IOT TARMOQLARDA SHLYUZLAR TUSHUNCHASI
Otajonova Gulhayo Maqsud qizi, (TATU UF magistrant)
3-sho‘ba, +998974531808
Xudaybergenov Timur Arturovich, (TATU UF dotsent)
+998905786478
Annotatsiya: Ushbu tezisda shlyuz tushunchasi va IoT shlyuzi haqida qisqacha ma’lumot berildi va IoT shlyuzi maqsadi va vazifalari o‘rganib chiqildi va aqlli uy tizimlarida IoT shlyuzining o‘rni haqida ma’lumotlar taqdim etilgan .
Kalit so‘zlar: Shlyuz, Internet of things(IoT), USB, WiFi, Zigbee, Bluetooth, Serial.
Kirish
Insoniyat bor ekanki o‘z ehtiyojlarini o‘zlariga yanada qulay tarzda qondirish yo‘llarini kashf etishda davom etishadi. Hozirgi zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan talab tabora ortib bormoqda. Jumladan, smart texnologiyalar: smart televizor, muzlatkich, kir yuvish mashinalari, aqlli eshiklar va shunga o‘xshash internetga ulangan holda boshqarish imkoniyatiga ega jihozlar hozirgi bozor talabidir. Hozirgi vaqtda Internetga kirishning bir qancha usullari mavjud. Texnologiya rivojlanayotgani sayin, Internetga kirish usullari ham ko‘paymoqda. Bugungi kunda internet hayotimizning ajralmas qismiga aylandi, u har bir foydalanuvchining vaqti va joyidan qatʼiy nazar, ehtiyojlarini qondiradi, shu bilan birga koʻplab ilovalar va xizmatlarni taqdim etadi. Internet - bu bizning hayotimizni sezilarli darajada yaxshilagan texnologiya. Yillar davomida Internetdan foydalanishga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi va u u yoki bu tarzda foydalanuvchilarning barcha qurilmalarida o‘z aksini topdi. Hozirgi kunda har soniyada internetga ulanishni ta’minlovchi aqlli qurilmalar hayotimizning ajralmas qismi sifatida qaralmoqda. Shunday qilib, har yili internetga ulangan qurilmalar soni tez o‘sib bormoqda. Shunday ekan, texnik jihozlar aloqasini ta`minlovchi yagona qurilma yaratish maqsadga muofiqdir. Bugungi kunda kundalik hayotda foydalanadigan texnik jihozlarimizning o‘zaro bog‘lanishini taminlash uchun IoT (Internet of things) istiqbolli yechimlardan biridir.
IoT turli qurilmalar, transport vositalari, binolar va elektronika, dasturiy ta’minot, sensorlar va tarmoq ulanishi bilan o‘rnatilgan boshqa narsalar va ularning ob’ektlarga ma’lumotlarni to‘plash va almashish imkonini beruvchi fizik qurilmalar tarmog‘idir. IoT mavjud tarmoq infratuzilmasi orqali ob’ektlarni masofadan turib sezish yoki boshqarish imkonini berish orqali jismoniy dunyoni kompyuterga asoslangan tizimlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyalash va natijada inson aralashuvini kamaytirish bilan birga aniqlik, samaradorlik va iqtisodiy foydani oshirish imkoniyatlarini yaratadi.[1]
Endilikda ko‘plab IoT qurilmalari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatish istagi tug‘ilmoqda. Amma barcha IoT qurilmalari bir xil tarmoqdan foydalanmasligi, ya’ni har bir qurilma o‘z imkoniyat va vazifalaridan kelib chiqqan holda turli aloqa tarmoqlari asosida ishlashini inobatga olsak bu ancha muammodir. Shu sababdan bir nechta tadqiqotchilar ko‘plab IoT qurilmalari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatuvchi IoT shlyuzi yaratish bo‘yicha ish olib borishgan.[2-6]
Qian, Ruicong, Yan va Weijun [3] - ushbu maqolada muallif Zigbee, Bluetooth va boshqalar kabi turli xil protokollarni o'zaro bog'lovchi shlyuz ustida tadqiqot olib borgan, ammo ular turli ilovalar uchun moslashtirilganligi sababli u qadar moslashuvchan emas.[1]
Emara, K. A., Abdeen, M., &Hashem [4] – lar ham o‘z maqolalarida ZigBee, Bluetooth, GPRS va Ethernet kabi turli protokollar bilan tarmoqlarni shaffof tarzda bog‘lovchi IoT shlyuzini yaratishgan. Ammo bu shlyuzlar moslashuvchan emas, chunki ularni turli ilovalar uchun moslashtirib bo‘lmaydi. Yuqoridagi tadqiqotlar o‘rganilib chiqildi va kamchilik va yutuqlardan kelib chiqib barcha ilovalarga moslashuvchan IoT shlyuzi yaratish ustida ish olib borilyabdi.
IoT shlyuzi turli xil tarmoqlar o‘rtasida trafik uzatishni tashkil etuvchi qurilmadir, ya’ni ma’lumotlar turli xil usul bilan qabul qilinib, bir xil usulda uzatiladi. Masalan, USB, Bluetooth, Zigbee, Serial tarmoqlari yoki boshqa tarmoqlar orqali ma’lumot qabul qilib, qandaydir yagona tarmoq (WiFi yoki kabel yoki boshqa tarmoq) orqali uzatiladi. Quyida IoT shlyuzi ishlash strukturasi misol tariqasida keltirilgan.(1-rasm)
1-rasm
Aloqa tarmoqlari albatta foydalanuvchilar talablariga asoslangan va qurilmalar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Bu kabi IoT shlyuzlari aqlli uy tizimlari takomillashuviga katta hissasini qo‘shadi.
Xulosa
IoT shlyuzlari uchun odatiy talablarni ta’minlash va bir nechta aloqa protokollaridan foydalanish, ularni foydalanuvchi talablariga moslashtirish uchun umumiy talablarga asoslangan va har bir sensor va aloqa protokolidan foydalanishga qodir bo’lishi lozim.
Foydalanilgan manbalar:
1.Prof. M. Nasiruddin HOD, Rashida Shujaee Electronics & Communication ACET, Nagpur, India. Optimization of A Smart IOT Gateway 2017. International Journal on Recent and Innovation Trends in Computing and Communication ISSN: 2321-8169/494 –501
2. Shang Gguoqiang; Chen Yanming; Zuo chao; Zhu Yanxu, Design and implementation of a smart IOT gateway.‖ In 2013 IEEE International Conference on Green Computing and Communications and IEEE Internet of Things and IEEE Cyber, Physical and Social Computing.
3. Qian, Z., Ruicong, W., Qi, C., Yan, L., & Weijun, Q. IoT gateway: bridging wireless sensor networks into internet of things. In 2010 IEEE/IFIP 8th International Conference on the Embedded and Ubiquitous Computing (EUC‘2010), pages 347-352.
4. Emara, K. A., Abdeen, M., & Hashem, M. A gateway-based framework for transparent interconnection between WSN and IP network. In EUROCON '09, pages 1775-1780.
5. L.Wu, Y. Xu, C. Xu, and F.Wang, ―Plug-configure-play service oriented gateway for fast and easy sensor network application development,‖ in Proceedings of the 2nd International Conference on Sensor Networks (SENSORNETS ‘13), 2013.
6. Jong-Wan, Y., Yong-ki, K., Choon-Sung, N., & Dong-Rye, S.Sensor Network Middleware for Distributed and Heterogeneous Environments. In International Conference on New
7. Angela M. Lonzetta, Peter Cope, Joseph Campbell, Bassam J. Mohd and Thaier Hayajneh/ Security Vulnerabilities in Bluetooth Technology as Used in IoT/2018
8. Cope, P.; Campbell, J.; Hayajneh, T. An Investigation of Bluetooth Security Vulnerabilities. In Proceedings of the 7th IEEE Annual Computing and Communication Workshop and Conference (IEEE CCWC 2017), Las Vegas, NV, USA, 9–11 January 2017
Do'stlaringiz bilan baham: |