Ipoteka kreditlarini boshlang‘ich badalsiz olish imkoniyatlari mavjudmi?



Download 474,88 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi474,88 Kb.
#95354
Bog'liq
IPOTEKA


  • Bugungi kunda, tijorat banklari tomonidan aholiga uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka kreditlari O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida beriladi va tartibga solinadi.

Tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan yoki sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emas. Yosh oilalar uchun “Yoshlar” uylaridagi kvartiralarni sotib olishga kreditlar bundan mustasno.

Ariza beruvchi tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobiga ipoteka krediti olish uchun quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining yoki uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak.

Ushbu mablag‘lar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan jamg‘arma omonat hisobvrag‘ida milliy yoki chet el valyutasida mavjud bo‘lishi, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining yoki rekonstruksiya qilish qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ariza beruvchi tomonidan qurilish ishlari bajarilgan yoki o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, tijorat banklari kreditlarini olish va ulardan foydalanish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bevosita aholi o‘zi istiqomat qilayotgan hududda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari filiallariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishi mumkin.



  • Ipoteka kreditlarini boshlang‘ich badalsiz olish imkoniyatlari mavjudmi?

Ipoteka kreditlarini boshlang‘ich badalsiz olish imkoniyatlari mavjudmi?

Amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq, umumiy tartibda ipoteka kreditlari orqali uy-joylar xarid qilish uchun qarz oluvchi tomonidan uy-joy qiymatining 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak.

Aholi talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktabrdagi PQ-3350-sonli qaroriga asosan shaharlarda qurilayotgan ko‘p qavatli arzon uy-joylarni sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlar uy-joylarning qavatiga (etajiga) qarab boshlang‘ich badallari shakllantirilishi belgilandi. Misol uchun, ko‘p qavatli uy-joyning 1-qavatidan xonadon olish istagi bo‘lgan aholiga 35 foiz miqdorida, shuningdek mos ravishda 2-qavat uchun 40 foiz va yuqori qavatlar uchun 10 foiz miqdorida boshlang‘ich badallar shakllantiriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrdagi PQ-2639-sonli Qaroriga muvofiq, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun 2  va 3 xonali namunaviy uy-joylar uchun 15 foiz hamda 2 qavatli 4 xonali namunaviy uy-joylar uchun 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak.

Shuningdek, ipoteka kreditini olish imkoniyatlarini yanada oshirish maqsadida, ipoteka oluvchining shaxsning ish joyidan ham boshlang‘ich badallar shakllantirishi mumkin




Download 474,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish