Ipak qurtining ichki sekreksiya orginlari va jinsiy bezlari


Qurtlarning yoshiga qarab ipak ajratuvchi bez o‘lchamlarini kattalashuvi (mm hisobida) 13-jadval



Download 0,75 Mb.
bet2/2
Sana09.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#649170
1   2
Bog'liq
Ipak qurtining ichki sekreksiya orginlari va jinsiy bezlari

Qurtlarning yoshiga qarab ipak ajratuvchi bez o‘lchamlarini kattalashuvi (mm hisobida) 13-jadval





Qurtlarning yoshi

birinchi

ikkinchi

Uchinc hi

to‘rtinchi

Beshinchi

boshi

oxiri

Juft chiqaruv yo‘li bo‘yi (uzunligi)
eni (kengligi)

1,90
0,02

3,70
0,04

5,10
0,09

19,1
0,15

28,1
0,27

27,90
0,21

Suyuqlik pufagining bo‘yi eni

1,50
0,06

2,30
0,20

3,70
0,23

9,10
0,56

19,70
1,10

64,00
4,80

Ipak ajratuvchi bo‘lim bo‘yi
eni

2,10
0,03

3,70
0,09

0,10
0,15

19,00
0,27

62,00
0,40

172,00
1,34

Boshqacha qilib aytganda, ipak ajratuvchi bo‘lim to‘rtinchi yoshda uchinchi yoshdagiga qaraganda taxminan, yetti marta, beshinchi yosh boshida ham to‘rtinchi yoshdagiga qaraganda yetti marta, beshinchi yosh davomida esa o‘ttiz bir marta kattalashib ketadi. Bularning hammasi ipak qurti hayotining oxirida organizm faoliyati pilla o‘rash uchun zarur bo‘lgan ko‘p ipak zaxirasi to‘plashga qaratiladi, ipak ajratuvchi bo‘limning juda kattalashib ketishi esa pilla o‘rash jarayonida ipak qurti tanasidagi oqsil birikmalari hisobiga mo‘l ipak ishlab chiqarish imkoniyatini berishidan dalolat beradi.


Ipak ajratuvchi bez bir necha muskul yordamida tana bo‘shlig‘iga birikkan. Qorin qismining ikkinchi bo‘g‘imida bir tutam muskul bo‘lib, ular bo‘g‘im teri qoplamining oldingi qismidan chiqadi va uch qismga bo‘linib,suyuqlik pufagining oldingi, o‘rta hamda keyingi qismlariga kelib birikadi. Teri qoplamidan chiquvchi muskul tutamining asosiy qismi qorin qismining oltinchi bo‘g‘imida ichakka birikadi, muskulning bir tarmog‘i ipak ajratuvchi bo‘limning oldingi qismiga, boshqa bir tarmog‘i esa ipak ajratuvchi bo‘limning har ikkala qismini ham ichakka, ham tana devoriga biriktirgan holda uning orqa qismiga kelib birikadi. Ipak ajratuvchi bo‘limning oxiri maxsus muskul yordamida oltinchi bo‘g‘imga birikkan, ipak qurtining hamma yoshi mobaynida shu bo‘g‘imda qoladi.
Ipak hosil bo‘lish jarayonining intensiv ravishda borishi organizmga ko‘p kislorod kirib turishini talab etadi. Beshinchi yoshdagi qurtlarning ipak ajratuvchi

bezi, ayniqsa, qorin tomondan juda ko‘p traxeyalar bilan ta’minlangan bo‘ladi. Suyuqlik pufagiga to‘rtinchi va beshinchi juft nafas teshiklaridan chiqadigan traxeyalarning tarmoqlari, ipak ajratuvchi bo‘limga esa beshinchi, oltinchi va yettinchi juft nafas teshiklaridan chiqadigan traxeyalarning tarmoqlari keladi.


Ipak ajratuvchi bezning devori quyidagicha tuzilgan. Bez sirt tomonidan qobiq vazifasini o‘tay oladigan pishiq va egiluvchan yupqa parda bilan qoplangan. Bundan keyin bezli hujayralar qavati keladi. Bular juda yirik hujayralar bo‘lib, suyuqlik pufagida ularning uzunligi 3,75 mm ga yetadi. Bu hujayralarning yana bir xususiyati- ularning yadrolari juda ham tarmoqlanib ketganligidir, bu narsa hujayralarning ipak ajratib chiqarish faoliyati bilan bog‘liq. Hujayralar shakl jihatidan olti qirrali geometrik jismlarga o‘xshab ketadi. Har bir hujayra tashqi tomonga qayrilgan va ichki tomoni botiq bo‘lib, bezning yarim aylanasini, qoplab turadi. Agar bezdan ko‘ndalang kesik tayyorlab, uni mikroskopda ko‘rsak, ikkita hujayrani ko‘ramiz, ularning biri bezning qalin halqasimon devorining yuqorigi, ikkinchisi esa pastki yarmini tashkil etadi. Bezning o‘rta qismida yorug‘lik (yo‘l) hosil bo‘ladi, bu bezning naychasi hisoblanadi; bezli hujayralar ajratib chiqargan mahsulotlar ana shu naychalarga tushib to‘planadi. Hujayralar ajratib chiqaradigan mahsulotlarning asosiy to‘planish joyi suyuqlik pufagidir (shuning uchun ham bu organ rezervuar deb ataladi).




75-rasm. Ipak ajratuvchi bezning tuzilishi
A-ko‘ndalang kesigi: tashqi epiteliy oldi pardasi:
1-bezli epiteliyning bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ikkita hujayrasi bilan yadro zarrachalari:
2-3 shu hujayralarning ko‘ndalang kesikli ichki cheti: 4-bez naychasi yo‘lidagi ipak massasi: B-bezli epiteliy xujayralarining o‘zaro joylashuvi:
V-bezli epiteliyning ayrim hujayrasi va yadroning ipsimon bo‘lakchalari:
G- ipak chiqaruvchi bezning old tomondagi muskuli, bu muskul fibroin bo‘limining orqa
uchidan chiqadi.

Bezning o‘rta qismidan o‘tadigan kanal (naycha) spiralsimon yo‘g‘onlashgan xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikulaning hamma joyidan juda mayda naychalar ketgan bo‘lib, bular orqali hujayralar ajratib chiqargan mahsulotlar asosiy (markaziy) naychaga o‘tadi. Biroq ipak chiqaruvchi yo‘llarda kutikula birmuncha boshqacharoq tuzilgan va undan ipak massasi o‘ta olmaydi.
Qurt o‘sgan sari bez ham kattalashadi, ammo bunda bez hujayralar sonining ko‘payishi hisobiga emas, balki hujayralar o‘lchamining yiriklashuvi natijasida kattalashadi, shuning uchun ham ular biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, juda kattalashib ketadi. Hujayralar o‘sishi bilan birga ularning yadrolari ham sertarmok, bo‘la boradi, hujayralari ipak ajratuvchi bo‘limnikiga qaraganda anchagina yirik bo‘lgan suyuqlik pufagida yadrolar juda ham tarmoqlanib ketadi. Bu vaqtda mayin donador protoplazmaning vakuollar soni ko‘p bo‘ladi, bu, hujayralarning faol ravishda ipak ajratib chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Toq chiqaruv yo‘lining o‘rta qismida siquvchi apparat bo‘ladi.
Siquvchi apparat atrofida ipak chikaruv yo‘lining devori yo‘g‘onlashgan va orqa
Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish