2. Investitsiya siyosati: uning mazmuni, roli, asosiy yo’nalishlari va amalga oshirish bosqichlari.
Davlat investitsiya siyosati - bu iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o’tish, ustivor investitsion loyihalarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig’indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko’proq ustivorlik kichik biznes sub’ektlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzishga qaratiladi. Davlat investitsiya siyosati mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.
Davlat investitsiya siyosatining ustivor yo’nalishlari deb quyidagilar hisoblanadi:
- investitsiyalar, ular harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo’yicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilik-huquqiy bazasini takomillashtirish;
- iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni yurgizish;
- investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
- davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish funktsiyalarini yanada takomillashtirish.
Hozirgi kunda O’zbekistonda iqtisodiyotning barcha sohalarida o’zgarishlar, tarkibiy islohotlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, Davlatning investitsion siyosati, uning ustivor yo’nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog’liq. Mustaqillikning qisqa davrida investitsion faoliyatni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o’tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda.
O’tgan yillar mobaynida olib borilgan ijobiy investitsion o’zgarishlar natijasida mamlakatimizda qator investitsion ob’yektlar ishga tushirildi. Bularga misol sifatida, Asakadagi UzAvtoMotors, Navoiydagi Zarafshon Nyumont, Samarqandagi Samavto, Toshkent viloyatidagi UzDongju, Buxorodagi neftni qayta ishlash korxonalarini keltirish mumkin.
O’zbekistonda Davlat investitsiya siyosati rivojlanishi quyidagi IV bosqichni o’z ichiga oladi.
1-bosqich: 1991-1994 yillar, 2-bosqich: 1995-2003 yillar; 3-bosqich: 2003- 2008 yillar, 2008 y. - hozirgi davr.
1-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
- turli mulkchilik shakllarini yaratish borasidagi investitsion jarayon nomarkazlashtirish tadbirlar amlga oshirila boshlandi;
- xususiy moliyalashtirish manbalariga ega bo’lmagan ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi ob’ektlarni byudjetdan moliyalashtirish saqlab qolindi;
- xususiy mulkchilikni joriy etish tadbirlari olib borildi.
2-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
- qonunchilik bazasi yaratildi;
- konkurs asosida loyihalarni moliyalashtirishga o’tildi;
- xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari amalga oshirila boshlandi;
- iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar kiritilishi kuchaytirildi;
- investitsion loyihalarni amalga oshirishda turli moliyalashtirish manbalari qo’llanila boshlandi.
3-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
- valyuta munosabatlari va operatsiyalari liberalizatsiyalashtirilildi;
- xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish va ular manfaatlarini himoyalash bo’yicha muhim hujjatlar qabul qilinindi;
- korxonalarning texnik qurollantirilishi kuchaytirilildi;
- eksportga mo’ljallangan va import o’rnini qoplovchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihalarni moliyalashtirishga ustivorlik berilildi.
4-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar oshirilmoqda va rejalashtirilgan:
- inqirozga qarshi choralar qo’llanilmoqda;
- banklarning investitsion faolligi kuchaytirilmoqda;
- erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilmoqda;
- valyuta bilan bog’liq ishlar muvofiqlashtirilmoqda;
- investitsiya faoliyatlari takomillashtirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |