16.05.2012 y.
Xorazm viloyatini 2012 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot
Ishlab chiqilgan Dasturlar asosida 2012 yilda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha viloyatga jami 259 ta loyiha bo‘yicha umumiy hisobda 140,8 mlrd.so‘m. O‘z mablag‘i hisobiga 44,1 mlrd.so‘m va 8,1 mln.AQSh dollari va bank krediti hisobidan (53,2 mlrd so‘m, 12,4 mln.AQSh dollari) o‘zlashtirib 2882 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 139 ta loyiha hisobiga 1312 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 120 ta loyiha amalga oshirilib 1570 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Bundan tashqari, 2012 yilda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yillik 3 foiz stavkalarda 1 mlrd. so‘m, tadbirkor ayollarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yillik 3 foiz stavkalarda 1 mlrd. so‘m miqdoridagi kreditlar ajratilishi belgilandi.
2012 yilda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha gaz quvurlarini qurish, mukammal ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish ishlariga 3456,5 mln.so‘mlik mablag‘lar sarflanadi. 30,62 km gaz quvurlari tortiladi.
Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha jami 294,14 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kVli xavo liniyalarini, 107 dona 6-10/0,4 kVli TP va 1 dona 35-110 kVli PSlarni o‘rnatish uchun jami 12,74 mlrd.so‘mlik mablag‘lari sarflanadi.
Ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha jami 186,8 km quvurlar tortishga 3640,2 mln.so‘m, 4759 ming.AQSh dollari sarflanadi.
Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2012 yilda Urganch shahridagi 14,4 km uzunlikdagi yo‘llarni ta’mirlash uchun jami 3,6 mlrd.so‘m sarflanadi.
Viloyatdagi mahalliy ahamiyatdagi ichki xo‘jalik yo‘llaridan 303,5 km yo‘l ta’mirlanadi va 20,4 mlrd.so‘mlik mablag‘lar sarflanadi.
Xorazm viloyatida 2012 yilda manziliy ro‘yxatiga kiritilgan meliorativ ob’ektlarni tizimli ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha jami (910,5 km) 8,7 mlrd.so‘m mablag‘o‘zlashtiriladi.
Viloyatdagi suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi kanal va kollektorlarga 23 dona transformator, 15,8 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari quriladi.
“O‘ztransgaz” AK tomonidan Urganch shahrida qish mavsumida gaz tanqisligini yuzaga kelishini oldini olish, shaharning gaz ta’minoti xavfsizligini hamda shahar aholisini uzluksiz gaz bilan ta’minlash maqsadida texnologik jarayonga ta’sir qilmagan holda shaharga yaqin bo‘lgan gaz taqsimlash stantsiyalaridan zahira (rezerv) gaz quvurlarini tortib keltiriladi.
2012 yilda viloyatga 150 ta “Isuzu” rusumli avtobusi olib keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |