.
Xorijiy investitsiyalarni moliyalashtirish usullari.1
1-rasm
Ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslar mahalliy hokimiyat idoralarida tadbirkorlar sifatida ro’yxatga olinishi hamda fond bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga va litsenziyaga ega bo’lishi lozim. Malaka shahodatnomasi 3 yil muddatga beriladi. Investitsiya institutlarining ikkinchi o’ziga xos xususiyati shundaki, ularni xodimlarining asosiy tarkibi, xususan:
investitsiya institutlarining rahbarlari;
investitsiya institutlarining qimmatli qog’ozlar bilan investitsiya instituti nomidan bitimlar tuzishda bevosita ishtirok etuvchi, shuningdek, mijozlar bilan ishlovchi mutaxassislari fond bozorining ahvoli uchun mas’ul bo’lgan organda majburiy ravishda shahodatlashdan o’tishlari kerak.
Investitsiya fondlarining faoliyati tahlili.
XIF o’z pul mablag’lari bilan xususiylashtirilayotgan korxona aktsiyalari paketi qiymatining 30 foizini to’laydi, aktsiyalar paketi qiymatining qolgan 70 foizi esa, kredit hisobidan sotib olinadi. Kreditlarni qaytarish kredit berilgan yildan keyingi ikkinchi yildan boshlab XIF tomonidan pul mablag’larining Davlat Mulki qo’mitasining maxsus hisob raqamiga o’tkazilishi yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlat krediti bo’yicha qarzlar qaytarilganidan so’ng XIF oddiy investitsiya fondiga aylantirilishi mumkin. Bunda ushbu investitsiya fondi xususiylashtirilayotgan korxonalarning aktsiyalarini ularning nominal qiymati bo’yicha xarid qilish va yangi davlat kreditini olish huquqini yo’qotadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda investitsiya va xususiylashtirish fondlariga o’xshash tashkilotlar moliyaviy jihatdan barqaror sanaladi, chunki ular mablag’larining turli korxonalarga sarflanishi diversifikatsiyasi qonuniy tartibda ta’minlanadi, faoliyatning cheklanishi esa XIFlarga tijorat xususiyatidagi xatolarni qilmaslik imkonini beradi. Bunday tashkilotlarning shtatida turli xil korxonalarning istiqbollarini, aktsiyalar portfelini to’g’ri ta’minlay oladigan yuqori saviyali mutaxassislarning albatta ishtirok etishi fondlar aktsiyadorlariga yakuniy hisobda, hech bo’lmaganda, dividendlarning o’rtacha me’yoriga ega bo’lish imkonini beradi. Iqtisodiyoti o’tish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda xususiylashtirish investitsiya fondlarining zarar ko’rib faoliyat ko’rsatishi va bankrotlikka uchrashi ehtimol mavjud chunki xususiylashtirilgan korxonalarning hammasi ham dividendlarning etarli miqdorini ta’minlay oladigan darajada daromadli emas.
O’zbekistonning qonun hujjatlarida shu narsa ko’zda tutilganki, agar XIF inqirozga uchrasa bo’lsa yoki boshqa sabablarga ko’ra tugatilsa, uning aktivlari tugatish komissiyasi tomonidan ochiq kimoshdi savdosi shaklida tarqatiladi, unda xususiylashtirilayotgan korxonalarning aktsiyalarini xarid qilish huquqiga ega bo’lgan har qanday shaxs ishtirok etishi mumkin. O’zbekistonda 1998 yilning kuzidan boshlab investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar aktsiyalari bo’yicha olgan daromadlari soliqlar, yig’imlar va byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlardan ozod qilingan. Fond tomonidan xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarini sotib olishga yo’naltiriladigan daromadlar ham soliqqa tortilmaydi.
4-rasm. Eng ko’p investitsion banklar qayerda ko’p joylashganligi2.
Xitoy eng ko'p investitsiya fondi aktivlariga ega davlatlar ro'yxatida yuqoriga ko'tarildi. 2020-yilning 1-choragi holatiga ko‘ra, Xitoy mamlakatda qonuniy ravishda tashkil etilgan global investitsiya fondi aktivlari ulushini o‘tgan chorakdagi 3,2 foizdan 4,1 foizgacha oshirib, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya, Braziliya va Yaponiyani ortda qoldirishi mumkin. Yaqinda xorijiy kompaniyalar uchun to'liq ochilgan Xitoy bozori aktiv menejerlarini tezda jalb qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |