2. O’zbekistonda ipoteka qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatining nazariy jihatlari va bugungi kundagi holati
Umuman olganda, zamonaviy bozor iqtisodiyoti davlatning iqtisodiy faoliyatisiz mavjud bo'lolmaydi. Ayniqsa, so‘nggi yigirma yil ichida davlatning tadbirkorlik munosabatlarida o‘ziga xos sub’ekt sifatida ishtirok etishi yanada kuchaydi. Misol uchun, Bremmerning so'zlariga ko'ra, "xususiy aksiyadorlar emas, balki hukumatlar allaqachon dunyodagi eng yirik neft kompaniyalariga egalik qilishadi va dunyodagi energiya zaxiralarining to'rtdan uch qismini nazorat qilishadi". O'tgan asrning 70-yillari oxirida rivojlangan mamlakatlarda davlat korxonalarining ulushi YaIMning taxminan 7% ni tashkil etdi; sotsialistik bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarda deyarli 12%, rejalashtirilgan iqtisodiyotlarda esa 90% atrofida. So'nggi o'ttiz yillikdagi xususiylashtirish harakatlariga qaramay, davlat korxonalari iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga, bozor kapitallashuviga, investitsiyalar va bandlikka, ayniqsa postsovet mamlakatlarida hali ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Bunday sharoitda davlatning iqtisodiyotda ishtirok etishi samarali muhokama va munozaralarni keltirib chiqaradigan hal qiluvchi masaladir. Davlatning bozor munosabatlariga aralashuvi haqidagi asosiy munozaralarning yaqin tarixi iqtisodiy nazariya klassiklariga (A.Smit, D.Rikardo va boshqalar) borib taqaladi, unga koʻra bozor iqtisodiyoti oʻz-oʻzini tartibga solish yoʻli bilan rivojlanishi kerak, yaʼni. , hech qanday tashqi kuchlar, jumladan, davlat ishtirokisiz. Klassik model iqtisodiyotga minimal aralashuvni nazarda tutadi va Adam Smitning davlat bozor iqtisodiyotining “tungi qorovuli” ekanligi haqidagi tushunchasiga asoslanadi. Ushbu kontseptsiyaga amal qilgan holda, biznes ishlab chiqaradi va iste'mol qiladi.
Mamlakatimizda arzon uy-joylar va ko‘p kvartirali uylar qurish ko‘lamini kengaytirish, sohaga yangi arxitektura va texnik yechimlarni joriy etish orqali aholining uy-joy maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Xususan, o‘tgan uch yil ichida 104 mingta oila uy-joy bilan ta’minlandi, bu so‘nggi o‘n yil ichida qurilgan uylar sonidan bir yarim baravar ko‘pdir. Shu bilan birga, aholining uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berishning zamonaviy bozor tizimini shakllantirish va rivojlantirishni, uy-joylar qurilishiga xususiy pudrat tashkilotlarini har tomonlama jalb qilish va bu tizimga to‘liq o‘tishni, tijorat banklari tomonidan moliyalashtirishni bosqichma-bosqich oshirishni, shuningdek, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Ipoteka kreditlari berish ko‘lamini yanada kengaytirish, xususiy pudrat tashkilotlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish maqsadida:
Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi, unga muvofiq:
-ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi pul mablag‘larini tijorat banklariga 20 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtirdi;
-tijorat banklari aholiga o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlarini taqdim etdi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha, bitta qarz oluvchiga beriladigan kreditning cheklangan miqdori belgilangan va qarz oluvchiga uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil ravishda tanlash huquqi berilgan holda taqdim etildi;
-ayrim shaxslarga, shu jumladan daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar to‘lanadi.
-subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan shaxslar ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng bo‘lgan qismini o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiradi;
-sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’iy nazar ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar-qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar-kredit muddatining birinchi besh yili davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘landi;
-dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va qonunchilikda belgilangan boshqa mablag‘lar hisobidan dastlabki badal summasini oshirish orqali to‘landi;
2020-yil 1-martdan boshlab subsidiyalar olish uchun arizalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berildi.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining yillik parametrlarida tasdiqlanadigan mablag‘lar doirasida subsidiyalar to‘lanishini ta’minlab kelmoqda.
-amaldagi maqsadli davlat dasturlari doirasida fuqarolarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilariga va ichki ishlar organlari xodimlariga ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalni to‘lash uchun Davlat budjetidan hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘laridan subsidiyalar to‘lash tartibini mazkur talablarni inobatga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib kelmoqda (1-jadval).
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |