15-ma’ruza. IPv4 va IPv6 protokollari. IPv4vaIPv6 protokollari va ularning paket strukturalari. IPv4 v aIPv6 protokollarining imkoniyatlarini taqqoshlash va tahlil qilish.
IP – Internet Protocol
IP-тизимлар турли хизматлар ва қўлланма дастурларни ишлаб чиқиш ва тадбиқ этишга имкон беради.
Замонавий телекоммуникацияларда Интернет-тизимларнинг ахамияти тобора ўсиб бормоқда: IP-тармоқдари турли телекоммуникация ва ахборот технологияларнинг бирлашиш (конвергенция) негизини билдиради.
Магистрал тармоқнинг битта физикавий боғланиш нуқтасига бир еки бир нечта мантиқий тармоқ боғланишлар бириктирилиши мумкин.
IP-тармоғи пакетли коммутация тармоғи .
Тармоқ трафиги узгарувчан узунликка эга (сарлавха ва ахборот қисмларидан иборат) пакетлар ердамида узатилади.
IP – Internet Protocol
IP – Internet Protocol
IP-протоколи таъминлайдиган асосий тармоқ функциялари:
Тармоқ боғланишларни мантиқий адреслаш;
IP тармоғи бўйлаб маълумотлар узатитилиши ва маршрутизацияси;
Пакетларни физикавий тармоқлар кадрларига мослаб фрагментация ва дефрагментация қилиш;
IP тармоғи ишлаши бўйича асосий хисобот бериш.
IP (Internet Protocol) IP (Internet Protocol) тармоқ бўйлаб маълумот узатишга жавоб берадиган TCP/IP барча стекнинг асосий протоколи ҳисобланади. TCP/IP моделининг тармоқ погонасида асосан 2 хил IP протоколи мавжуд: IPv4, IPv6.
IPv4 (англ. Internet Protocol version 4) 1981-йилда ишлаб чиқарилган. IPv4 – бу IP протоколнинг (Internet Protocol) тўртинчи версияси бўлиб, ҳозирги кунда Интернет тармоғининг асосини ташкил қилади.
IPv6.1990 –IETF интернетни лойиҳалаш билан шуғулланувчи гуруҳ IP протоколининг янги версияси устида ишлай бошлади.
Tarmoq tugunlarining manzillarini to‘g‘ri belgilash va aniqlash uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:
- har qanday masshtabga ega bo‘lgan tarmoqda kompyuterni manziliga qarab uni to‘g‘ri tushunishi kerak;
- manzillarning tuzilishi tarmoq tugunlar soni ko‘p bo‘lgan tarmoqlarni qurish uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda bo‘lishi kerak;
- manzillar foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda bo‘lishi kerak, ya’ni manzillar belgilar ko‘rinishida ifodalanishi kerak. Masalan, server3 yoki http:www.cisco.com;
- manzillar imkoni boricha ixcham ko‘rinishda ifodalanishi kerak, chunki telekommunikatsiya qurilmalarida, ya’ni tarmoq adapterlarida, marshrutizatorlarda, konsentratorlarda katta hajmdagi axborot almashinuvi natijasida yuklama hosil bo‘lmasligi talab qilinadi.
Tarmoq tugunlarini nomlashda uch xil turdagi manzillar keng tarqalgan:
«Mahalliy» (hardware) manzillar. Ushbu turdagi manzillar kichik yoki o‘rtacha o‘lchamga ega bo‘lgan tarmoqlarga mo‘ljallangan. Ushbu turdagi manzillar tarmoqdagi kompyuterlarda mavjud bo‘lgan tarmoq adapterlarini nomlashda ishlatiladi. Shu bilan birga ushbu turdagi manzillar faqat apparaturalarni, tarmoq elementlarini nomlashda ishlatilgani bois ixcham ko‘rinishda bo‘lishi talab qilinadi. Buning uchun ikkilik va o‘n oltilik sanoq tizimlaridagi sonlardan foydalaniladi.
«Belgili» manzillar. Ushbu turdagi manzillarni foydalanuvchilar eslab qolishi belgilar ko‘rinishida ifodalanadi.
«Raqamli» manzillar. Bu turdagi manzillar ham foydalanuvchilar uchun qulay hisoblanadi. Ammo o‘zgaruvchan formatga ega ekanligi sababli, bu manzillarni tarmoqlardan tarmoqlarga uzatish iqtisodiy jihatdan noqulay.
Bu xil turdagi manzillarga IP-manzillar va IPX-manzillar misol bo‘ladi.
Bu turdagi manzillarda ikki pog‘onali ierarxik jarayonga amal qilinadi, ya’ni manzillar ikki qismga bo‘linadi:
tarmoq manzili, raqami;
tarmoqdagi tugunning manzili, raqami.
IP-manzillar 4 baytdan tashkil topgan. Masalan, 109.26.17.100 va ushbu turdagi manzillarda raqamlar o‘nlik sanoq tizimidagi sonlar bilan yoziladi va har bir son ikkinchisidan nuqta bilan ajratiladi.
128.10.2.30 (o‘nlik sanoq tizimidagi ko‘rinishi).
10000000.00001010.00000010.00011110 (ikkilik sanoq tizimidagi ko‘rinish).