8
I-Bob. INVESTITSIYALAR HAQIDA TUSHUNCHA VA ULARNING
TURLARI.
1.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarning iqtisodiyotda
tutgan o’rni.
Mamlakatimizda 2010 yilda 2009 yilga nisbatan 13,6 foizga ko‘p, ya’ni 9
milliard 700 million AQSH dollariga teng miqdordagi investitsiyalar o‘zlashtirildi,
bu yalpi ichki mahsulotning qariyb 25 foizini tashkil etadi.
Ushbu investitsiyalarning salkam 72 foizi ishlab chiqarish korxonalarini
barpo etishga, jumladan, 38 foizga yaqini asbob-uskuna va ilg‘or texnologiyalar
sotib olishga yo‘naltirildi. Shu boradagi umumiy qo‘yilmalar hajmida xorijiy
investitsiyalar va kreditlar ulushi 28,8 foizni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar miqdori esa 2 milliard 400 million dollardan ziyodni tashkil etdi.
Barcha moliyaviy manbalar hisobidan texnik va texnologik qayta jihozlash
uchun yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmi 3 milliard 800 million dollardan
oshgani yoki 2010 yildagi barcha kapital qo‘yilmalarning 37,5 foizini tashkil
etgani prinsipial muhim ahamiyatga egadir.
2
Muxtasar aytganda, Investitsiya dasturi doirasida 2010 yilda 200 dan ziyod
loyiha amalga oshirildi. Jumladan, yiliga 50 mingta avtomobil ishlab chiqarish
quvvatiga ega bo‘lgan “M-300” rusumidagi yengil avtomobil ishlab chiqarishni
o‘zlashtirish”, 200 ming tonna kaliy o‘g‘itlari ishlab chiqarish quvvatiga ega
bo‘lgan “Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi qurilishi”, “Xonjiza konida polimetall
rudalarga ishlov berish” kabi yirik loyihalar, Navoiy kon-metallurgiya kombinati,
“Navoiyazot” kompaniyasining bir qator yangi obyektlarini barpo etish ishlari va
boshqa loyihalar nihoyasiga yetkazilganini ta’kidlash joiz. Rеspublikamiz
Prеzidеnti I.A.Karimov yangi yil tabrigida amalga oshirgan ishlarimizni, erishgan
marralarimizning asosiy mеzonlari va omillari to’grisida batafsil toxtalib otildi va
2009 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil rivojlantirish va modеrnizatsiya
2
Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi, «Xalq so’zi» gazetasi № 16, 2011 yil 22
yanvar
9
qilish, islohot va o’zgarishni davom ettirish va chuqurlashtirish, moliyaviy
inqirozga qarshi samarali dasturlarni amalga oshirish, birinchi navbatda ishlab
chiqarishni tеxnik va tеxnologik qayta jixozlash dolzarb vazifa ekanligi ta'kidlab
o’tildi.
Iqtisodiyotni modеrnizatsiya qilish, tеxnik va tеxnologik jixatdan yangilash
iqtisodiy siyosatning xal qiluvchi ustivor vazifasi bo’lib qolmoqda. Bu dolzarb
asosiy vazifani xorijiy invеstitsiyalarni jalb etish asosida amalga oshirish ko’zda
tutilmoqda. 2008 yilda 1,5 milliard AQSh dollari miqdorida xorijiy invеstitsiyalar
o’zlashtirildi, ularning 70 % ni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilingan invеstitsiyalarni
tashkil etadi. 2009 yilda Invеstitsiya dasturini amalga oshirish doirasida 1,8
milliard AQSh dollaridan ortiq xorijiy invеstitsiyalarni o’zlashtirish ko’zda
tutilgan. Ularning taxminan to’rtdan uch qismi to’g’ridan-to’g’ri jalb etiladigan
invеstitsiyalardir.
Umuman, 2009 yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va ichki
invеstitsiyalarni xisobga olganda, kapital qo’yilmalarining umumiy xajmi
mamlakatimiz yalpi ichki maxsulotining 25 % ni tashkil etadi.
O’zbеkiston o’zining ishonchli va to’lov qobiliyatiga ega xamkor ekanini,
mamlakatimizda chеt el sarmoyasini jalb etish bo’yicha xar tomonlama qulay
shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda.
Bugungi kunda O’zbеkistonning umumiy tashqi qarzi yalpi ichki maxsulot
xajmining 13,3 % ni tashkil etadi va eksport xajmining 31 % dan oshmaydi. Bu
xalqaro mеzonlarga ko’ra, xar jixatdan maqbul xolat dеb baxolanmoqda.
xozirgi davrda mamlakatimiz qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirish
masalasi sug’oriladigan еrlarning mеliorativ xolatini yaxshilash va unumdorligini
oshirish bo’yicha o’ta muxim vazifani xal etish bilan bеvosita bog’liqdir. 2009
yilda mamlakatimizda еrlarning mеliorativ olatini yaxshilash ishlari uchun 130
milliard so’m miqdorida mablag’ ajratilishi ko’zda tutilmoqda.
O’zbеkiston iqtisodiyotining barqaror, izchil rivojlanishi Xalqaro Valyuta
Jamg’armasi tan olganidеk, eng avvalo kеng ko’lamli tizimli bozor isloxotlarini
joriy etish va xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy
10
o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish va
yangilash, eksportga ixtisoslashgan yangi tarmoq va korxonalar barpo etish, biznеs
va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan, xar tomonlama puxta
o’ylangan siyosatning amaliy natijasidir.
Iqtisodiyotni
erkinlashtirish
sharoitida
respublikamiz
iqtisodiyotida
tarmoqlar va tarmoqlararo proportsiyalarda ijobiy o’zgarishlar yuz bermoqda,
yangi tarmoqlar bunyod etilmoqda, Qo’shma korxonalar soni oshib bormoqda.
Iqtisodiy o’sishga, katta miqdorida ivestitsiyalar ajratildi. Respublikamiz
iqtisodiyotiga safarbar etilgan yirik miqiyosida investitsiyalar import o’rnini
bosuvchi ishlab chiqarishning barpo qilinishi va yalpi mahsulot turlarining
o’zlashtirilishi bilan bog’liq bo’ladi.
Bunday tuzilmaviy o’zgartirishlar jaxon xujaligiga kirib borish, mamlakat
iqtisodiyotining barqaror o’sishiga erishish imkoniyatlarini yaratadi.
Investitsiyalashning ustuvor yo’nalishlarini aniq belgilash, ilmiy asoslangan
investitsiya qarorlarini qabul qilish investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish
asosida ichki va tashqi moliyaviy manba’larning barcha shart-sharoitlarini hisobga
olgan holda jalb qilish milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi. Mamlakatimiz
investitsiya faoliyatida, ayniqsa, xorijiy investitsiyalar ishtirokida kuchayib
bormoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bevosita xorijiy
investitsiyalar to’g’risida fikr bildirib, «Bir oddiy xaqiqatni yaxshi tushunib olish
kerakki, O’zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar,ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri
kelayotgan sarmoyalar oqimi xar bir kishi, umuman jamiyat hayoti uchun suv va
xavodek zarur»
3
- deb baholaydi. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya
faoliyati to’g’risida” gi Qonunning 2-moddasiga ko’ra, “investitsiyalar-iqtisodiy
yoki boshqa faoliyat ob’ektlariga sarflanadigan moddiy va nomoddiy boyliklar
hamda ularga doir huquqlardan iboratdir”
4
Investitsiya faoliyatidagi burilishlar, ta’kidlangan vazifalarni echish;
3
Каримов И А “Иқтисодий ислоҳат масулиятли босқич” Т.: Ўзбекистон. 1999 й 46 б
4
“Инвеститция фаолияти тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни Т.:1998.
11
investitsiyalashning davlat mexanizmini erkinlashtirib borish va bozor
mexanizmlarida qo’llaniladigan soxalarni kengaytirish; investitsiyalashni o’z
jamg’armalari hisobidan ta’minlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va
joriy qilish; zamonaviy, korporativ moliyalashtirish, lizing kabi yangi usullardan
foydalanish soxalarini kengaytirish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |