INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA SMARALI YO`NALTIRISH BARQARORLIK OMILI.
Yarmatov Sharofiddin Choriyevich
Termiz davlat universiteti o`qituvchisi.
Bozor iqtisodiyotini modiernizatsiyalash va rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni rivojlantirishga chuqur e’tibor qaratib kelmoqda. CHunki investitsiya jalb etishni amalga oshirish iqtisodiyotda o’sishni, ishlab chiqarishning rivojlanishini ta’minlovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish respublikamizda iqtisodiy va siyosiy omillarni rivojlantirishga ta’siri yaqqol seziladi.
Investitsiyalarning ustuvor yo’nalishlarini aniq belgilash ilmiy asoslangan, investitsiya qarorlarini qabul qilish, investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarni barcha shart-sharoitlarni hisobga olgan holda jalb qilish milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi.
Mamlakatimiz prezidentining o`tgan yillarda amalga oshirgan ko`plab davlatlararo rasmiy tashriflari davomida bir necha yuz milliard dollarga teng, minglab loyihalar bo`yicha kelishuvlarga erishildi. Ayni vaqtda mamlakatimizda chet el investitsiyalari hisobidan bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz prezidenti Sh. M.Mirziyoev o`zining Oliy Majlisga murojaatnomasida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida to`xtalib, «-Islohotlarning amaliy natijadorligini oshirishda, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda aholimizning yanada faolroq, yanada tashabbuskor bo’lishiga erishmog’imiz lozim.
Eng asosiysi, bu islohotlar natijasida xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz kerak. Odamlarimiz yetarli daromad topishi uchun eng qulay biznes va investitsiya muhitini shakllantirib, yangi-yangi korxonalar va ish joylarini ko’paytirishimiz zarur. Bu g’oyat dolzarb ishlarni o’zimiz qilmasak, hech kim bizga chetdan kelib qilib bermaydi.»1 deb ta`kidlab o`tdi. “Yilga bunday nom berganimiz barchamizga juda katta vazifalar va mas'uliyat yuklaydi. Investitsiyalarni qanday qilib ko'paytiramiz, ijtimoiy muammolarni qanday hal qilamiz degan savollar oldimizda ko'ndalang bo'lib turibdi. Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz”.
Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ijobiy natijalarga erishish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Bu esa o`z navbatida ijtimoiy sohada to'planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi.
“2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.2
Dasturning 25 bandida Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan 2021-yilda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirishga alohida e`tibor qaratilgan. Shu bilan birga tadbirkorlik subyektlari uchun tartib-taomillarni soddalashtirish va maxsus qulay rejimlar taqdim etishni nazarda tutuvchi aniq chora-tadbirlar bo‘yicha takliflarni kiritishi belgilab qo`yilgan.
Dasturda istiqbolda sohalarga barcha tashkiliy-iqtisodiy, texnologik masalalarni hal qilish, investitsiyalarni jalb etish, takomillashtirish, innovatsiyalarni joriy etish, mahsulotlar eksporti hajmini oshirishning aniq yo`nalishlari belgilab berilgan.
To’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishni moliyalashning asosiy manbasi bo’lishi bilan birga yangi texnologiyalar, texnik va menejerlik nouxaulari orqali inson kapitalini rivojlantirishning ham maqbul usuli hisoblanadi. Ushbu investitsiyalar zahiralarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushining 1 foizga oshishi YAIMning 0,4 foizga ortishiga sabab bo’ladi.
SHu sababli investitsiya siyosatini yuritish davlat iqtisodiy siyosatining eng muhim tarkibiy qismi bo’lish bilan birga iqtisodiyotni modernizatsiyalashning resurslar asosi bo’lishi tabiiydir. Investitsiyalarning maqsadli yo’naltirilishi va samarali investitsion siyosat olib borish va ularni to’g’ri yo’naltirish barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash imkonini beradi.
SHuni alohida e’tirof etish kerakki yo’naltirilayotgan investitsiyalarning muhim jihati shuki mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Su o`rinda jalb etilayotgan investitsiyalarni to`g`ri yo`naltirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda mablag`larni maqsadli yo`naltirish, ayniqsa ishlab chiqarish sohalarini yangi, jahon standartlariga javob bera oladigan texnologiyalar bilan ta`minlash, eksport uchun tovarlar ishlab chiqarishga yo`naltirish lozim. Bundan tashqari ishlab chiqaruvchilarda o`z goyalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, va amaliyotga joriy etishni yo`lga qo`yish bo`yicha tushunchalarini shakllantirish zarur.
Mamlakatimizda investitsion faollikni va uning samaradorligini yanada oshirish uchun mintaqalarning tabiiy va mehnat resurslarini, ishlab chiqarish salohiyatlarini va infratuzilmani inobatga olgan holda tadbirlar ishlab chiqish lozim. Bu esa iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda mo’him ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |