Iphone 7 Plus Displeyi - iPhone 7 Plus uchun tanlangan qattiq kristalli LCD panel — shu turdagi eng yaxshi displeylardan biri: yorqin va yirik va piksellarga boy. Albatta, Full HD — juda zamonaviy mobil standart emas, shu bilan birga inson ko‘zi his qilishi mumkin bo‘lgan darajada sifatli tasvir namoyish qiladi. Misol uchun, QHD kabi so‘zlar ba’zida shunchaki marketing va reklama uchun ham ishlatiladi.
- Tasvirning yaxshi aks etishi uchun displey matritsasining tayyorlanish texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Kimgadir AMOLED, boshqaga — IPS yoqadi. To‘g‘risini aytganda, hozirgi flagman smartfonlardagi displeylarning barchasi tasvirni sifatli namoyish qiladi. Displey ranglarni yanada keng diapazonda namoyish qiladi. Undagi barmoq izlari va dog‘larga qarshi qoplama mayda-chuyda bo‘lsa ham, ahamiyatli jihatlar.
- Displey bilan bog‘liq yagona e’tiroz — uning atrofidagi dag‘al tuyilgan romlardir. Telefon dizaynerlari yarim sm.gacha bo‘lgan bu romlarni qisqartirib, ekranni kattalashtirishlari yoki smartfon o‘lchamini qisqartirishlari mumkin edi.
iOS 10, platforma va samaradorlik - iPhone 7 Plus egalari uning ishlashiga nisbatan “uchadi” degan iborani ishlatishadi. Murakkab ilovami yoki grafikaga boy o‘yinmi — smartfon chindan ham, “uchib” ishlaydi.
- Apple iPhone 7 smartfoni himoyalangan va tezkor faoliyatni kafolatlaydigan iOS tizimiga ega. U axborot xurujlari, viruslardan himoyalanish va oddiy, ya’ni tushunarlilik bo‘yicha jahondagi yetakchi operatsion tizim. Tizim AirDrop, AirPlay, iTunes, Find My iPhone kabi ilg‘or ilovalarga ega. Qolaversa, iPhone 7 smartfoni uchun sifatli va ishonchli ilovalarni taklif qiluvchi App Store internet do‘konining eshiklari ham ochiq.
- Takomillashgan iOS 10.3 platformasi mobil ilovalardagi sun’iy mushohada qobiliyatini yanada oshirib, ma’lumot-axborot bilan ishlashda qo‘shimcha funksiyalarni bajarishlariga xizmat qiladi. Shuningdek, yangilangan tizimda ham axborot-ma’lumotlar va viruslar hujumiga qarshi himoyani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.
- iOS 10.3’da joriy qilingan ajoyib va qiziqarli Find My AirPods funksiyasi «iPhone’ni topish» ilovasidan o‘rin egallagan. Uning yordamida siz xaritada simsiz, tugmadek keladigan AirPods audio quloqchinlarining qayerda qolib ketganini ko‘rasiz.
- Operatsion tizimdagi elektron karta ilovasi yangilanib, endi 3D Touch, ya’ni barmoq zarbini tushunadigan maxsus ishorani bosish orqali biror manzildagi ob-havoni bilish, ekranning o‘ng tomon quyisida esa batafsil ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |