Ionlovchi nurlardan saklanishning fizik usullari va radioaktiv moddalardan tozalanish
Odam organizmini ionlovchi nurlarning zararli ta`siridan uch xil fizik usul bilan muxofaza kilish mumkin: tusik-ekran, masofa va vakt. Birinchi usul nur manbai bilan odam urtasida radiatsiyani yutib koluvchi tusik-ekran urnatishdan iborat. Bu tusiklar nur mikdorini xavfsiz darajagacha pasaytira oladigan, nurni kuchli yutuvchi, ogir moddalardan yasaladi.
Bu maksadlar uchun kupincha kurgoshin, chuyan, temir, pulat ishlatiladi. Radiatsiyadan saklovchi ekran - tusiklar uch guruxga bulinadi: kuchmas (statsionar), kuchuvchi va individual muxofaza vositalari. Dastlabki ikki tur kollektiv muxofaza vositalari xisoblanadi.
Statsionar vositalarga nur manbalari urnatilgan xona devorlari, kuzatuv darchalarini berkituvchi kurgoshinli oynalar, eshiklar, rentgen trubkasi urnatilgan muxofazalovchi gilaflar, gammaterapevtik apparatlarning muxofizali boshchasi (zaщitnaya radiatsionnaya golovka), devoriy seyflar kiradi. Nur manbasi urnatilgan xona devorlari ogir jins-betondan yasaladi, suvok uchun baritli beton ishlatiladi.
Devor kalinligi, urnatiladigan nur manbaining kuvvati va uning nurlarini utuvchanligini xisobga olgan xolda belgilanadi. Muxofaza seyflari, giloflar ikki kavatli bulib, ichi kurgoshin, tashki tomoni-kattik ogir metalldan yasaladi. Neyron nurlari-engil moddalarda vodorodga boy muxitda, M: suvda kup yutiladi. Kuchuvchi (siljuvchan - peredvijnыe) muxofaza vositalariga kurgoshinli kontenteynerlar (suyuk va kattik radioaktiv chikindilarni saklash yoki radioaktiv moddalarni bir joydan ikkinchi joyga eltish (transport) uchun muljallangan), muxofazali sterilizatorlar, shpritslar, siljuvchi tusik-ekran «shirma» (kurgoshinli rezinadan yoki metall koplamali) muxofaza stullar, muolaja (manipulyatsion) stollar, kravatlar, generatorlar, yuvish shkaflari kiradi. Barcha kuchuvchan nurlovchi kurilmalar uz muxofaza vositalariga ega.
Individual muxofaza vositalarga aloxida bir shaxsni nurlanishdan saklovchi buyumlar kiradi. Bunga kurgoshinli rezina fartuklar, kulkoplar, yubkalar, kalpoklar, kuzoynaklar misol bula oladi.
Masofa vositasida saklanish kuyidagi konuniyatga asoslangan. Nur manbai bilan ob`ekt urtasidagi masofa ortishi bilan nur dozasi shu masofaning kvadrati barobar kamayib beradi. Masalan: masofa ikki marta ortsa doza 4 barobar, 3 marta ortsa 9 barobar, 5 marta ortsa-25 barobar kamayadi. Masofa vositasida nurdan saklanish uchun radioaktiv moddalar, bilan olib boriladigan xamma amal va muolajalar distanitsion instrumentlar (mexanik kullar, tutkich- zaxvatlar, uzun karntsanglar, pintsetlar) vositasida bajariladi. Xodimlar utiruvchi xonalar, boshka muassasa va uy-joylar kuchli nur manbalaridan radiatsion gigiena normalarida kursatilgan masofada bulishi lozim. Radiologiya bulimlarida, xodimlar radioaktiv moddalar bilan ishlamaydigan soatlarda utirish uchun dam olish xonalari mavjud.
Vakt bilan nurlanishdan saklanish - nur ta`siri davomiyligini kiskartirishga asoslanadi. Buning uchun nurlanish bilan alokador kasb egalariga kiska 5 soatli ish kuni, boshka xodimlar uchun kushimcha ta`til belgilangan.
Nafaka olish uchun professional nurlanishning davomlligi ayollar uchun 7 yil, erkaklarga 10 yil, nafaka yoshi 45 va 50 yosh kilib belgilangan. Nurlanishni kamaytirish uchun xar kanday amal va muolajalar avval aktivlikka ega bulmagan preparatlarda urganilgach, tez va chakkon bajarishga erishgandan sung amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |