Investitsion loyihalar fanidan mustaqil ish



Download 86,5 Kb.
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi86,5 Kb.
#216940
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Investitsion loyihalar fanidan

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 84-modda; 2003 y., 6-7-son, 93-modda)

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning respublikaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga hamda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga qo‘shadigan hissasini oshirish maqsadida:

1. Belgilansinki, eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy va investitsiya siyosatidagi muhim ustuvorlik hisoblanadi.

2. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida xorijiy investorlarning mulkka va olingan daromadni olib ketishga bo‘lgan huquqi himoya qilinishini ta’minlovchi, ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratuvchi kafolatlar va imtiyozlarning keng tizimi belgilanganligi ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar chiqarish, hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash taqiqlansin.

Tegishli idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyatiga eng avvalo xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga va qo‘shma ishlab chiqarishlar soni ko‘payishiga ko‘maklashishlariga va rag‘batlantirishlariga qarab baho berilishi haqida ogohlantirib qo‘yilsin.

3. «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalariga mansub deb hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.

4. Eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun 1996 yil 1 iyundan boshlab quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinsin:



  • ularga ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun soliq krediti olish huquqi berilsin, ya’ni byudjetga to‘lanadigan foydadan olinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i va er solig‘i yuzasidan to‘lovlar ikki yilgacha muddatga kechiktirilsin;

  • ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi kamida 500 ming AQSh dollarini tashkil etgan korxonalar mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 16 iyuldagi PF-3276-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 6-7-son, 93-modda)

6. O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab chiqarish faoliyati sohalari, respublika hududlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish bo‘yicha investitsiya takliflarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik, «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor investitsiya takliflari ro‘yxatini chet el elchixonalari va vakolatxonalariga, manfaatdor xorijiy banklarga, firmalar va kompaniyalarga etkazsinlar.

7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi hamda Fan va texnika davlat qo‘mitasi Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birga xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlashning yagona tizimini 1996 yil oxirigacha ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar:



  • respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishi va borishi, iqtisodiyotga investitsiya qo‘yishning shartlari va ustuvor yo‘nalishlari, imtiyozlar va kafolatlarning, investorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning amaldagi tizimi bilan xorijiy investorlarning keng doirasini tanishtirish;

  • xorijiy investorlarni zarur qonunchilik va normativ hujjatlar, yo‘riqnoma va axborot-ma’lumot materiallari bilan ta’minlash;

  • axborot tarmog‘ini hamda ustuvor investitsiya takliflarini va mamlakatimizdagi va chet eldagi potensial sheriklar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.

8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy milliy banki hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.

9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi soddalashtirilgan viza rejimini, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar takliflariga binoan va ish yuzasidan sherikchilik aloqalari o‘rnatish uchun keluvchi chet el fuqarolari va mutaxassislarining kelishlari va ketishlari, yashashlari hamda respublika hududi bo‘ylab yurishlari tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.

10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti

I. KARIMOV


Download 86,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish