Sindikatli kreditlash va uning yuzaga kelish tarixi. Sindikatli kreditlash xususiyatlari.
Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi, usuli sinditsirlashtirilgan kreditlash (sindikatga uyushgan bir necha kreditorlarning kreditlari majmui) paydo bo’ldi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu so’zning aniq atamasi yo’qligi sababli, ko’pchilik hollarda moliyalashtirishning bu turini sindikatlashtirilgan kredit, deb ham ataladi.
Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog’liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o’rtasida taqsimlanishidadir.
Investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin bo’lgan kreditlar loyihaviy moliyalashtirishga kiradi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo’lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan foyda hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirish usullari G’arbiy Evropa mamlakatlarida o’tgan asrning 80-yillarining boshida turli xil moliyaviy operatsiyalarni bajarish maqsadida foydalana boshlandi. Bu operatsiyalar loyiha tashabbuschilariga qarz to’lovlariga bo’lgan xarajatlarni kamaytirishga, moliya-kredit institutlarining yordamidan foylanishga imkoniyat yaratgan edi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda loyihaviy moliyalashtirishning turli shakl va sxemalari asosida amalaga oshirilgan yirik loyihalarga misol qilib, loyihaviy moliyalashtirishning “sof” namunasi bo’lgan Buyuk Britaniyani Evropa kontengenti bilan bilashtiruvchi “Evrotunnel” loyihasini keltirishimiz mumkin. Mazkur loyiha davlat organlari va xalqaro tashkilotlar ishtirokisiz xususiy sektor investitsiyalari asosida amalga oshirilgan. Loyihani moliyalashtirishning umumiy qiymati 7 mlrd. funt sterlingni tashkil etib, loyihada 15 davlatdan 198 ta bank ishtirok etgan.
Jahon tajribasida loyihaviy moliyalashtirishning muhim tamoyillari quyidagilardan iborat: loyihani amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor bo’lgan ishonchli sheriklarning loyihada ishtirok etishi; yuqori malaka darajasida tayyorlangan texnik-iqtisodiy asosnoma va loyiha-smeta hujjatlari; loyihaning etarli darajada kapitallashuvi; loyiha qurilishi va ekspluatatsiyasining barcha aspektlarini mayda bo’laklar holida ishlab chiqilganligi; loyiha risklarining baholanishi va ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanishi; muayyan vaziyatga muvofiq ta’minot va kafolatlarning mavjudligi.
Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda sindikatli kreditlash shaklidan keng foydalaniladi. Amaliyotdagi kredit operatsiyalari jarayonida bank birinchi o’ringa qarz oluvchining kredit tarixini o’rganishga, uning iqtisodiy, moliyaviy ahvoliga va ta’minot turlari, garovga berilayotgan mulkni baholashga diqqat e’tiborini qaratsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa asosiy e’tibor loyiha tahliliga ajratiladi. Loyihaviy tahlilning asosiy ob’ekti, bu loyihaviy xujjatlar (loyihani texnik-iqtisodiy asosi)dir. Loyihaviy taxlilning asosiy maqsadi bu investitsion loyihasini moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini aniqlab berish, investitsion loyihasining smeta xarajatlari va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash hamda rikslarni baholash va samarali boshqarishdir. Shuningdek, alohida banklar ham kafil bo’lib chiqishlari mumkin. Bunday holat xalqaro kredit tashkilotlari yoki eksport-import kreditlarini sug’urtalovchi milliy agentliklar tomonidan loyiha moliyalashtirilganda ko’proq yuz beradi. Bunda sindikat-ishtirokchi banklar kreditor foydasiga akkredetiv ochishlari yoki kafolat berishlari mumkin.
Umuman olganda, sinditsiyalashtirilgan kredit deganda bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash. Yirik investitsiya loyihasi - umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir. Bank sindikati - sinditsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq banklar o’rtasida o’zaro kelishuv bo’lib, bunda etakchi bank - sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag’iga xizmat ko’rsatuvchi bank hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |