Dt «Pul mablag`lari» 360000
Kt «Investitsiyalar» 345000
Kt «Qimmatli qog`ozlarni sotishdan olingan
daromad» 15000
b) qo`shilgan kapital tarkibidagi qayta baholash summasini sotilgan aktsiyalarga tegishli qismini (75000 : 500 ta aktsiya q 150 so`m x 300 ta aktsiya q 45000 so`m) hisobdan chiqarish muomalasiga
Dt «Qo`shilgan kapital-«Х» turdagi aktsiyalar 45000
Kt «Qimmatli qog`ozlarni sotishdan olingan
daromad» 45000
Korxona bir qancha vaqt o`tganidan keyin «Z» turdagi aktsiyalar kursini keskin tarzda tushib ketayotganligidan xavotir olib, barcha aktsiyalarini birinchi xaridorga har bir aktsiyani 495 so`mdan sotishga qaror qildi. Bu xo`jalik muomalasi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt «Pul mablag`lari» 297000
Dt «Qo`shilgan kapital- «Z» turdagi aktsiyalar 24000
Dt «Moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar» 3000
Kt «Investitsiyalar» 324000
8. Investitsiyalar bo`yicha maьlumotlarni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish
Buxgalteriya hisobining amaldagi standartlari talablariga ko`ra xo`jalik yurituvchi sub`ektlar moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar bilan bog`liq barcha ma`lumotlarni berib borishlari lozim. Bu hisobotlar investorlarga korxona-larning investitsiya portfelini shakllanishining asosiy tamoyillari, ularning daromadliligi va ular bilan bog`liq tavakkalchiliklar to`g`risida ma`lumotlar berishi lozim.
Buxgalteriya balansida investitsiyalar toifalari bo`yicha aks ettirilib, uning uzoq muddatli aktivlar qismida uzoq muddatda, joriy aktivlar qismida esa bir yilgacha muddatda daromad olish maqsadida yo`naltirilgan investitsiyalar qiymati aks ettiriladi. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda inves-titsiyalarni sotilishi natijasida olingan daromad va bu daromadni yaratish bilan bog`liq xarajatlar, dividendlar, royalti, ijara haqi va foizlar ko`rinishidagi daromadlar hamda hisob siyosatiga ko`ra investitsiyalarni qayta baholashdan olingan foyda yoki zarar summalari tegishli moddalar bo`yicha o`z aksini topadi. Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotda investitsiyalarining kirimi va chiqimi bilan bog`liq pul oqimlarining harakati to`g`risidagi ma`lumotlar keltiriladi. Jumladan pul oqimlarining tushum qismida investitsiyalarni, asosiy vosita va boshqa aktivlarni sotish natijasida kelib tushgan pul mablag`lari, dividend, royalti, foizlar ko`rinishidagi pul mablag`lari ko`rsatilsa, chiqim qismida esa qimmatli va qarz qog`ozlarini hamda asosiy vosita va boshqa aqtivlarni sotish natijasida kelib tushgan pul mablag`lari ko`rsatiladi. Хususiy kapitalning harakati to`g`risidagi hisobotda hisob siyosatiga ko`ra investitsiyalarni qayta baholash natijalarini qo`shilgan kapital yoki taqsimlanmagan foydaga ta`siri orqali kapitalning o`zgarishi bilan bog`liq xo`jalik muomalalari o`z aksini topadi.