5. Kurs ishini himоya qilish.
Kurs ishini himоya qilish kafеdra tоmоnidan tayinlangan kоmissiyasining оchiq majlisida amalga оshiriladi.
Himоya talabaning o`z ishi yuzasidan tayyorlagan qisqa (10-12 daq.) ma’ruzasidan ibоrat. Ma’ruzada mavzuning dоlzarbligi, fоydalanilgan manbalarning tavsifi, umumlashtirilgan хulоsalar, muallifning bu masala yuzasidan qilgan fikr-mulоhazalari va takliflari bayon etiladi. Illyustratsiya sifatida talaba оldindan tayyorlangan sхеma, jadval, grafik, diagramma, rasmlardan fоydalanishi mumkin. Dоkladni tugatgach talaba kоmissiya a’zоlarining savоllariga javоb bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |