Investitsion faoliyating iqtisodiy mohiyati va uning o’zbekiston iqtisodiyotida tutgan o’rni



Download 414,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana30.12.2021
Hajmi414,68 Kb.
#194429
1   2
Bog'liq
134-Article Text-402-1-10-20201017

Kalit so’zlar:  Investitsiya, investitsion faoliyat, investitsiya jarayoni, ob’yekti, 

sub’ekti, investitsion siyosat, davlat investitsiya dasturi. 



 

THE ECONOMIC SIGNIFICANCE OF INVESTMENT ACTIVITY AND ITS 

ROLE IN THE ECONOMY OF UZBEKISTAN 

 

Nuranov Ilxam Baxadir o’gli 

ilxamnuranov@gmail.com 

Nukus branch of Tashkent State Agrarian University 

Sayfullayeva Shahzoda Orif qizi 

shakhzodasayfullaeva@gmail.com 

NUU  

 

Abstract:  This  article  provides  information  on  the  economic  content  of 



investment activities, its role as an important factor in ensuring sustainable economic 

growth and public administration in pursuing an active investment policy, as well as 

investment processes in the economy of Uzbekistan. 

Keywords: Investment, investment activity, investment process, object, subject, 

investment policy, public investment program. 



  

Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  investitsiya  faoliyati  muhim 

ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya’ni iqtisodiyotning 

rivojlanishi va iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga 

bog’liq.  Har  qanday  jamiyatning  baraqaror  iqtisodiy  jivojlanishini  investitsiyalarsiz 

tasavvur  etib  bo’lmaydi.  Ayniqsa,  bugungi  kunda  bu  narsa  yaqqol  namoyon 

"Science and Education" Scientific Journal

Volume 1 Issue 4

July 2020

50

www.openscience.uz




bo’lmoqdaki,  har  qanday  mamlakatning  bundan  keying  yuksalishi  investitsiyalarni 

jalb etish holatiga bog’liq. 

«Investitsiya»  atamasi  lotin  tilidagi  «invest»  so`zidan  kelib  chiqqan  bo`lib 

«qo`yish»,  «mablag`ni  safarbar  etish»,  «capital  qo`yilmasi»  ma`nosini  beradi.  Keng 

ma`noda  investitsiya  mablag`ni  ko`paytirib  va  qaytarib  olish  maqsadida  kapitalni 

safarbar  etishni  bildiradi.  Ko`pgina  hollarda  «investitsiya»  tushunchasi  iqtisodiy  va 

boshqa  faoliyat  ob`ektlariga  kiritiladigan  moddiy  va  nomoddiy  ne`matlar  hamda 

ularga  doir  huquqlar  tarzida  ta`riflanadi.  Investitsiya  deganda  barcha  turdagi 

milliy  va  intelektual  boyliklar  tushunilib,  ular  tadbirkorlik  faoliyati  ob`ektlariga 

yo`naltirilib  daromad  keltirishi  yoki  birorbir  ijobiy  samaraga  erishishi  zarur. 

Investitsiya  kiritishdan  asosiy  maqsad  daromad  olish  va  ijobiy  ijtimoiy  samaraga 

erishishdir. 

Investitsiyalarning  iqtisodiyotdagi  o’rni  beqiyosligi  uning  aniq  mohiyatini 

o’rganib  chiqishni  talab  qiladi.  Iqtisodiy  log’atda  “Investitsiyalar  –  kapitalni  uzoq 

muddatli  qoyilmalar  tariqasida  sanoatga,  qishloq  xo’jaligiga  va  boshqa  tarmoqlarga 

sarf qilinadigan xarajatlar yig’indisini aks ettiradi”,-deb tariflangan. 

Ishlab  chiqarish  nazariyasi  va,  umuman,  maqroiqtisodiyotda  investitsiyalar 

yangi  kapitalni  (ishlab  chiqarish  vositalarini  hamda  inson  kapitalini  qo’shib 

hisoblaganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real 

yoki moliyaviy aktivlarni olish tushiniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi 

kelajakda  daromad  olishdir.  Demak,  bizningcha,  “Investitsiyalar  –  bo’sh  turgan 

kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga keltirishdir” 

Bizga  ma’lumki,  iqtisodiy  o’sish  investitsiya  resurslarisiz  bo’lishi  mumkin 

emas,  bu  resurslar  o’z  mohiyati  bilan  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishga  qaratilgan 

mablag’dir.  Pul  mablag’lari  shaklidagi  investitsiyalar  nominal  investitsiyalardir.  Bu 

investitsiyalar  moddiylashib,  amalda  ishlab  chiqarishga  jalb  etilgandan  so’ng  real 

investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. 

O’zbekiston  Respublikasining  “Investitsiya  faoliyati  tog’risida”gi  qonunida 

investitsiyalar  tayinlangan  ob’yekti  bo’yicha  tabaqalashtirilgan.  Shunga  muvofiq 

investitsiyalar quyidagi turlarga ajratilgan. (1-rasm)  

 

 

1-rasm. Investitsiyalarning tasniflanishi  



 

 

"Science and Education" Scientific Journal



Volume 1 Issue 4

July 2020

51

www.openscience.uz




 Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi: 

•  Birlamchi  (avaylangan)  jamg’arilgan  kapitalni  ko’paytirish  maqsadida 

kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish; 

•  Investitsion  loyihalarni  amalga  oshirish  jarayonida  investitsiya  faoliyati 

ishtirokchilari o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar. 

Investitsiyalar  –  bu  hali  buyumlashmagan,  lekin  ishlab  chiqarish  vositalariga 

qo’yilgan  kapital.  O’zining  moliyaviy  shakliga  ko’ra,  ular  foyda  olish  maqsadida 

xo’jalik  faoliyatiga  qo’yilgan  aktivlar  hisoblansa,  iqtisodiy  xususiyatiga  ko’ra,  u 

yangi  korxonalar  qurishga,  uzoq  muddatli  xizmat  ko’rsatuvchi  mashina  va  asbob 

uskunalarga  hamda  shu  bilan  bog’liq  bo`lgan  aylanma  kapitalning  o`zgarishiga 

ketgan  harajatlardir.  Investitsiyalar  xususiy  sektor  va  davlat  tomonidan  mamlakat 

ichkarisida  va  uning  tashqarisida  turli  ishlab  chiqarishlarga  va  qimmatbaho 

qog’ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo’yilishi mumkin. 



Investitsiya  jarayoni  –  bo’sh  sarmoyaga  ega  bo’lganlar  bilan  sarmoya  talab 

qilayotganlarning  uchrashish  jarayoni.  Ikkala  tomon,  odatda,  moliyaviy  institutlarda 

yoki  moliyaviy  bozorda  uchrashadilar.  Ayrim  vaqtda,  xususan,  mulkiy  qiymatlar 

(masalan, ko’chmas mulk) bilan bitim imzolanganda sotuvchi va xaridorlar bevosita 

muomalaga kirishadilar. 

Investitsiya  ob’yekti  deyilganda,  mablag’larni,  yaniy  qonun  doirasidagi  barcha 

boyliklar  safarbar  qilinayotgan  ob’yektlar  tushiniladi,  ular  yangi  korxonalar  yoki 

amalda  faoliyat  yuritayotgan  korxonalar,  qimmatli  qog’ozlar,  bank  depozitlari, 

intellektual mulk va boshqalar bo’lishi mumkin. Investitsiya subyektlari – investitsiya 

faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va intellektual boyliklarga ega bo’lgan jismoniy, 

huquqiy shaxslar va davlatdir. 

Odatda,  har  qanday  investitsion  faoliyat  muayyan  maqsadga  yo’naltirilgan, 

mukammal  darajada  yaratilgan  investitsiya  g’oyasiga  asoslanadi.  Mukammal 

darajada shakllantirilgan va asoslangan investitsiya g’oyasi investitsiya loyihasining 

qaror topishiga olib keladi. 

Investitsiya  loyihasi  tushunchasini  uning  yo’naltirilgan  maqsadini  amalga 

oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish jarayonini, 

ob’ektlarni  barpo  etish  va  ishga  tushirish  jarayonini,  moddiy,  moliyaviy,  mehnat 

resurslarining  harakatini,  shuningdek,  tegishli  boshqaruv  qarorlari  va  tadbirlarni 

o’zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir. 

Hozirgi  kunda  O’zbekiston  iqtisodiyotining  barcha  sohalarida  o’zgarishlar, 

tarkibiy  islohatlar  olib  borilmoqda.  Bunday  islohotlarning  olib  borilishi  bevosita 

mamlakatdagi  investitsion  jarayon,  davlatning  investitsion  siyosati,  uning  ustuvor 

yo’nalishlari  va  mamlakatdagi  korxonalar  investitsion  faolligiga  bog’liq. 

Mustaqilligimizning  qisqa  davrida  investitsion  faollikni  oshirish,  uni  kuchaytirish 

"Science and Education" Scientific Journal

Volume 1 Issue 4

July 2020

52

www.openscience.uz




borasida  qator  amaliy  chora-tadbirlar  o’tkazildi, investitsion  faoliyatni  tartibga  solib 

turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda. 

Bu yo’lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. Chunki investitsiyalar 

iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni 

qayta  ta’mirlash  ishlarini  amalga  oshirishni  rag’batlantiradi,  mamlakat  eksport  va 

import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Shu jihatdan O’zbekiston davlati o’z 

investitsiya siyosatini olib bormoqda. 

Investitsiya  siyosati  –  bu  iqtisodiyotning  ustuvor  tarmoqlarini  rivojlantirish, 

qo’llab-quvatlash,  markazlashgan  investitsiya  jarayonidan  nomarkazlashgan 

investitsiya  jarayoniga  o’tish,  ustuvor  investitsion  loyihalarni  qo’llab-quvvatlashga 

qaratilgan  mexanizm,  uslublar  yig’indisi  hisoblanadi.  Davlat  investitsiya  siyosatini 

amalga  oshirishda  ko’proq  ustuvorlik  kichik  biznes  subyektlari,  xorijiy  investitsiya 

ishtirokidagi  korxonalar  tuzishga  hamda  mavjud  kamchiliklarni  bartaraf  etish, 

muammolarni tezkorlik bilan  hal  etish  va shu  asnoda  investitsiya  ishtirokchilarining 

erkin  harakat  qila  olishlari  uchun  qulay  iqtisodiy,  investitsion  muhit  yaratishga 

qaratilgan. 

Davlat investitsiya siyosati hududlar, tarmoq va korxona investitsiya siyosatidan 

tarkib  topib,  ular  o’zaro  bag’liqdir.  Hududlar  investitsiya  siyosati  investitsiyani 

sariflashda  aholi,  hudud  va  investor  manfa’tlarini  hisobga  olgan  holda  samarali 

ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladiga chora-tadbirlar majmuyi. Tarmoq 

investitsiya  siyosati  esa  bu  mamlakat  iqtisodiyotining  rivojlanishini  ta’minlovchi 

tarmoqlar,  sanoat  mahsulotlarini  eskport  qilish,  import  o’rnini  bosuvchi  ishlab 

chiqarishni yo’lga qo’yish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan qo’llab-

quvvatlash hisoblanadi.  

O’zbekiston  iqtisodiyotiga  investitsiyalar  kiritish,  avvalo,  ichki  manbalarni 

safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya 

qilish,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlash,  transport  va  aloqa  sohasini  yanada 

rivojlantirish  hamda  ijtimoiy  infratuzilma  ob’yektlarini  barpo  etish  hal  qiluvchi 

ustuvor yo’nalishlarga aylandi. 

Respublika  iqtisodiyotining  ustuvor  tarmoqlarida  investitsiya  loyihalarini 

amalga  oshirishning  zaruriyati  quyidagilardan  kelib  chiqadi:  ishlab  chiqarish 

quvvatlarining  jismoniy  va  ma’naviy  eskirganligi,  ularning  qayta  tiklashga  yoki 

texnik  jihatdan  qayta  jihozlashga  yoki  umuman  yangilashga  oid  bo’lib 

qolganligi;  sanoat  tarmog’ida  moddiy  texnika  bazasining  o’ta  pastligi  va 

ko’pgina  zarar  ko’rib  ishlaydigan  korxonalarning  mavjudligi;  respublika  milliy 

daromadida  jamg’arish  bilan  iste’mol  o’rtasidagi  nisbatning  iste’mol  tomonga 

ko’plab  sarflanayotgani  va  jamg’arishning  investitsiya  manbayi  sifatida  kamayib 

borayotganligi;  O’zbekistonning  tabiiy  boyliklarga  boyligi  va  bu  erda  ko’plab 

qayta  ishlovchi  korxonalarni  qurish  imkoniyating  mavjudligi;  aholi  sonining 

"Science and Education" Scientific Journal

Volume 1 Issue 4

July 2020

53

www.openscience.uz




o’sib  borayotganligi  (mehnat  resurslari)  va  kichik  zamonaviy  ixcham  korxonalarni 

barpo  etish,  ularni  mehnat  resurslarining  manbayi  bo’lmish  qishloqqa 

yaqinlashtirish 

zarurligi; 

respublika  eksportida  xom  ashyo  salmog’ini 

kamaytirish  va  ko’plab  tayyor  mahsulotlar  chiqarish  imkoniyatiga  ega  bo’lish 

zarurligi va boshqalar.  

 

2-rasm. Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar 



Investitsiya 

faoliyatining 

rivojlanishida 

turli 


manabalar 

hisobidan 

mablag’larning  jalb  etilishi  holati  o’rganilishi  va  ular  hisobiga  investitsiyalarni 

moliyalashtirish holatining  rivojlanishini tahlil  qilish  muhim  ahamiyat kasb  etadi va 

quyidagi  jadvallarda  so’nggi  yillarda  turli  manbalar  hisobiga  investitsiyalarning 

moliyalashtirilish tarkibi va uning o’zgarishi keltirilgan. 

Asosiy kapitalga investitsiyalarning hududiy tarkibida hamon Buxoro, Toshkent 

shahri va Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Qashqadaryo viloyati asosiy 

kapitalga  investitsiyasi  Samarqand  viloyatidan  qariyb  59%  ga  ko’p  ya’ni  3533.1 

mlrd.  so’mni  tashkil  qilmoqda.  Buxoro  viloyati,  Toshkent  shahri  va  Qashqadaryo 

viloyati  jami  qolgan  viloyatlar  ko’rsatkichidan  farqi  5.4%  ni  quramoqda.  Bu 

ko’rsatkich bo’yicha Sirdaryo va Jizzax eng oxirgi o’rinlarda qolyabdi.(2-rasm) 

"Science and Education" Scientific Journal

Volume 1 Issue 4

July 2020

54

www.openscience.uz




 

3-rasm. Yanvar-sentabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha asosiy kapitalga 

investitsiyalar (jamiga nisbatan % da) 

Turar-joy  qurilishi,  tashish  va  saqlash  kabi  faoliyat  turlariga  investitsiyalar 

ulushi  2017-yilda  2016-yil  mos  davridagiga  nisbatan  kamaygan  bo`lsa,  tog’-kon 

sanoati, ishlab chiqarish sanoati, elektr va gaz bilan ta’minlash kabi faoliyat turlariga 

investitsiyalar hajmi ortdi.(3-rasm) 

 

 



4-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyaning 5-rasm. Asosiy kapitalga xorijiy takror 

ishlab chiqarish tarkibi investitsiyalar tarkibi mlrd.so’m 

O’zlashtirilgan  xorijiy  investitsiya  va  kreditlarning  asosiy  qismini,  79,7%  ini 

to’g’ridan-to’g’ri  xorijiy  investitsiya  va  kreditlar  tashkil  etgan  bo’lsa,  18,1%  ini 

O’zbekiston  Respublikasi  kafolati  ostidagi  xorijiy  kreditlar  va  2,2%  ini  boshqa 

investitsiya va kreditlar tashkil qilmoqda.(5-rasm) [4] 

"Science and Education" Scientific Journal

Volume 1 Issue 4

July 2020

55

www.openscience.uz




Xulosa  qilib  shuni  aytishimiz  mumkinki,  investitsiya  loyihalarini  amalga 

oshirish  orqali  iqtisodiyotda  tub  o’zgarishlarni  amalga  oshirish  imkonini  beradi 

va  bu  iqtisodiyotda  yangi  ish  o’rinlarini  tashkil  etish  va  rivojlanish  garovi  bo’lib 

xizmat  qiladi.  Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoyitida  Yurtimizga  zamonaviy 

texnoligiyalar  olib  kelib,  sanoat  ishlab  chiqarishini  yangilash  va  modernizatsiyalash 

jarayonlarini  olib  borishni  investitsiya  faoliyatisiz  tasavvuz  etib  bo’lmaydi. 

Investitsiya  loyihalarini  jalb  qilish  nafaqat  davlat  iqtisodiyotini  yuksaltiradi,  balki 

aholi  turmish  darajasini  yaxshilashda  ham  katta  samara  beradi.  Yani  maishiy 

muhtojliklarning  katta  bo’limi  qanoatlantiriladi,  ishlab  chiqarish  kengayadi,  yangi 

mehnat  kuchlari  shakillanadi,  eski  va  og’ir  mehnat  turmishidan  yangi,  yengil  va 

samarali  mehnat  faoliyatiga  o’tiladi.  Davlatning  kelajakdagi  iqtisodiy  yuksalish 

darajasini  bugingi  jalb  qilingan  investitsiya  loyihalari  va  investitsion  jarayonlar 

belgilab beradi. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

1. Sh.Q.Fozilchaev, N.G’. Xidirov “Investitsiya va lizing asoslari”; 

2.  O’zbekiston  Respublikasining  2014-yil  29-oktyabr  “Investitsiya  faoliyati 

to’g’risida “gi qonunining yangi tahriri; 

3.  A.N.Jo’raev  “Investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish  manbalari  qiymatini 

baholash” ; 

4. www.stat.uz Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. 

 

References 

1. Sh.Q.Fozilchaev, N.G’. Xidirov “Investitsiya va lizing asoslari”; 

2.  O’zbekiston  Respublikasining  2014-yil  29-oktyabr  “Investitsiya  faoliyati 

to’g’risida “gi qonunining yangi tahriri; 

3.  A.N.Jo’raev  “Investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish  manbalari  qiymatini 

baholash”; 

4. www.stat.uz Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. 

 

 



"Science and Education" Scientific Journal

Volume 1 Issue 4

July 2020

56

www.openscience.uz



Download 414,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish