iOS 10, platforma va samaradorlik - Apple sozlamalarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi bo‘lim paydo bo‘ldi. Apple ID nomli qo‘shimcha xavfsizlik xizmati foydalanuvchiga kimdir uning login va parolini o‘zgartirgan, bilib olgan taqdirda ham, shaxsiy sahifaga faqatgina ayfon egasining o‘zining kirishini kafolatlaydi. Ya’ni, bu orqali barcha gadjetlarning iCloud xizmati, to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar, App Store ma’lumotlar va boshqalarning himoyalanganlik darajasi yanada oshdi.
- iPhone 7 Plus’ga 2016 yilning eng kuchli protsessori bo‘lgan A10 Fusion chipi o‘rnatilgan. A10 — 4 yadroli protsessor bo‘lib, 3,3 milliard tranzistorga ega. A9’da bu 2,5 milliardni tashkil qilgan. Natijada, yangi chip A9’ga qaraganda 40 %ga samarali ishlaydi. 2 ta tezkor yadro samarali ishlash uchun, yana 2 ta yadro quvvatni tejash uchun mas’ul. Uning raqiblari 10 talab yadro bilan maydonga tushishmoqda.
- Tezkor xotira gigabayti ajablanarli emas — raqiblarning flagman modellari 4 GB tezkor xotiraga ega bir vaqtda, iPhone 3 GB operativ xotirani ma’qul ko‘rmoqda. Lekin, iPhone 7 Plus shu xotirasi hamda 4 ta yadrosi bilan bilan ham Android smartfonlarning 6 GB sig‘imli yoki 2 marotaba ko‘p yadroga ega smartfonlari bilan ham, bemalol kuch sinashadi va tezkorlikda, yaxshi ishlashda ularni dog‘da qoldiradi.
- Smartfonning eng kichik talqinida 32 GB sig‘imli doimiy xotira mavjud. 128 GB yoki 256 GB doimiy xotirali talqini ham mavjud.
- AnTuTu benchmarkida iPhone 7 smartfoni 178 mingdan ziyod ball olgan. Galaxy S7 Edge esa 135 ming ball olgan.
- A10’da grafiklrani qayta ishlash uchun alohida e’tibor qaratilgan. Grafik chip samaradorligi avvalgi chipdan 50 % yuqori. A10’ning yordamchi protsessori bo‘lgan M10 bir qator funksiyalar bilan birga, foydalanuvchining qadamini ham hisoblab boradi.
Kamera imkoniyatlari - iPhone 7 Plus smartfonining bosh kamerasi 2 ta 12 MP sig‘imli sensorlardan iborat. Ulardan biri — 28 mm, linzasi f/1.8, boshqasining kamera hajmi 56 mm, optik linza turi f/2.8 ga teng. Ya’ni, katta hajmli linza yorug‘likni yaxshiroq o‘tkazadi va manzarani detallarga boy ravishda suratga olishda imkon yaratadi. Bu esa portret janri uchun fotosurat olishda qo‘l keladi.
- Qo‘sh kameralardan biri keng burchakli surat olsa, boshqasi fokusni o‘rnatadigan teleob’yektiv vazifasini bajaradi. Apple’ning ma’lum qilishicha ushbu kameralar sifatni saqlab qolgan holda ikki karralik optik zumda suratlar oladi. Shuningdek, bu texnologiya fokus nuqtasini nafaqat tasvirga olish paytida, balki undan keyin ham o‘zgaritirish imkonini beradi. Foydalanishda keng burchakli surat oluvchi yoki teleob’yektivli sensorlardan birini tanlash ham mumkin.
- Kamera ob’yektivida 6 ta linza o‘rnatilgan. Endi fotochaqnoq 2 emas, 4 ta diodli bo‘ldi, ya’ni qorong‘u sharoitda suratlar endi yanada yorqin. iPhone 7 Plus’da old kamerada barqarorlashtirish tizimi o‘rnatilgan. Foto va video olishda 2 karrali yaqinlashtirish funksiyasidan foydalanish mumkin.
- Teleob’yektivda olingan suratlar sifati bo‘yicha keng burchak ostida suratga oluvchi kameranikidan pastroq. Yorug‘lik past sharoitda olingan suratlar sifati esa o‘rtacha.
- iPhone 7 Plus’dagi bir necha marotaba yaqinlashtirish funksiyasi uzoqdan turib ham sifatli qurat olish imkonini beradi. iPhone 7 Plus yordamida instagram lentasini detallarga boy suratlar bilan to‘ldirish mumkin. Portret rejimida suratga olishda gadjetning ijodiy imkoniyatlarini kengaytiradi.
- iPhone 7 Plus’da sekundiga 30 emas, hattoki 60 kadr muhrlangan 4K sig‘imli videolar ham yozish mumkin.
- Old tomonida esa, Apple flagmani 7 megapikselli kamera bilan ta’minlandi. 6S Plus’da 5 MP edi. Shuningdek, selfi-suratlar ham sifat jihatidan yaxshilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |