Investitsiya siyosatini amalga oshirishda maqsadli davlat investitsiya dasturlarining o’rni


Kapital qo’yilmalarni samaradorligini oshirish



Download 4,72 Mb.
bet47/49
Sana10.07.2022
Hajmi4,72 Mb.
#769281
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Investitsiya siyosatini va kapital qo\'yilmalar

7.3. Kapital qo’yilmalarni samaradorligini oshirish

Kapital qo’yilmalarni samaradorligini oshirish vazifasini bajarish uchun har bir sarflangan so’m uchun mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini oshirishga erishish va uning keng miqyosda tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish lozim: ularga


  1. alohida tarmoqlarga va korxonalarga kapital qo’yilmalarning yo’nalishini iqtisodiy asoslash;


  2. o’zining texnik darajasi bo’yicha mahalliy va xorij fani va texnikasining yangi yutuqlariga javob beradigan va mehnat unumdorligini o’sishini, mahsulot tannarxini pasaytirishni va ishlab chiqarishning foydaliligini o’stirishni ta’minlaydigan qurilishlarni va loyihalarning sifatini oshirish;


  3. qurilishlarni va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishni tezlashtirish, loyiha–smeta hujjatlari va moddiy-texnik resurslar va ishlab chiqarishni tashkil qilishni ta’minlash.


Korxonalarda kapital qo’yilmalarni rejalashtirish uning iqtisodiy rivojlanish rejasining ajralmas qismi bo’lib, korxonaning ishlab chiqarishini va uni ishlab chiqarish salohiyatini takomillashtirish asosi bo’lib xizmat qiladi.

Rejalashtirish kapital qurilishni uzluksizligini ta’minlaydi va ularni amalga oshirishni o’z vaqtida tayyorlashga imkon yaratadi.

Kapital mablag’lardan foydalanishda tarkibiy o’zgarishlar yuz bermoqda. Buni barcha kapital qo’yilmalarining ikki muhim soha bo’yicha taqsimlanishida kuzatish mumkin. Ya’ni sarflanayotgan kapital qo’yilmalarining 56% ishlab chiqarish ob’ektlariga va 44% noishlab chiqarish yohud xizmat ko’rsatish tarmoqlariga sarflanmoqda. Agrosanoat, oziq-ovqat majmualaridan tashqari moddiy ishlab chiqarish sohalariga kapital mablag’larni yo’naltirish sur’atlari birmuncha pasayib, uning yo’nalishi yanada ijtimoiy tus olmoqda.

Barcha kapital qo’yilmalarning asosiy qismi- 60% dan ziyodrog’i qurilish-montaj ishlariga sarf bo’lmoqda. Uning qariyib chorak qismi, ya’ni 24% asbob-uskunalar va jihozlarga, mavjud inventarlarni ta’mirlashga va qolgan 15% boshqa turli xil jarayonlarga ketmoqda.

Ishlab chiqarish ob’ektlari bo’yicha davlat kapital mablag’lari sarfining takror ishlab chiqarish tuzilishini olib qaraydigan bo’lsak, shu narsa ayon bo’ldiki, bu maqsadga yo’naltirilayotgan barcha kapital qo’yilmalarining yarmidan ko’prog’i ishlab turgan korxonalarni texnik jihatdan qayta qurollantirish va ularni rekonstruktsiya qilishga ketmoqda.

Kapital qo’yilmalarni to’g’ri rejalashtirish uchun va qurilish ishlab chiqarishini to’g’ri tashkil qilish uchun mahalliy tashabbusni kengaytirish lozim. Rejalashtirish kapital qurilish muntazamligini ta’minlashi va qurilishlarning o’z vaqtida tugatilishiga sharoit yaratishi lozim. Qurilish nisbatan ishlab chiqarish davrini qayta muddat talab qilishi bilan ajralib turadi, shuning uchun ham tayyorgarlik davri uzoq vaqtni o’z ichiga oladi.

Kapital mablag’larni o’zlashtirish bo’yicha rejalarning yo’qligi qurilish va rekonstruktsiya qilish ishlarini qimmatlashtiradi. Shuning uchun kapital qo’yilmalari joriy rejalashtirish va qurilish-montaj ishlarining asosi bo’lgan istiqbol rejalarini ishlash muhim hisoblanadi. Istiqbol rejalardan kelib chiqib, ishlarni yillar bo’yicha, yangi talablar asosida taqsimlash uchun aniqlashtirilgan rejalar va dasturlar ishlanadi. Kapital qo’yilmalar bo’yicha reja topshiriqlari muayyan tarmoqlar, iqtisodiy mintaqalar va korxonalar bo’yicha sanoat ishlab chiqarishlarida mo’ljallangan o’sishni ta’minlovchi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini o’z vaqtida ishga tushirishni ta’minlaydi.

Shuning uchun ham sanoatdagi kapital qo’yilmalar rejasi sanoat ishlab chiqarishining ishlab chiqarish dasturi bilan bog’liq ravishda tuziladi. Shu bilan birga kapital qo’yilmalar rejasi boshqa rejalar bilan muvofiqlashtirib tuziladi, bu esa o’z navbatida kapital qurilishlarni o’z vaqtida moddiy va moliyaviy resurslar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.

Kapital qo’yilmalarni tarmoqlar bo’yicha taqsimlash yoki sanoatda kapital qo’yilmalarning tarmoqlararo tarkibi o’sha davrning xo’jalik-siyosiy vazifalari bilan belgilanadi. Sanoatning ayrim tarmoqlariga kapital qo’yilmalar rejali miqdorini to’g’ri belgilash uchun ishlab chiqarish quvvatlarining rejali muvozanatlari tuziladi. Shu bilan bog’liq kapital qo’yilmalarni tarmoqlar bo’yicha taqsimlash ishlab chiqarish va kapital qurilishning rejalarini muvozanatli bog’lash asosida, hamda o’zaro bog’liq tarmoqlarni muvozanatlash orqali aniqlashtiriladi.

Sanoatning alohida tarmoqlariga kapital qo’yilmalarini rejali miqdorini to’g’ri belgilash uchun, ishlab chiqarish quvvatlarini rejali muvozanatlari ishlanadi. Ushbu muvozanatlarda reja davri boshiga mavjud ishlab chiqarish quvvatlari aniqlanadi, hamda mo’ljallangan miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan quvvatlar aniqlanadi. Chuqur tahlillardan so’ng mavjud quvvatlardan ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirish va qayta qurish yoki yangi korxonalarni qurish yo’li bilan ishlab chiqarish quvvatlarini qo’shimcha o’stirish zarurati belgilanadi.



Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish