma kim oshdi savdosi tashkilotchisining muhri bilan tasdiqlanadi.

43-modda. Kim oshdi savdosini amalga oshmagan deb e'lon qilish

Kim oshdi savdosi tashkilotchisi kuyidagi hollarda kim oshdi savdosini amalga oshmagan deb e'lon qiladi:

kim oshdi savdosiga ikkitadan kam sotib oluvchi kelgan bo'lsa;

kim oshdi savdosida garovga ko'yilgan mol-mulkning boshlang'ich sotuv narxiga ustama qilinmagan bo'lsa;

kim oshdi savdosida g'olib chiqqan shaxs xarid narxini belgilangan muddatda kiritmagan bo'lsa.

Kim oshdi savdosi ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlardan birontasi sodir bo'lganidan keyingi kundan kechiktirmay amalga oshmagan deb e'lon qilinishi kerak.

Kim oshdi savdosi amalga oshmagan deb e'lon qilingandan keyin o'n kun ichida ipotekaga oluvchi ipotekaga ko'yuvchi bilan kelishuvga ko'ra garovga qo'yilgan mol-mulkni uning kim oshdi savdosidagi boshlang'ich sotuv narxida olishga va shu mol-mulk ipotekasi bilan ta'minlangan o'z talablarini xarid narxi hisobiga o'tkazishga haqlidir. Bunday kelishuvga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlarining oldi-sotdi shartnomasi to'grisidagi qoidalari qo'llaniladi. Bu holda ipoteka tugatiladi.

Agar mol-mulkning ipotekaga oluvchi tomonidan olinishi to'g'risidagi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan kelishuvga erishilmagan bo'lsa, birinchi kim oshdi savdosidan keyin bir oydan kechiktirmay takroriy kim oshdi savdosi o'tkaziladi. Ushbu modda oirinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan hollarda, garovga ko'yilgan mol-mulkning boshlangich sotuv narxi takroriy kim oshdi savdosida 20 foizga pasaytiriladi.

Takroriy kim oshdi savdosi ushbu Qonunning 41-moddasida nazarda tutilgan tartibda o'tkaziladi.

Takroriy kim oshdi savdosi ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlarga ko'ra amalga oshmagan deb e'lon qilingan taqdirda, ipotekaga oluvchi garovga qo'yilgan mol-mulkni uning birinchi kim oshdi savdosidagi boshlang'ich sotuv narxidan ko'pi bilan 25 foiz past narxda olishga (o'zida qoldirishga) va mol-mulk ipotekasi bilan ta'minlangan o'z talablarini xarid narxi hisobiga o'tkazishga haklidir.

Agar ipotekaga oluvchi takroriy kim oshdi savdosi amalga oshmagan deb e'lon qilingandan keyin bir oy ichida garovga ko'yilgan mol-mulkni o'zida qoldirish hukuqidan foydalanmasa, ipoteka tugatiladi.

44-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni ipoteka to'g'risidagi shartnoma asosida realizatsiya qilish

Garovga ko'yilgan mol-mulkni ipoteka to'g'risidagi shartnoma asosida realizatsiya qilish kuyidagi shartlarga rioya etilgan holda auktsion o'tkazish orqali amalga oshiriladi:

ipotekaga oluvchi tomonidan ipotekaga qo'yuvchiga ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatlar bajarilmayotganligi to'g'risida ushbu Qonunning 45-moddasida ko'rsatilgan talablarga javob beradigan xabarnoma topshirish.

Mazkur xabarnomani bevosita topshirish imkoni bo'lmagan takdirda, u ipotekaga ko'yuvchining ipoteka to'g'risidagi shartnomada ko'rsatilgan manziliga buyurtma xat shaklida yuboriladi;

xabarnomani ipoteka ro'yxatdan o'tkazilgan ro'yxatdan o'tkazuvchi organda ro'yxatdan o'tkazish;

ipoteka to'g'risidagi shartnomadan kelib chiqadigan va xabarnomada ko'rsatilgan tapablar qanoatlantirilmagan takdirda, lekin mazkur bildirish ipotekaga qo'yuvchiga yuborilgan paytdan e'tiboran kamida ikki oy o'tgach, auktsion o'tkazish to'g'risidagi, ushbu Qonunning 46-moddasida ko'rsatilgan talablarga javob beradigan xabarnomani yuborish hamda uni ipoteka va birinchi xabarnoma ro'yxatdan o'tkazilgan ro'yxatdan o'tkazuvchi organda ro'yxatdan o'tkazish;

auktsion o'tkazish to'g'risidagi e'lonni O'zbekiston Respublikasining xududida tarqatiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda e'lon qilish.

Auktsionga qo'yilayotgan ko'chmas mulkka doir barcha bitimlarni tuzish auktsion o'tkazish to'grisidagi e'lon birinchi marta e'lon qilingan paytdan e'tiboran taqiklanadi, agar bitimlar tuzilgan bo'lsa, ular haqiqiy emas deb topiladi. Auktsion o'tkazish to'g'risidagi e'lon birinchi marta e'lon qilingan paytdan e'tiboran auktsion o'tkaziladigan paytgacha kamida o'ttiz kun o'tishi kerak.

Ipotekaga qo'yuvchi asosiy majburiyat bajarilmayotganligi to'g'risidagi xabarnomani olgach, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish uchun asoslar yo'kligi to'g'risidagi da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Ipotekaga ko'yuvchi garovga ko'yilgan mol-mulk realizatsiya qilinishini ushbu Qonunning 53-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarda kechiktirish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilinishi ushbu modda birinchi qismining to'rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat o'tishini to'xtatib turadi.

45-modda. Majburiyatlar bajarilmaganligi to'g'risidagi xabarnomaning mazmuni

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha majburiyatlar bajarilmaganligi to'g'risidagi xabarnomada quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak:

ipotekaga ko'yuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan eri);

ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan eri);

bajarilmagan majburiyatlarning qisqacha bayoni;

asosiy majburiyatning, shuningdek garovga qo'yilgan mol-mulkning sotilishi ehtimoliga qadar ipotekaga qo'yuvchi to'lashi kerak bo'lgan barcha

yig'imlar, chiqimlar va xarajatlarning umumiy rasshifrovkasi;

xabarnoma olingan paytdan e'tiboran o'ttiz kun ichida barcha qarzlarni to'liq uzish to'g'risidagi taklif;

ipoteka narsasi bo'lgan svrovga ko'yilgan mol-mulkni sotish bo'yicha auktsion o'tkazilishi mumkinligi to'g'risidagi ogohlantirish.

46-modda. Auktsion o'tkazilishi to'g'risidagi xabarnomaning mazmuni

Auktsion o'tkazilishi to'g'risidagi xabarnomada quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak:

ipotekaga ko'yuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan eri);

ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan eri);

bajarilmagan majburiyatlarning qisqacha bayoni va ipotekaga qo'yuvchining ipotekaga oluvchi oldidagi, ipoteka narsasini realizatsiya qilish hisobiga qanoatlantirilishi kerak bo'lgan barcha qarzlarining umumiy summasi;

ipoteka narsasi bo'lgan va auktsionga ko'yilayotgan ko'chmas mulkning nomi, tavsifi va ta'rifi;

auktsion o'tkaziladigan joy va vakt.

Agar auktsion ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan o'tkaziladigan bo'psa, auktsion o'tkazilishi to'g'risidagi xabarnomada mazkur tashkilotning nomi, joylashgan eri va telefon raqami to'g'risidagi ma'lumotlar ham ko'rsatilgan bo'lishi kerak.

47-modda. Garovga ko'yilgan mol-mulkni auktsionda sotish

Garovga ko'yilgan mol-mulkni sotish ochiq auktsionda amalga oshiriladi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, yopiq auktsion o'tkazilishiga yo'l ko'yiladi.

Garovga ko'yilgan mol-mulkni sotish bo'yicha auktsion tashkilotchisi sifatida buning uchun ipotekaga oluvchi tomonidan ipotekaga ko'yuvchining roziligi bilan tanlangan, ipotekaga oluvchi bilan shartnoma asosida faoliyat ko'rsatadigan va uning yoki o'zining nomidan ish ko'radigan ixtisoslashgan tashkilot ish yuritadi. Ipotekaga oluvchi va ipotekaga qo'yuvchi o'rtasida ixtisoslashgan tashkilotni tanlash yuzasidan kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.

Auktsionda golib chiqqan shaxs va auktsion tashkilotchisi auktsion o'tkazilgan kuni auktsion natijalari to'fisidagi bayonnomani imzolaydilar.

Auktsionda golib chiqqan shaxs xarid narxini to'lagan paytdan e'tiboran besh kun ichida auktsion tashkilotchisi u bilan notarial tartibda tasdiqlangan shartnomaga tenglashtiriladigan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. Bu shartnoma va auktsion natijalari to'g'risidagi baennoma binolar (inshootlar) garovi davlat reestriga zarur yozuvlar kiritish uchun asos bo'ladi.

48-modda. Garovga ko'yilgan mol-mulkni notarial tartibda tasdiklangan kelishuv asosida realizatsiya qilish

Ipoteka to'grisidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan, undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin ipotekaga oluvchining ipotekaga ko'yuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiklangan kelishuvi asosida undiruv qaratilgan mol-mulk ushbu Qonunning 47-moddasiga muvofiq auktsionda realizatsiya qilinadi.

Ipoteka to'g'risidagi navbatdagi shartnoma bo'yicha ipotekaga oluvchining talablarini qanoatlantirish haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv, agar u ipoteka to'g'risidagi oldingi shartnomalar bo'yicha ipotekaga oluvchilar ishtirokida tuzilgan bo'lsa, haqiqiydir.

49-modda. Undiruvning garovga ko'yilgan mol-mulkka qaratilishini va mol-mulk realizatsiya qilinishini tugatish

Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor va uchinchi shaxs bo'lgan ipotekaga qo'yuvchi (ashyoviy kafil) ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta'minlangan barcha talablarini bu talablarning tegishli summalar to'langan paytdagi hajmida qanoatlantirib, undiruvning garovga ko'yilgan mol-mulkka qaratilishini tugatishga haqli. Bu huquq garovga ko'yilgan mol-mulk sotilgan paytga qadar yoki ipotekaga oluvchi bu mol-mulkka bo'lgan xukuqni belgilangan tartibda olgan paytga qadar istalgan vaktda amalga oshirilishi mumkin.

Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish yoki mol-mulkni realizatsiya qilish tugatilishini talab qiluvchi shaxs ipotekaga oluvchiga undiruvni bu mol-mulkka qaratish va uni realizatsiya qilish munosabati bilan qilgan xarajatlarini qoplashi shart.

50-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summalarni taqsimlash tartibi

Ipoteka to'g'risidagi shartnomaga ko'ra garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa, undan bu mol-mulkka undiruv qaratilishi va mol-mulk realizatsiya qilinishi munosabati bilan qilingan xarajatlarni qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan keyin, o'z talablari undirilishini so'ragan ipotekaga oluvchilar, ipotekaga ko'yuvchining boshqa kreditorlari va ipotekaga ko'yuvchining o'zi o'rtasida taqsimlanadi.

Sud qarorlari ijrosini amalga oshiruvchi organ yoki, agar undiruv garovga ko'yilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilgan bo'lsa, auktsion tashkilotchisi garovga ko'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan tushumni quyidagi tartibda taqsimlaydi:

birinchi navbatda, kim oshdi savdosini yoki auktsionni o'tkazish uchun qilingan chiqimlar va xarajatlarni qoplashga;

ikkinchi navbatda, ipoteka bilan ta'minlangan asosiy majburiyat summasini to'lashga;

uchinchi navbatda, navbatdagi ipoteka bilan ta'minlangan muddati o'tgan majburiyatlar summasini, shuningdek qonunda belgilangan navbat tartibida ko'chmas mulkka yuklangan boshqa talablar summasini to'lashga;

to'rtinchi navbatda, garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan qolgan summani ipotekaga qo'yuvchiga qaytarishga.

51-modda. Sudga murojaat etish xukuki

Kim oshdi savdosini yoki auktsionni o'tkazish tartib-taomili buzilgan takdirda, ipotekaga ko'yuvchi, shuningdek asosiy majburiyat bo'yicha qarzdor, agar u ipotekaga qo'yuvchi bo'lmasa, kim oshdi savdosi yoki auktsion natijalari xususida e'tiroz bildirib, ko'chmas mulk turgan joydagi sudga kim oshdi savdosi yoki auktsion o'tkazilgan sanadan e'tiboran uch oy ichida murojaat etishga haqli.

Da'vo arizasi berilishi kim oshdi savdosi yoki auktsion natijalaridan kelib chiqadigan xatti-harakatlar amalga oshirilishini, agar sud tomonidan shunday xatti-harakatlar amalga oshirilishini to'xtatib turish haqida ajrim chiqarilmagan bo'lsa, to'xtatib qo'ymaydi.

52-modda. Ipotekaga qo'yuvchining ko'chmas mulkni berishni rad etishi

Ipotekaga qo'yuvchi sotib oluvchiga u kim oshdi savdosi yoki auktsionda sotib olgan ko'chmas mulkni berishni, shu jumladan uy-joyni bo'shatishni rad etsa, sotib oluvchi mol-mulk turgan joydagi sudga murojaat etishga haqlidir.

53-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka karatish ijrosini kechiktirish

Ipotekaga qo'yuvchi fuqaro (jismoniy shaxs) bo'lgan hollarda, basharti garov bu fuqaroning (jismoniy shaxsning) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog'liq bo'lmasa, u ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha qanday mol-mulkni garovga ko'yganidan qat'i nazar, uzrli sabablar bo'lgan takdirda, sudning qaroriga ko'ra undiruvni ijroga qaratish ipotekaga ko'yuvchining arizasiga muvofiq sud tomonidan bir yilgacha muddatga kechiktirilishi mumkin.

Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish ijrosini kechiktirish bu mol-mulk ipotekasi bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha taraflarning hukuq va majburiyatlariga daxl etmaydi hamda qarzdorni kreditorning kechiktirish davri mobaynida ko'paygan zararlarini o'rnini qoplashdan, kreditorga tegishi kerak bo'lgan foizlar va neustoykani to'lashdan ozod qilmaydi.

Agar qarzdor unga kechiktirish tufayli berilgan vaqt doirasida kreditorning ipoteka bilan ta'minlangan talablarini mazkur talablarni qanoatlantirish paytidagi hajmda qanoatlantirsa, sud ipotekaga qo'yuvchining arizasiga ko'ra, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish to'g'risidagi qarorini bekor qiladi.

Garovga ko'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishni kechiktirishga, agar kechiktirish ipotekaga oluvchining moliyaviy ahvoli jiddiy tarzda yomonlashuviga olib kelishi mumkin bo'lsa, yo'l ko'yilmaydi.

9-bob. Ayrim turdagi ko'chmas mulk ipotekasining o'ziga xos xususiyatlari

54-modda. Garov narsasi bo'lishi mumkin bo'lgan er uchastkalariga doir xukuklar

Er uchastkasini, shu jumladan fermer xo'jaligi yuritish uchun er uchastkasini ijaraga olish xuquqi, yakka tartibda uy-joy qurish eki dehqon xo'jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan er uchastkasiga umrbod egalik qilish hukuqi va qonun xujjatlariga muvofiq boshqa xukuqlar garov narsasi bo'lishi mumkin.

Ijaraga oluvchi er uchastkasiga doir o'zining ijaraga olish xukuklarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo'yishga faqat ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda hakli.

55-modda. Uchinchi shaxslarga tegishli binolar va inshootlar joylashgan er uchastkasiga doir huquklar garovi

Agar ipotekaga qo'yuvchiga emas, balki boshka shaxsga tegishli bino yoki inshoot joylashgan er uchastkasiga doir huquq garov narsasi bo'lsa, undiruv ipotekaga oluvchi tomonidan shu uchastkaga bo'lgan xuquqqa qaratilgan va mazkur uchastka realizatsiya qilingan taqdirda, ipotekaga ko'yuvchining er uchastkasiga bo'lgan xukuq egasi sifatida o'sha shaxsga nisbatan ega bo'lgan xukuklari va majburiyatlari oluvchiga o'tadi.

56-modda. Garovga qo'yilgan xukuklarni realizatsiya qilish

Ipoteka to'g'risidagi qoidalar qo'llaniladigan xuquqlar ipotekasida ipoteka narsasini realizatsiya qilish ipotekaga ko'yuvchi garovga qo'yilgan huquqdan kelib niqadigan talabdan ipotekaga oluvchi foydasiga voz kechishi orqali sud tartibida, shuningdek suddan tashqari tartibda agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa, yoki undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin ipotekaga oluvchining ipotekaga ko'yuvchi bilan notarial tartibda tasdiklangan kelishuvi asosida amalga oshiriladi.

Ipoteka to'g'risidagi qoidalar qo'llaniladigan xukuqlarni reapizatsiya qilish ushbu Qonunning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Undiruv er uchastkasi ijarasiga doir huquqlarga qaratilgan takdirda, qonun xujjatlariga muvofiq tanlov o'tkaziladi, mazkur tanlovni o'tkazish tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

57-modda. Binolar va inshootlar ipotekasi

Binolar yoki inshootlar ipotekasiga faqat ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha shu binolar yoki inshootlar joylashgan er uchastkasiga yoxud bu uchastkaning garovga ko'yilayotgan ob'ekt ishlab turishini ta'minlaydigan qismiga bo'lgan huquqlar yoxud mazkur uchastkaning yoki uning tegishli qismining ipotekaga ko'yuvchiga tegishli ijaraga olish xukuqi bir vaqtning o'zida garovga ko'yilgan holda yo'l ko'yiladi.

58-modda. Korxona ipotekasi

Agar shartnomada yoki qonun xujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, mulkiy majmua sifatidagi butun korxonaning ipotekasida garov huquqi uning tarkibiga kiruvchi barcha mol-mulkka (ko'char va ko'chmas mulkka), talab qilish xukuqi va mutlaq xukuqni ko'shgan holda, shu jumladan ipoteka davrida olingan shunday xukuklarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Xususiy mulkka asoslangan mulkiy majmua sifatidagi butun korxonani ipotekaga ko'yish mulkdor yoxud u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.

To'liq xo'jalik yuritish hukuqiga asoslangan mulkiy majmua sifatidagi butun korxonaning ipotekasi mulkdorning roziligi bilan korxona tomonidan amalga oshiriladi.

Ipotekaga qo'yuvchi korxona ipotekaga oluvchining talabiga binoan unga o'zining yillik hisobotini taqdim etishi shart.

Mulkiy majmua sifatida butun korxona ipotekasi bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, ipotekaga oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini sog'lomlashtirish yuzasidan ipoteka shartnomasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko'rishga, shu jumladan korxonaning boshqaruv organlariga ishlab chiqarilgan mahsulotni hamda korxonaning boshqa mol-mulkini tasarruf etish huquqi cheklangan vakillar tayinlashga haqli.

Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kutilgan natijalarni bermagan taqdirda, ipotekaga oluvchi undiruvni ipotekada turgan korxonaga ushbu Qonunda belgilangan tartibda qaratishga hakli.

59-modda. Ipotekaga qo'yuvchi va ipotekaga oluvchining garovga qo'yilgan korxonaga nisbatan xukuklari

Ipotekaga qo'yuvchi garovga ko'yilgan korxonaga nisbatan mazkur korxonaga tegishli mol-mulkni sotish, ayirboshlash, ijaraga berish, qarzga berish va boshqacha tarzda tasarruf etishga, shuningdek mazkur mol-mulk tarkibiga o'zgartishlar kiritishga, agar ular korxonaga tegishli mol-mulkying ipoteka to'g'risidagi shartnomada ko'rsatilgan umumiy qiymati kamayishiga olib kelmasa hamda ipoteka to'g'risidagi shartnomaning boshqa shartlarini buzmasa, haqli.

Agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga ko'yuvchi ipotekaga oluvchining ruxsatisiz korxonaga tegishli mol-mulkni garovga qo'yishga, korxonaga tegishli ko'chmas mulkni tasarrufdan chiqarishga qaratilgan bitimlar tuzishga hakli emas.

Ipotekaga oluvchi ipotekaga qo'yuvchiga nisbatan o'z talablarining bajarilishini ta'minlash maqsadida:

ipotekaga qo'yuvchidan buxgalteriya va boshqa hisobot hujjatlari muntazam ravishda takdim etilishini, korxonaga tegishli mol-mulkka doir bitimlarni tuzish bilan bog'liq masalalar oldindan kelishib olinishini talab qilishga;

korxonaga tegishli mol-mulk mulkdoriga yoki u vakolat bergan organga korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish talabi bilan murojaat etishga;

ipotekaga qo'yuvchi tuzgan bitim haqiqiy emas deb topilishini so'rab sudga da'vo takdim etishga;

shartnomaga yoki qonunga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirishga haqlidir.

Korxonani ipotekaga qo'yuvchi garovga ko'yilgan mol-mulk asralishini ta'minlaydigan chora-tadbirlarni ko'rmagan, bu mol-mulkdan korxona qiymati kamayishiga olib kelishi mumkin bo'lgan tarzda samarasiz foydalangan takdirda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan ilgari bajarilishi to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat etishga haqli.

60-modda. Undiruvni ipotekaga ko'yuvchining garovga ko'yilgan korxonasiga qaratish

Korxona ipotekasi bilan ta'minlangan majburiyat ipotekaga ko'yuvchi tomonidan bajarilmagan takdirda, undiruv garovga ko'yilgan mol-mulkka faqat sudning qaroriga binoan qaratilishi mumkin.

Korxona mulkdorining xukuq va majburiyatlari korxonani kim oshdi savdosida olgan sotib oluvchiga olingan mol-mulkka bo'lgan mulk xukuqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran o'tadi.

61-modda. Uylar va kvartiralar ipotekasi to'grisidagi qoidalarning ko'llanilishi

Ipoteka fuqarolar (jismoniy shaxslar) yoki yuri-dik shaxslarga mulk xuquqi asosida tegishli bo'lgan, doimiy yashash uchun mo'ljallangan yakka tartibdagi va ko'p kvartirali uylarga hamda kvartiralarga nisbatan qo'llaniladi.

Davlat uy-joy fondining uylarini ipotekaga berishga yo'l ko'yilmaydi.

Voyaga etmagan fuqarolar, vasiylik yoki homiylik belgilangan muomalaga layoqatsiz yoki muomapa layoqati cheklangan shaxslar mulki bo'lgan uy yoki kvartira ipotekasi qonun hujjatlarida mol-mulk bilan bog'liq bitimlar tuzish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

62-modda. Ko'p kvartirali uydagi kvartiralar ipotekasi

Qonun hujjatlariga muvofiq muayyan qismlari ipotekaga qo'yuvchining va boshqa shaxslarning umumiy ulushli mulkida bo'lgan ko'p kvartirali uydagi kvartira ipotekasida turar joy bilan bir qatorda uyning umumiy ulushli mulk xukuqidagi tegishli ulush ham garovga qo'yilgan xisoblanadi.

63-modda. Kurilayotgan uylar ipotekasi

Uy kurish uchun kredit yoki aniq maqsadli qarz berilayotganda ipoteka to'g'risidagi shartnomada majburiyatni tugallanmagan kurilish (ipotekaga qo'yuvchi kelgusida oladigan mol-mulk va mulkiy xukuqlar) bilan ta'minlash nazarda tutilishi mumkin.

64-modda. Bank yoki boshqa kredit tashkilotining krediti hrtsobiga olinayotgan yoki qurilayotgan uylar va kvartiralar ipotekasi

Agar shartnomada yoki qonun xujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, bank yoxud boshqa kredit tashkilotining kredit mablag'laridan yoki yuridik shaxsning uy yoki kvartira olish exud qurish uchun berilgan aniq maqsadli qarz mablag'laridan foydalangan holda olinayotgan yoki qurilayotgan uy yoki kvartira qarz oluvchining uy yoki kvartiraga bo'lgan mulk huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran ipotekaga qo'yilgan deb hisoblanadi. Uy yoki kvartira olish yoxud kurish uchun kredit yoki aniq maqsadli qarz bergan bank yoxud boshqa kredit tashkiloti yoki yuridik shaxs mazkur ipoteka bo'yicha ipotekaga oluvchidir.

Ushbu moddaning birinchi qismi asosida vujudga keladigan uy yoki kvartira ipotekasiga nisbatan tegishincha ipoteka to'g'risidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ko'chmas mulk ipotekasi haqidagi qoidalar qo'llaniladi.

Vasiylik va homiylik organlari, agar voyaga etmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning xuquklari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari buzilayotganligini e'tirof etish uchun vasiylik va homiylik organlarida asoslar bo'lmasa, voyaga etmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslar yashayotgan turar joy mulkdorining oila a'zolari bo'lgan bunday shaxslarning qonuniy vakillariga bu turar joyni tasarrufdan chiqarishga va (eki) ipotekaga ko'yishga rozilik berishga haqli.

Vasiylik va homiylik organlarining ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar yashayotgan turar joyni ipotekaga ko'yish uchun rozilik berish to'g'risidagi qarori yoki bunday rozilik berishni rad etish to'g'risidagi asoslantirilgan qarori rozilik berish so'ralgan ariza topshirilgan sanadan keyin kechi bilan o'n besh kun ichida yozma shaklda qabul qilinishi hamda ariza beruvchiga berilishi kerak.

Vasiylik va homiylik organlarining qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

65-modda. Undiruvni garovga ko'yilgan uy yoki kvartiraga qaratish

Basharti uy yoki kvartira ipoteka to'g'risidagi shartnoma yoxud qonun asosidagi ipoteka bo'yicha bank, boshqa kredit tashkiloti yoki yuridik shaxs tomonidan shunday uy yoki kvartira olish yoxud kurish uchun berilgan kredit yoki aniq maqsadli qarz qaytarilishini ta'minlash uchun garovga ko'yilgan bo'lsa, ipotekaga oluvchining undiruvni garovga ko'yilgan uy yoki kvartiraga qaratishi va uni realizatsiya qilishi bunday uyda yoki kvartirada birgalikda yashayotgan ipotekaga ko'yuvchining va uning oila a'zolarining, shu jumladan sobiq oila a'zolarining foydalanish huquqi tugatilishiga asos bo'ladi.

Undiruv garovga qo'yilgan uy yoki kvartiraga sud tartibida ham, suddan tashqari tartibda ham ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda qaratilishi mumkin.

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga ko'yilgan hamda undiruv qaratilgan uy yoki kvartira ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi

Garovga qo'yilgan uy yoki kvartirani bo'shatib berish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

10-bob. Yakunlovni qoidalar

66-modda. Nizolarni hal etish

Ipoteka sohasidagi nizolar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi

67-modda. Ipoteka to'g'risidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Ipoteka to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.

68-modda. Qonun xujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-xuquqiy xujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

69-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.



 

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti
I. Karimov


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa