Investitsiya subsidiyalari



Download 149,64 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi149,64 Kb.
#252870
  1   2   3   4   5
Bog'liq
INVESTITSIYA SUBSIDIYALARI


INVESTITSIYA SUBSIDIYALARI
Reja

  1. O’zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tahlili

  2. Investitsiya loyihalari moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash

  3. O’zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash bilan bog'liq muammolar

  4. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni takomillashtirish yo’llari

O’zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tahlili

Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqadi: ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligi, ularning qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo’lib qolganligi; sanoat tarmog’ida moddiy texnika bazasining o’ta pastligi va ko’pgina zarar ko’rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromadida jamg’arish bilan iste’mol o’rtasidagi nisbatning iste’mol tomonga ko’plab sarflanayotgani va jamg’arishning investitsiya manbai sifatida kamayib borayotganligi; O’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu erda ko’plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyating mavjudligi; aholi sonining o’sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo etish, ularni mehnat resurslarining manbai bo’lmish qishloqqa yaqinlashtirish zarurligi; respublika eksportida xom ashyo salmog’ini kamaytirish va ko’plab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo’lish zarurligi va boshqalar.

Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati olib borilishi natijasida 2011 yilda o’nlab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Jumladan, “Jeneral Motors Pavertreyn 0’zbekiston” qo’shma korxonasida yuqori texnologiyalar asosida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, avtomobil generatori va kompressorlari ishlab chiqarish bo’yicha quvvatlar barpo etildi, energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarish bo’yicha uchta loyiha amalga oshirildi. Shular qatorida “Zenit elektroniks” qo’shma korxonasida “Samsung”

kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Ayni paytda maishiy gaz plitalari, konditsionerlar, elektr pilesoslar va bir qancha boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho’ba korxonasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish maqsadida propan-butan aralashmasi qurilmasining birinchi navbatini, Samarqand viloyatida “MAN” yuk tashish mashinalari ishlab chiqarish bo’yicha yangi majmuaning dilerlik markazini bunyod etish ishlari yakuniga etkazildi. Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bug’-gaz qurilmasini barpo etish, O’zbekiston-Xitoy gaz quvurining uchinchi yo’nalishi kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda qurilish-montaj ishlari qizg’in pallaga kirdi.

Investitsiya faoliyatining rivojlanishida turli manabalar hisobidan mablag’larning jalb etilishi holati o’rganilishi va ular hisobiga investitsiyalarni moliyalashtirish holatining rivojlanishini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi va quyidagi jadvalda so’nggi yillarda turli manbalar hisobiga investitsiyalarning moliyalashtirilish tarkibi va uning o’zgarishi keltirilgan. (3-rasm)

2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011




Download 149,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish