investitsiyalar, eng avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish borasida qulay shart-sharoitlarni
shakllantirish;
maxsus industrial zonaga kiruvchi mintaqaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali
foydalanishni ta’minlash, mineral-xomashyo resurslarini yanada chuqurroq qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlab
chiqarishlarni
barpo etish;
maxsus industrial zona va umuman respublika korxonalari o‘rtasida mustahkam kooperatsion aloqalar o‘rnatish
hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuksak
texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini
chuqurlashtirish;
transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hamda samarali foydalanish,
“Angren” logistika markazi salohiyatini, yuklarni avtomobil va konteynerlarda tashish borasida yaratilgan tizimni
yanada rivojlantirish hamda ulardan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlash.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
“Angren” maxsus industrial zonasining faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik
uzaytirilishi mumkin;
- 131 -
“Angren” MIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari
amal qiladi;
“Angren” MIZ qatnashchisi maqomi “Angren” maxsus industrial zonasi Ma’muriy kengashining qarori bilan
beriladi.
4. “Angren” maxsus industrial zonasining Ma’muriy kengashi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilinsin.
“Angren” maxsus industrial zonasi Ma’muriy kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat
deb hisoblansin:
korxonalarga “Angren” MIZ qatnashchisi maqomini berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
“Angren” MIZda loyihalarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar va idoralarning, xo‘jalik
birlashmalarining loyiha, tender va kontrakt hujjatlarini o‘z vaqtida tayyorlash hamda ularning ekspertizasini
o‘tkazish borasidagi ishlarini, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Angren” MIZ faoliyati bilan
bog‘liq masalalardagi
ishlarini muvofiqlashtirish;
ishlamayotgan korxonalarni va davlat egaligidagi mol-mulkni “Angren” MIZ qatnashchilariga nolga teng xarid
qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
“Angren” MIZning samarali faoliyat yuritishini tashkil qilish, “Angren” MIZ Direksiyasini shakllantirish va uning
faoliyati ustidan nazorat olib borish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
5. “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilari:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni, obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan, kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek,
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oshirish doirasida “Angren” MIZ hududiga Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va
materiallar boj to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab 3 yildan 7
yilgacha muddatga beriladi, shu jumladan ekvivalenti:
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha bo‘lganda – 3 yil muddatga;
3 million AQSH dollaridan ortib 10 million AQSH dollarigacha bo‘lganda – 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda – 7 yil muddatga beriladi.
6. Toshkent viloyati hokimligi “Angren” maxsus industrial zonaning Ma’muriy kengashi qarorlari bo‘yicha
belgilangan tartibda “Angren” MIZda loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun quyidagilarni ta’minlasin: