Инвестиция фаолияти ва инвестиция сиёсати
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja
Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qo’yilmalarning roli Nazariya va amaliyotda bir yildan ortiq xizmat qiluvchi vositalar asosiy fondlar, bir yilgacha xizmat qiluvchi vositalar aylanma mablag’lar sifatida tan olinadi. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati shundaki, moddiy-mulkiy qiymatlik ko’rinishidagi asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish jarayonida mehnat vositasi sifatida ko’p marotaba ishlatiladi (foydalaniladi) va ularning qiymati asta-sekin qismlarga bo’lingan holda tovar (mahsulot) bahosiga o’tib boradi. Asosiy fondlarning muhim xususiyati mehnat vositasi sifatida amal qilishi, ishlab chiqarish tsiklida ko’p marotaba ishlatilishi va ular qiymatining mahsulot bahosiga ko’chib o’tishi bilan tavsiflanadi. Asosiy fondlarni shakllantirishda kapital qo’yilmalar muhim o’rin egallab, bu muhimlik kapital qo’yilmalarning tarkibiy tuzilishidan kelib chiqadi. Kapital qo’yilmalarning tarkibiy tuzilishi quyidagilarni qamrab oladi: kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishi; kapital qo’yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi; kapital qo’yilmalarning tarmoq va hududiy tuzilishi. Kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishi Kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishi deganda kapital qo’yilmalarning xarajat turlari bo’yicha qandaydir ob’ekt qurilishiga ketgan xarajatlar tarkibi va uning jami smeta qiymatidagi ulushi tushuniladi. Mohiyat jihatdan, kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishi kelgusida barpo etilayotgan korxona ishlab chiqarish asosiy fondlarining aktiv va passiv elementlariga sarflangan xarajatlar nisbatini anglatadi Aktiv elementlar deganda, o’z qiymatini bevosita mahsulot yoki xizmatlar tannarxiga o’tkazuvchi, bevosita amortizatsiyalanuvchi elementlar va ob’ektlar tushuniladi, bularga texnologik uskunalar, mashina va qurilmalar qiymati misol bo’ladi. Passiv elementlar o’z qiymatini tannarx tarkibiga bilvosita kiritib boruvchi ob’ektlar va vositalar qiymatini anglatadi, ularga bino va imoratlar, mebel, ofis jihozlari, kompyuter texnikasi, moddiy va nomoddiy ob’ektlar misol bo’la oladi. Kapital qo’yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishiKapital qo’yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi deganda asosiy ishlab chiqarish fondlarining takror ishlab chiqarish shakllari bo’yicha umumiy smeta qiymatiga nisbati va taqsimlanishi tushuniladi. Bu holatda kapital qo’yilmalarning qancha qismi yangi qurilishga, qanchasi amaldagi ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish va ta’mirlashga yana qanchasi amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda modernizatsiya qilishga yo’naltirilayotganligini aniqlash mumkin. Takror ishlab chiqarish tuzilishini takomillashtirish amaldagi ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish va ta’mirlashga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarning hajmini oshirish bilan bog’liq bo’ladi. Nazariya va amaliyot tasdiqlashicha, yangi qurilishni amalga oshirishga nisbatan ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish va ta’mirlash foydaliroqdir Kapital qo’yilmalarning tarmoq tuzilishiKapital qo’yilmalarning tarmoq tuzilishi (tarkibi) deganda kapital qo’yilmalarning butunlay iqtisodiyot va sanoat tarmoqlariga nisbati va taqsimlanishi tushuniladi. Uni takomillashtirish, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini proportsional ravishda rivojlantirish bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotda kapital qo’yilmalarning roli:kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni barpo etish, amaldagi korxonalarni ta’mirlash va kengaytirish, korxonalarni texnik qayta qurollantirishning muhim va bosh omilidir; kapital qo’yilmalar yordamida iqtisodiyot tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning rivojlanish sur’atlarini tartibga solish amalga oshiriladi; kapital qo’yilmalar yordamida ijtimoiy xarakterdagi muammolar (uy-joy, ta’lim muassasalari, sog’liqni saqlash, madaniyat ob’ektlari qurilishi) bartaraf etiladi; kapital qo’yilmalar yordamida mamlakatning barcha iqtisodiy hududlarining rivojlanishi tartibga solinadi va boshq. Iqtisodiyotda kapital qo’yilmalarning roli:kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni barpo etish, amaldagi korxonalarni ta’mirlash va kengaytirish, korxonalarni texnik qayta qurollantirishning muhim va bosh omilidir; kapital qo’yilmalar yordamida iqtisodiyot tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning rivojlanish sur’atlarini tartibga solish amalga oshiriladi; kapital qo’yilmalar yordamida ijtimoiy xarakterdagi muammolar (uy-joy, ta’lim muassasalari, sog’liqni saqlash, madaniyat ob’ektlari qurilishi) bartaraf etiladi; kapital qo’yilmalar yordamida mamlakatning barcha iqtisodiy hududlarining rivojlanishi tartibga solinadi va boshq. Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli.Investitsiyalar makrodarajada quyidagilarni ta’minlaydi: – takror ishlab chiqarishni kengaytirish siyosatini amalga oshirish; – ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, uning sifati va hajminini oshirish; – ijtimoiy sohalarni (sog’liqni saqlash, ta’lim va boshq.) rivojlantirish; – aholi farovonligini ta’minlashda muhim bo’lgan uy-joy qurilishi, ichimlik suvi, gaz, elektr energiya bilan ta’minlash muammolarini hal etish;
– atrof-muhit va ekologiyaning ifloslanishining oldini olish; – umumjamiyat ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan qayta qurish va barcha iqtisodiyot tarmoqlarini bir maromda rivojlantirish; – iqtisodiyotning real sektori va etakchi tarmoqlarini rivojlantirish; – hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va ixtisoslashuvini mustahkamlash; – investitsiyalar importi va eksporti orqali milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasini kuchaytirish; – sanoat uchun zarur xom ashyo bazasini yaratish; – ishsizlik muammosini yumshatish yoki ma’lum darajada hal etish; – mamlakatning harbiy sanoat majmuini mustahkamlash; – davlatning mudofaa imkoniyatlarini ta’minlash; – boshqa qator muammolarni hal etish. Investitsiyalar mikrodarajada ham muhim rol o’ynadi. Bunda investitsiyalar, eng avvalo, quyidagi maqsadlarga erishish uchun zarurdir: korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish; asosiy fondlarning haddan tashqari jismoniy va ma’naviy eskirishiga yo’l qo’ymaslik; ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasini oshirish; korxona mahsuloti raqobatbardoshligini ta’minlash va uning sifatini oshirish; tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; qimmatli qog’ozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga o’z mablag’ini sarflash. Investitsiyalar mikrodarajada, pirovardida, korxonalarning kelgusida me’yorda faoliyat ko’rsatishi, barqaror moliyaviy holatini va maksimum (yuqori) foyda olishini ta’minlash uchun zarurdir. Download 1,77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |