IPAK QURTI SELEKSIYASI VA NASILCHILIK ISHLARINI OLIB BORILISHI
Reja:
1. Ipak qurti seleksiyasi va naslchilik ishlari.
2. Urug’ tayyorlash jarayoni.
1. Ipak qurti seleksiyasi va naslchilik ishlari. Seleksiya - tanlash va chatishtirish yo’li bilan o’simliklar navini, xayvonlar zotini yaxshilash, yangi zot va duragaylar yaratish demakdir.
Tut ipak qurtining zotlari uch guruxga bo’linadi; monovoltin, bivoltin va polivoltin zotlar.
Xozirgi tut ipak qurtlarining zotlari ikki guruxga bo’linadi:
1.Eski aborigen zotlar. bular xalq seleksiyasi natijasida bunyod bo’lgan.
2.Yangi zotlar, ilmiy seleksiya yo’llarini bir necha yillar davomida qo’llash natijasila yaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jalik fanlari akademiyasi muxbir a’zosi, biologiya fanlari doktori, professor U.N.Nasirillaevning ma’lumotiga ko’ra yangi oq pillali zotlar guruxi, 1950 yillarda SANIISh-E1 va SANIISh-E2 zotlari (A, I. Emmanuilov va К.F.Gorbunovlar), SANIISh-8 va SANIISh-9 (N.V.Shurshikova) " keyinroq SANIISh-11, SANIISh-18 (Shurshikova.N.V.), SANIISh 22 (A.I.Emmanuilov, К.F.Gorbunov, N.T.Cherensova), SANIISh-24 (Silanteva M.T., Cherevsova N.T., Valliulina M.X.). bivoltin ToshQXI-2 (Sheveleva N.) zotlari va SANIISh-11 x SANIISh-18; SANIISh-21 x SANIISh-17; SANIISh-22 xSANIISh-24 duragaylari O’rta Osiyo respublikalarida joriy etilgan.
1964-1963 yillarda institut seleksiyachilari birinchilardan bo’lib ko’p zotli murakkab duragaylarni keng ishlab chiqarish sinovlariga topshirdilar. Tetragibrid-3 (SANIISh-8 x Oq pilla-1) x (SANIISh-9 x Oq pilla-2) va Tetragibrid-4 (SANIISh-9 x Oq pilla-2) x (SANIISh 8 x Oq pilla-1) duragaylar xozirgi davrgacha respublnkamizda eng asosiy duragay vazifasini o’tab kelmokda.
70-yillarda murakkab duragaylar: Tetragibrad-15, Tetragibrid-18, Tetragibrid-19 va Tetragibrid-20 davlat sinovlaridan o’tib, ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Farg’ona va O’sh viloyatlarida vodiy sharoitida yanada ko’proq pilla xosil beradigan zotlar seleksiyasi amalga oshirildi. Mintaqaviy seleksiya soxasida Toshkent-5, Toshkent-7, Guliston-1 va Guliston-2, Farg’ona-1 va Farg’ona-2, O’sh-1 va O’sh-2 zotlari yaratildi.
Кeyinchalik Orzu va Yulduz zotlari yaratildi. Bu zot pillalarining o’rtacha vazni 2,4 - 2,5 g ni tashkil etadi.
O’zbekiston-5, O’zbekiston-6, Ipakchi-1 x Ipakchi-2, S-13 x S-M, Nishonlangan-1 x Nishonlangan-2 va boshqa zotlar davlat sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib rivojlantirishga qabul qilindi.
2.Urug’ tayyorlash jarayoni. Ipak qurti urug’i - tuxumi urug’chilik korxonalarida, urug’ zavodlarida tayyorlanadi. Qurt urug’ tayyorlaydigan korxonalarning umumiy ish faoliyati sanoatda boqish uchun urug’ tayyorlash, respublikamizdagi davlat va jamoa xo’jaliklarini sog’lom, xayotchan va maxsuldor qurt urug’i bilan ta’minlashdir. Ipak qurti urug’ini tayyorlashda urug’ zavodlari qo’yidagi ishlarni bajaradi: naslchilik xo’jaliklarida elita urug’lardan ochilgan qurtlarni boqishni tashkil etish, yuqori sifatli tirik pillalarni qurt urug’i tayyorlaydigan zavodlarga jo’natish, zavodda pillalarni sarxillash, ularning turli kasalliklar bilan zararlangan-zararlanmaganligini tekshirish, tirik pillalarni jinsga ajratish, pillalardan kapalaklarni chiqarish, ularga chatishtirish, urug’ni olish, sog’lom urug’larni tanlab olish maqsadida kapalaklarning kasalliklarga chalingan-chalinmaganlngini mikroskopda tekshirish, yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan urug’larini tanlab olish, tozalash, yuvish, saralash va xo’jaliklarga tarqatilgunga qadar saqlash.
Naslchilik xo’jaliklarida qurt urug’ini jonlantirish, boqish, pillalarni topshirish qurt urug’ning agronom-agrotexniklari tomonidan tutilgan kalendar rejalar va qurt boqishning texnologik kartasi asosida olib boriladi.
Urug’chilik korxonalari (qurt urug’ tayyorlaydigan zavodlar)da ish pilla qabul qilish va uning sifatini yaxshilash bilan boshlanadi.
Sanoatbop pilla olish uchun ipak qurtining birinchi bo’g’in duragaylari boqiladi. Har xil zotlarga mansub pillalar, kapalaklar va urug’ guruxi aralashib ketmasligi uchun zotning erkak va urg’ochi pillalarga ajratilib alohida xona yoki bo’lak joylarga joylashtirish kerak.
Pillalardan kapalak chiqarish, ularni juftlashtirish, ajratish va urug’ (tuxum) olish jarayonlari papilonaj deb ataladi.
Zavodda papilonaj davrida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1.Papilonaj inventarlarini jonlantirish va pillalardan kapalaklar chiqishi uchun qulay sharoit yaratib berish.
2Pilladan chiqqan kapalaklarni kuzatish, terib olish.juftlashtirish.
3.Juftlashgan kapalaklarni ajratish (urg’ochisini erkagidan ajratish va erkaklarini qayta juftlashtirishdan saqlash).
4. Urg’ochi otalangan kapalaklarni alohida-alohida qilib pergament xaltachalarga solish va saqlash.
5. Mikroskopda tekshirish uchun kapalaklardan o’rtacha namuna olish.
6. Tuxum (urug’) tayyorlash va saqlash.
Adabiyotlar:
1.Abduraxmanov A.,Rojdestvenskiy К.M. «Ipak qurti naslchiligi va urugchiligi». T. «Mehnat.q».1991y.
2.Ahmedov N. «Ipak qurti urugini jonlantirish». T. «O’qituvchi» 1992y.
3. Ahmedov N., Murodov S. «Tut ipak qurti biologiyasidan laboratoriya amaliy mashg’ulotlar»., T. «Raduga». 1995y.
4. Ahmedov N., Murodov S. «Tut ipak qurti embriologiyasidan laborotoriya amaliy mashg’ulotlar», T: «Кonsauditinform» 1997y.
5. Ahmedov N. Murodov S. «Ipakchilik asoslari»,T: «O’qituvchi» 1998y.
6. Murodov S. «Umumiy entomologiya kursi» T: «Mehnat» 1986y.
7. Nasirillaev U. Jumanov U. «Pillakorlarga maslaxatlarimiz» T: «Mehnat» 1992y.
Do'stlaringiz bilan baham: |