Daromadlilik indeksi. Sof daromad va sof joriy daromadlarni hisoblashda foydalaniladigan dastlabki investitsiya xarajatlari yana bir yordamchi ko’rsatkich – daromadlilik indeksini tuzishda ham ishlatiladi. Bu ko’rsatkich loyiha xarajatlariga nisbatan qaytimni ifodalaydi. Ko’zda tutilgan xarajatlar tarkibiga qarab investitsiyalar daromadlilik indeksi yoki xarajatlar daromadlilik indeksini tuzish mumkin. O’z navbatida, ularning har birini ikki xil ko’rinishda: real va diskontlangan pul oqimi boyicha tasvirlash mumkin.
Muvofiq ko’rsatkichlarning bir-biridan farqlanashi muqarrar hol. Shu sababdan, loyiha samaradorligini daromadlilik indeksi vositasida tavsiflaganda, albatta, u qaysi metod boyicha baholanganini ta’kidlab o’tish lozim. Bu ko’rsatkichlar turli loyihalar boyicha qiyoslanishi esa bir xil uslubdan foydalanishga olib keladi.
Samaradorlikni baholashning konsepsual sxemasi Investitsion loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayonida asosan loyihada investorlar sifatida qatnashuvchi qator subektlar ishtirok etadilar. Investitsion jarayonda turli qatnashuvchilarning iqtisodiy manfaatlari, ayniqsa, ularning shakllanish manbaalari o’zaro mos tushmaydi.shu sababdan bu guruhlarning har biri uchun loyihani baholash zarurati tug’uladi. Shuni yana bir bor ta’kidlash lozimki, ko’rsatkichlar tizimi, ularni hisoblash algoritmi barcha holatlarda ham bir xil amalga oshiriladi. Farqlar mos keluvchi real pul mablag’lari va samaradorlikni aniblab beruvchi ma’lumotlar bazasidan iborat bo’ladi. Samaradorlikning ikki turi va ularga mos keluvchi ko’rsatkichlarni ajratib olish asosida loyiha samaradorligini baholashning ikki bosqichda amalga oshirilishi tavsiya etiladi. Birinchi bosqichda to’laligicha loyiha samaradorligi aniqlanadi. Agarda u samarali bo’lib chiqsa unda ikkinchi bosqich – loyihada ishtirok etish samaradorligini baholash bosqichiga o’tiladi.
Birinchi bosqichning vazifasi loyiha o’z mablag’lari hisobidan moliyalashtirila olish va kredit jalb qilmaslik taklifidan kelib chiqqan holda to’laligicha samaradorlikni aniqlashdir (ko’p hollarda bu taklif samaradorlikxarakteristikasini pasayishiga olib keladi).
Bu yondashuvloyihada belgilan texnik-texnologik va tashkiliy yechimlar kabilarda o’z aksini topuvchi loyiha samaradorligini tasavvur qilishga imkon beradi. Loyihaning bunday tavsifi uning taqdimoti va loyihani joriy etishda ishtirok etuvchi potensial investorlarni jalb etish uchun zarurdir.