Investitsiyalar auditi va baholash


VII-Bob. MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR AUDITINI O’TKAZISH



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/70
Sana28.02.2022
Hajmi1,32 Mb.
#474072
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

VII-Bob. MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR AUDITINI O’TKAZISH 
TARTIBI 
7.1. Moliyaviy investitsiyalar hisobiga doir dastlabki xujjatlarning 
rasmiylashtirilishini va qimmatli qog’ozlarni baxolashning to’g’riligi 
tekshirish 
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda qo’llaniladigan dastlabki 
xujjatlarning rasmiylashtirilishini tekshirishda shuni hisobga olish zarurki, 
qimmatli qog’ozning o’zi - qat’iy shakldagi xujjat bo’lib, uning shakli va majburiy 
rekvizitlari qimmatli qog’ozlarning turlari uchun qonunchilik bilan belgilangan 
talablarga mos, kelishi lozim. (Qimmatli qog’ozlarda majburmy rekvizitlarning 
yo’kligi, yoki qimmatli qog’ozning belgilangan shaklga mos kelmasligi, uning 
yaroqsizligidan dalolat beradi. Shuning uchun auditor qimmatli qog’ozlar 
blankalarini shaklan tekshirish bilan birga, moxiyatan ham tekshiruvdan o’tkazadi. 
Shuningdek, qimmatli qog’ozlar qiymat ko’rsatkichlari arifmetik tekshiruvdan ham 
o’tkazilishi zarur. 
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda qo’llanilgan dastlabki xujjatlarni 
tekshirish o’ta muhim aramiyatga ega. Chunki ular qimmatli qog’ozlarga doir 
mulkiy huquqning bir sub’ektdan ikkinchisiga o’tishida maxsus tartibni belgilaydi. 
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga qabul qilish uchun asos bo’luvchi 
xujjatlarda muayyan qimmatli qog’ozni sotib olish maqsad va undan foydalanish 
muddati ko’rsatilishi shart. 
Moliyaviy nnvestittsiyalarni baholash va qayta baholashning umumiy 
qoidalarni O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunda 
va №12 Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli buxgalteriya hisobi milliy 
stnadartida belgilangan. 
Oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha qimmatli qog’ozlar sotib olinganida 
qilingan moliyaviy investitsiyalar investor uchun qilingan haqiqiy xarajatlar 
summasida buxgalteriya hisobiga qabul qilinadi. 
Auditor qimmatli qog’ozlarni baholashni tekshiruv chog’ida №12 


111 
«Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli BHMSning 9-19 bandlaridagi qoidalarga 
asoslanadi. Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha haqiqiy xarajatlar 
kunidagilarni o’z ichiga oladi: shartnomaga muvofiq sotuvchiga to’lanadigan 
summalar; qimmatli qog’ozlarni sotib olish bilan bog’liq informatsion va 
konsultatsion xizmatlar uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki shaxslarga 
to’lanadigan summalar; qimmatli qog’ozlarni sotib olishda ishtirok qilgan 
vositachi tashkilotlarga to’lanadigan to’lovlar. Qimmatli qog’ozlar sotib olish 
uchun, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilgunga qadar ishlatilgan qarz 
mablag’lar bo’yicha foizlar to’lash uchun qilingan sarflar; qimmatli qog’ozlarni 
sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa sarflar. 
Qimmatli qog’ozlarni hisobga oladigan qiymatini shakllantiruvchi barcha 
haqiqiy xarajatlar 0610-«»Qimmatli qog’ozlar» va 5810-«Qimmatli qog’ozlar» 
schetlar debetida hisobga olinadi. Auditor qimmatli qog’ozlar sotib olish bilan 
bog’liq bo’lgan xarajatlar tarkibini, ushbu xarajatlarni moliyaviy investitsiyalar 
qiymatiga ko’shishning qonuniyligini, bu xarajatlarning tegishli xujjatlar bilan 
tasdiqlanganligini tekshiradi. 
Moliyaviy investitsiyalarning hisobga qabul qilingan bahosi, qoidaga ko’ra, 
o’zgatirilmaydi. Qarzli qimmatli qog’ozlar bundan mustasno. 
Qimmatli qog’ozlar shartnomaga muvofiq tekinga olinganida olingan 
vaqtidagi bozor bahosi bo’yicha baholanadi. 
Agar moliyaviy investitsiyalar chet el valyutasida amalga oshirilsa, bunday 
muomilalarning valyuta muomilalarini tartibga soladigan me’yoriy hujjatlarga 
muvofiqligini tekshirish zarur. 
Qiymati chet el valyutasida ifodalangan moliyaviy investitsiyalar 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan muomala sodir 
bo’lgan kunda amal qilayotgan valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab baholanadi. 
Auditor qaytarish muddati bir yildan ortiq qimmatli qog’ozlar ham qayta 
baholanayotganligini tekshirish lozim. Chunki kurs tafovutini qayta baholash va 
hisobda aks ettirish faqat qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar tarkibida 
hisobga olinadigan qimmatli qog’ozlar hamda korxona tomonidan belgilangan 


112 
tartibda depozitga joylashtirilgan pul mablag’lari bo’yicha amalga oshiriladi. 
Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo’shilgan ulushlar ta’sis 
shartnomasida belgilangan (kelishilgan) qiymat bo’yicha baholanadi. Korxona 
mulkini boshqa korxona ustav kapitaliga ulush sifatida berishda moliyaviy 
investitsiyalar shartnoma qiymati va berilgan mulklar qiymati o’rtasidagi farqlarni 
hisobda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish zarur. 
Buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarning sintetik va analitik hisob 
ma’lumotlariga mosligini tekshirish buxgalteriya balansining «Uzoq muddatli 
moliyaviy investitsiyalar» (1 bo’lim) va «Qisqa muddatli moliyaviy investtsiyalar» 
(II bo’limi satrlari bo’yicha ko’rsatkichlarni Bosh daftardagi: 0610, 0620, 0630, 
0640, 0600, 5810, 5830, 5890-schyotlariing qoldiqlari bilan taqqoslash orqali 
amalga oshiriladi. 
Moliyaviy investitsiyalar alohida turlarining mavjudligi va hisobot davri 
davomidagi harakati to’g’risidagi axborotlar buxgalteriya balansiga beriladigan 
tushuntirishlarda keltiriladi. Moliyaviy investitsiyalar alohida turlarining hisobot 
davri boshi va oxiriga qoldig’i to’g’risidagi ko’rsatkichlar 0610-0690 va 5810, 
5830, 5890-schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob ma’lumotlari bilan 
solishtiriladi. 
Buxgalteriya hisoboti va sintetik hamda analitik hisob registrlari 
ko’rsatkichlarini solishtirish) natijalarini auditor tegishli tarzda rasmiylashtiradi. 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish