Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘G‘risida


-modda. Chet ellik investorlarning xo‘jalik faoliyati



Download 169,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/59
Sana31.12.2021
Hajmi169,69 Kb.
#200972
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Bog'liq
O‘RQ-598-сон 25.12.2019. Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida

54-modda. Chet ellik investorlarning xo‘jalik faoliyati

Chet  ellik  investorlarning  xo‘jalik  faoliyati,  shu  jumladan  chet  el  investitsiyalari

ishtirokidagi  korxonalarni,  ularning  sho‘ba  korxonalarini,  filiallarini  hamda  boshqa

tuzilmalarini,  shuningdek  xo‘jalik  uyushmalari  va  birlashmalarini  tashkil  etishga,  sotishga,

qayta  tashkil  etishga  yoki  tugatishga,  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalarning

fondlarini  shakllantirishga,  ijara  shartnomalarini  va  boshqa  shartnomalarni  tuzishga  doir

xo‘jalik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan

tartibga solinadi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliqlar va to‘lovlar to‘laydi.

Chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalarning  chet  el  valyutasidagi  barcha

xarajatlari  ularning  o‘z  valyuta  tushumlari,  shuningdek  chet  el  valyutasini  olishning  qonun

hujjatlarida ruxsat etilgan boshqa manbalari hisobidan ta’minlanishi kerak. Ularning o‘zini-o‘zi

valyuta bilan qoplashi tashkil etiladigan birlashmalar va boshqa tashkiliy tuzilmalar faoliyati

doirasida ham ta’minlanishi mumkin.

Chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  eksport-import  operatsiyalarini  qonun

hujjatlari  talablariga  rioya  etgan  holda  mustaqil  ravishda  amalga  oshiradi.  Shaxsiy  ishlab

chiqarish mahsulotlarining eksporti litsenziyalanmaydi va kvotalanmaydi.

Chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  o‘z  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari  uchun

mahsulotni  O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlariga  muvofiq  litsenziyasiz  import

qilishga  haqli.  Eksport  uchun  yetkazib  berilayotgan  shaxsiy  ishlab  chiqarish  mahsulotini  va

korxonalar  tomonidan  o‘z  ehtiyojlari  uchun  import  qilinayotgan  mahsulotni  aniqlash  tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

O‘zbekiston  Respublikasiga  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  tomonidan

o‘z  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari  uchun  olib  kirilayotgan  mol-mulk  ular  davlat  ro‘yxatidan

o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida bojxona bojini undirishdan qonun hujjatlarida

belgilangan  tartibda  ozod  etiladi.  Chet  ellik  investorlarning,  chet  davlatlar  fuqarolarining  va

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi, chet ellik investorlar bilan

tuzilgan  mehnat  shartnomalariga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  bo‘lib  turgan

fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarning  shaxsiy  ehtiyojlari  uchun  olib  kiriladigan  mol-mulkdan

bojxona boji undirilmaydi.

Ixtirolarni  va  sanoat  namunalarini  investitsiyalar  sifatida  kirituvchi  chet  ellik

investorlarga  hamda  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalarga  tegishli  bo‘lgan

ixtirolarni  patentlash  hamda  sanoat  namunalarini  joriy  etish  qonun  hujjatlarida  belgilangan

tartibda amalga oshiriladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar korxona fondlarining ro‘yxatini, ularni

tuzish va ulardan foydalanish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan

yer uchastkasini ellik yilga qadar, biroq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun arizada

ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan uzoq muddatli ijaraga olish huquqiga ega.

Chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan

hollarda va shartlar asosida yer uchastkalarini olishi mumkin.

Qurilishga  va  inshootlarga  bo‘lgan  mulk  huquqi  ushbu  obyektlar  bilan  birga  boshqa

shaxsga  o‘tganda  yer  uchastkalaridan  foydalanish  huquqi  ham  qonun  hujjatlarida

belgilanadigan tartibda va shartlar asosida boshqa shaxsga o‘tadi.

Mol-mulkni  chet  ellik  investorlarga  ijaraga  berish  ijaraga  beruvchi  tomonidan  tegishli

shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  xodimlarining  mehnatga  oid

munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.




Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar xodimlarining pensiya ta’minoti qonun

hujjatlari bilan tartibga solinadi.




Download 169,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish