Investitsiya loyihasi – bu tashkiliy-huquqiy tizimlar yordamida biron-bir maqsadlarga erishishni taʼminlaydigan tadbirlar rejasidir
Investitsiya loyihasi – noturar binolarni qurish, qayta, taʼmirlash va shaharni ijtimoiy-ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida korxonalar texnologik asbob-uskunalarini, injenerlik taʼminotni yangilash qaratilgan tashkiliy-texnik hamda moliyaviy tadbirlar majmuidir.
Investitsiya loyihasi – foyda olish va/yoki kapitalni oʼstirish maqsadida pul mablagʼlari qoʼyiladigan aniq tadbirdir.
Investitsiya loyihasi – kapital qoʼyilmalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, hajmi va amalga oshirish muddatlarini asoslash, jumladan kerakli loyiha-smeta hujjatlar toʼplami hamda investitsiyalarni amalga oshirish boʼyicha amaliy harakatlar tavsifidir.
INVESTITSIYA LOYIHASI
Oʼzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonunining 3-moddasida quyidagicha taʼrif berilgan:
“investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, oʼzaro bogʼliq boʼlgan tadbirlar majmuiidir”.
INVESTITSIYA LOYIHASINI TUZISH VA AMALGA OSHIRISH UMUMIY HOLDA QUYIDAGI BOSQICHLARNI O’Z ICHIGA QAMRAB OLADI:
investitsiya loyihasi (iqtisodiy ko’rsatkichlar) monitoringini olib borish.
Investitsiya loyihasining boshqa hujjat va «loyiha»lardan asosiy farqi shundaki, u haqiqiy hujjat sifatida qaror topishi uchun uning barcha tomonlari maxsus usullar yordamida keng va aniq hisob-kitoblar bilan baholanadi.
Shu bilan birga, uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablag’larni safarbar etishga asoslanadi.
Investitsiya loyihasi orqali quyidagi masalalar hal etiladi:
sotuvning kelgusi bozori hajmi va istiqbollarini oʼrganish;
ushbu bozorga kerakli boʼlgan mahsulotni tayyorlash va sotish uchun zarur xarajatlarni baholash hamda ularni oʼz tovarlarni sotish mumkin boʼlgan narxlar bilan koʼzlangan ishning salohiyatli foydaliligini aniqlash maqsadida solishtirish; yangi ishni boshlashda barcha ehtimolli toʼsiqlarni aniqlash;
ular asosida korxona faoliyatini muntazam ravishda baholash mumkin boʼlgan belgi va koʼrsatkichlarni aniqlash