(49) ifodadan Re qiymatini (48) tenglamaga qo`yib quyidagi formulani olamiz.
(50)
O`zak radiusda – eshilish radiusi bilan pishitilayotgan iplar radiusi orasidagi farq sifatida belgilanadi, ya`ni:
(51)
Agar r1 ni qabul qilsak, unda bitta o`zak ipning atrofidagi birinchi qatlamda 6 chet ip joy oladi. Bunday holda
Binobarin, 7 elementar iplardan eshilgan ip o`zakli tuzilish holatiga o`tadi.
Ko`p sonli elementlar iplardan tarkib topgan eshilgan ip deyarli silindrsimon shaklga ega bo`ladi, uning tarkibidagi iplar esa halqasimon qatlam bo`lib joylashadi, bu 28, b-rasmda ko`rsatilgan.
Bundan kelib chiqib quyidagi formula bo`yicha har bir qatlamdagi iplarning sonini aniqlash mumkin.
(52)
bu yerda: k - qatlamdagi elementlar iplar sonining ko`payishi davri;
m - qatlamning tartib nomeri.
V.A. Voroshilov o`zining nazariy tadqiqotlarida 6 teng k davrli iplarning qatlamli strukturasidan tuzilishga asoslangan, bu yuqorida keltirilgan hisobning oqibati. 6 ga teng davr odatda soddalashtirilgan nazariy tahlilda qo`llanadi. Bunday holda ko`p omillar, jumladan, iplarning taranglanishi, ularning egiluvchanlik xususiyatlari, uzunlik birligiga nisbatan eshilish soni va hokazolar hisobiga olinmaydi. Bu omillar ipning turli bo`laklarida uning - eshilgan ipning strukturasini o`zgartirishi mumkin
Eshilish deyilganda - uzunlik birligiga odatda 1m ipga buramlarni o`rtacha soni tushuniladi. Biroq, eshilish - turlicha chiziqiy zichlikka ega bo`lgan, ammo bir xil miqdoriy hajmdagi iplarning pishitish jadalligiga o`lchovi - vintsimon chiziqning, buramaning ko`tarilishi burchagi yoki eshilish burchagi (29-rasm) hisoblanadi.
Turli chiziqiy zichlikka ega bo`lgan iplar eshilish jarayonida bir xil deformatsiyaga shartli o`zgarishiga uchrasa, vintsimon chiziqning bir xildagi ko`tarilish burchagiga ega bo`lishi kerak. Vintsimon chiziqning qadami har xil bo`ladi. Bu holat - perifiriyaga xos, chetki elementlar iplarning d1 va d2 diametrli ikki kopleks ipning yoyiq ko`rinishli sxemasida ko`rgazma sifatida ko`rsatilgan.
Faraz qilaylik, pishitilayotgan iplar silindr shakliga ega. Ularning yon, yonboshlaridagi sirtlari ustki qismi ochilsa, va to`g`ri burchaklar olinadi. Bu to`g`ri burchaklarning balandligi h1 va h2 bitta o`ramning qadamiga teng, asosi - d1 va d2 aylanalarning perimetriga teng, A1 V1 va A2 V2 diagonallari esa uzunligi l1 va l2 bo`lgan, bir xil ko`tarilish burchagiga ega bo`lgan, ammo d1 va d2 diametrlari jihatidan farq qiladigan vintsimon chiziqning yoyma shaklini o`zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |