Investitsiya siyosatini amalga oshirishda maqsadli davlat investitsiya dasturlarining o’rni



Download 4,72 Mb.
bet29/49
Sana10.07.2022
Hajmi4,72 Mb.
#769281
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
Bog'liq
Investitsiya siyosatini va kapital qo\'yilmalar

Y bob. INVESTITSIYA MUHITI


5.1. Investitsiya muhiti va tushunchasi.

5.2. Investitsiya risklari va toifalari.

5.3. Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar.

5.4. Investitsiya muhitini aniqlashning jahon tajribasi.


5.1. Investitsiya muhiti va tushunchasi

Xorijdan kapital qabul qiluvchi tomonidan investitsiya muhiti modelini ishlab chiqish har tomonlama asoslangan tashqi iqtisodiy aloqalarni aniqlab beruvchi vositadir. U orqali xorijiy investorga ta’sir ko’rsatuvchi omillar to’g’risida aniq tushunchalarga ega bo’lish, xorijlik investorlarning xulq-atvorini har tomonlama anglash va mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqurroq baholash imkoniyati paydo bo’ladi. Bu jarayonlarning barchasi respublikamizning boshqa davlatlar bilan dastlabki iqtisodiy munosabatlarini yo’lga qo’yish jarayonida chetdan kapitalni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorijiy investitsiya ishtirokida amalga oshirilishi lozim bo’lgan loyiha va dasturlarni ishlab chiqishda nafaqat o’z manfaatlari bilan chegaralanmasdan investorning maqsad va imkoniyatlari bilan hisoblashish alohida e’tiborga loyiqdir.

Investitsiya muhiti tushunchasi o’z murakkabligi va mukammalligi jihatidan makro va mikro iqtisodiyot darajasida ko’rib chiqiladi. Makroiqtisodiyot darajasida u kapitalni qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlarni o’z ichiga oladi. Makroiqtisodiyot darajasida yondashilganda xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat siyosati, xalqaro shartnomalar shartlarini bajarish xorijiy mulkni milliylashtirish, turli masalalar bo’yicha xalqaro shartnomalar tizimida ishtirok etish davlat boshqaruv tizimilarining mustahkamligi, siyosiy rahbariyatning muqarrarligi, davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi, iqtisodiy siyosatning mukammalligi, davlat apparatining ish samaradorligi, banklar tizimining takomillashuv darajasi, pul muomalasi va davlat byudjetining barqarorligi, davlatning ichki va tashqi qarzlari miqdori va boshqalar hal qiluvchi o’rinda turadi. Investitsiya muhitiga kapitalni qabul qiluvchi mamlakatning qonunlarida aks ettirilgan to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar va xorijiy firmalarining faoliyatini chegaralovchi yoki taqiqlovchi omillardan tashqari, to’liq aniqlanmagan ba’zi qoidalar va muvofiqlashtirilmagan jarayonlarning mavjudligi salbiy ta’sir etadi.

Mikroiqtisodiyot darajasida investitsiya muhiti bir tomondan investor-firmasi va ikkinchi tomondan xorijiy investitsiyani qabul qiluvchi xo’jalik sub’ektlari, ya’ni sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda kasaba uyushma va boshqa jamoat tashkilotlari o’rtasidagi ikki yoqlama munosabatlarni aks ettiradi. Bu darajada investitsiya iqlimi umumlashtirilgan baholar iqtisodiy, huquqiy va madaniy jabhalarda yaqqol ko’rinadi. Makro va mikroiqtisodiyot darajalari birgalikda yagona investitsiya muhitini tashkil etadi va potentsial investorlar hamda kapitalni qabul qiluvchi tomonlarning bo’lajak munosabatlarini belgilab beradi.

Investitsiya muhiti ob’ekt kategoriyasi bo’lib, har bir alohida olingan vaqt doirasida investorlar uchun haqiqatda mavjud bo’lgan shart-sharoitlar majmuasini aks ettiradi. Lekin hozirgi sharoitda investitsiya muhiti faqat davlat organlari ta’siri ostida shakllanmoqda. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda jahon tajribasidan, jumladan xorijiy investitsiya bilan tashkil etilib, yuksak iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishgan kompaniya va firmalar tajribasidan kengroq foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy xususiyatlarni ham hisobga olish lozim.

Davlat hokimiyatining ta’sirchanligi investitsiya muhitini aniqlovchi omillardan biridir. Shundan kelib chiqib, har bir kapital jalb qiluvchi mamlakat ma’lum bir investitsiya tizimiga egaligini ta’kidlash mumkin. Bu tizim huquqiy me’yorlar va muassasalardan iborat xorijiy investitsiyalarni qabul qilish tizimi va investitsiya muhitini o’z ichiga oladi. Xorijiy kapitalni qabul qilish tizimi investitsiya muhitining komponenti bo’lib xizmat qiladi va unga nisbatan mustaqil ravishda tashkil etiladi. Chunki u investitsiya muhitini o’zgartirishga qodirdir. Xorijiy investitsiyalarni qabul qilish tizimi qabul qiluvchi tomonning xorijiy kapitalni milliy iqtisodiyotga qulay ravishda kirib kelishini namoyon etsa, investitsiya muhiti kirib kelgan kapitalni mamlakat ichida optimal ravishda o’sib borish vaziyatiga baho beradi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali sanoatni yangi zamonaviy texnologiyalar bilan, qishloq xo’jaligida qayta ishlovchi sanoat majmuini va boshqa sohalarda tub o’zgarishlar yasash mumkin. Shunday ijobiy ishlarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarga qulay bo’lgan investitsiya muhitini yaratib berish kerak. Investitsiya muhiti iqtisodiyotda yangi tushuncha emas, ammo mustaqil O’zbekiston sharoitiga nisbatan ishlab chiqilmagan. Endi bu sharoitni yaratishga urinishlar bo’lmoqda. Bir qator rivojlangan davlatlar bu jarayonni ijobiy tarzda amalga oshirgan. Investitsiya muhitining ahamiyati, amaliy jihatdan, qaysi boyliklar va yo’nalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat yuritishlari to’g’risida tushuncha beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga nisbatan qanday munosabatda bo’lishni ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi.

Investitsiya muhiti- juda keng ma’noda ishlatiladigan tushuncha bo’lib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammolar va masalalarni o’z ichiga qamrab oladi. Investor tomonidan ma’lum bir davlatga investitsiya qilishning qulay va noqulay tomonlari baholanadi, shu bilan bir qatorda, o’z kapitalini kiritmoqchi bo’lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi. Investitsiya muhiti har tomonlama chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya riski aniqlanadi. Investitsiya muhiti va risk darajalari bir-birlariga teskari nisbatdadir. Investitsiya muhiti qanchalik qulay bo’lsa, investorning tadbirkorlik riski shunchalik past darajada bo’ladi va bu investorlarning kirib kelishini ko’paytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay bo’lsa, risk darajasi yuqori bo’ladi. Bu esa investitsiya qabul qiluvchining sarf-xarajatlarining o’sishiga olib keladi. Shunday qilib, investitsiya muhitining holati faqat investor uchun emas, balki investitsiya qabul qiluvchi uchun ham muhimdir.



Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish