Interyer loyihalash



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/39
Sana11.01.2022
Hajmi3,53 Mb.
#348678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
fayl 1869 20210920

MUNDARIJA 
Kirish ................................................................................................................................. 7 
HOSTELLAR .................................................................................................................. 10 
HOSTEL UCHUN XALQARO TALABLAR VA XORIJ ......................................... 13 
TAJRIBASI .................................................................................................................. 13 
HOSTELNI LOYIHALASHGA OID TALABLAR ................................................... 17 
HOSTELLARNI LOYIHALASHGA DOIR SANITARIYA TALABLARI .............. 22 
HOSTELNING INTERYER DIZAYNI ...................................................................... 24 
II BOB. MEHMONXONA ............................................................................................. 30 
MEHMONXONA VA XONALARNING XALQARO TASNIFI. ............................. 38 
MAXSUS JOYLASHTIRISH VOSITALARI ............................................................ 46 
MEHMONXONA BINOSINING DIZAYN TAMOYILLARI VA        
FUNKTSIONAL TUZILISHI ...................................................................................... 57 
MEHMONXONANI LOYIHALASHGA OID TALABLAR ..................................... 62 
MEHMONXONA ICHKI DIZAYNI .......................................................................... 78 
III BOB. KO'PTARMOQLI MARKAZLAR .................................................................. 85 
OFIS VA SAVDO MARKAZI .................................................................................... 89 
KO'PTARMOQLI TURAR-JOY MAJMUALARI ..................................................... 90 
KO'PTARMOQLI BINOLARNI JOYLASHTIRISH XUSUSIYATLARI ................ 91 
KO’PTARMOQLI MARKAZ BINOLARI DIZAYNING ASOSIY ME’YORLARI 94 
Atamalar lug’ati ............................................................................................................. 122 
ILOVA 1 SPIRAL ESKALATORLAR ........................................................................ 134 
Foydalanilgan adabiyotlar ............................................................................................. 139 
 


 

 
 
 
Kirish 
 
So’ngi  yillarda  Respublikamizda  olib  borilayotgan  ulkan  islohatlar  barcha 
sohalarni  jadallik  bilan  rivojlantirmoqda.  Davlatimiz  rahbari  tomonidan  turizim 
sohasini  rivojlantirishga  ham  alohida  etibor  qaratilmoqda.  Shu  O‘zbekiston 
Respublikasi  prezidentining  PF-5611  05.01.2019  yilda  qabul  qilingan  farmonini 
keltirib o’tmoqchimiz. “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga 
oid  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”.  Qarorga  muofiq  2019-2025-yillarda 
O‘zbekiston  Respublikasida  turizm  sohasini  rivojlantirish  Konsepsiyasini  amalga 
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Mazkur konseptsiyaning 3-
bob  2  bandiga  muofiq,  turizim  rivoji  uchun  hissa  qo’shadigan  barcha  turdagi 
arxitektura obyektlari, mexmonxonalar va hostellar, qurish va qayta tamirlash ishlari 
aniq belgilab qo’yilgan. 
2) turistlarning ehtiyojlari va talablarini inobatga olgan holda, mamlakatning 
barcha hududlarida turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani  rivojlantirish, 
xususan: 
talabni  inobatga  olgan  holda,  yangi  joylashtirish  vositalarini  qurish  va 
mavjudlarni rekonstruksiya qilish bilan bir qatorda yondosh infratuzilmani (umumiy 
ovqatlanish  obyektlari,  transport-logistika  tuzilmalari,  ko‘ngilochar  maskanlar 
industriyasi,  madaniy  va  sport  muassasalari,  turistik  namoyish  obyektlari  va 
boshqalarni) rivojlantirishga qaratilgan turizm industriyasini rivojlantirish bo‘yicha 
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish
mehmonxonalar  va  boshqa  turizm  infratuzilmasi  obyektlarini  qurishga  oid 
loyihalarni  amalga  oshirish  mexanizmini  soddalashtirish,  tadbirkorlarga  o‘z 
xizmatlarining  sifatini  oshirish  uchun  qo‘shimcha  shart-sharoitlar  yaratish, 
shuningdek, jahonga mashhur mehmonxona biznesi brendlarini O‘zbekistonga jalb 
qilishni rag‘batlantirish; 


 

 
 
 
joylashtirish vositalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, yirik, o‘rta, kichik 
mehmonxonalar  va  xostellarni  qurishni  rag‘batlantirish  hamda  mavjud 
mehmonxonalarni  rekonstruksiya  va  modernizatsiya  qilishga  alohida  e’tibor 
qaratish;  zamonaviy  xalqaro  standartlarni  hisobga  olgan  holda  ko‘cha 
infratuzilmasini  (o‘tish  yo‘llari,  trotuarlar,  kichik  arxitektura  shakllari,  sanitar-
gigiyenik  shoxobchalar,  jismoniy  imkoniyati  cheklangan  insonlar  uchun 
obodonlashtirish  elementlari  va  boshqalarni),  shu  jumladan  turizm-rekreatsion 
markazlarda   
imkoniyati  cheklangan  insonlar  uchun  obodonlashtirish  elementlari  va 
boshqalarni), shu jumladan turizm-rekreatsion markazlarda yaratish;[1] 
Turizim,  arxitektura  qurilish,  sohalari  asosiy  va  birinchilardan  bo’lib  etibor 
qaratilgan  sohalardan  bo’ldi.  Jonajon  yurtimizning  qadimiy  va  navqiron  tarixiy 
shaharlari  har  doim  dunyo  sayyohlari  etiborini  qozonib  kelgan.  Yurtimizga 
kelayotgan  sayyohlar  sonini  ortishi  turizimning  rivojlanishi  mexmonxona  va 
hostellarga  bo’lgan  ehtiyojni  paydo  qildi.  Jahon  tajribasiga  mos  mexmonxona  va 
hostellar qurish ulardagi servis xizmatlarini yaxshilashga etibor qatilmoqda.  
Shu bilan birga yurtimizning muqaddas qadamjolari, tarixiy shaharlari diqqatga 
sazovar  maskanlariga  ichki  turizimni  rivijlantirish  maqsadida  arzon  turar-joy  va 
hostellarni  tashkil  etishga  ham  ehtiyoj  ko’paymoqda.  Shu  bilan  birga  rivojlangan 
mamlakatlarda  ko’p  tarmoqli  markazlarni  qurish  ham  keng  tarqalgan.  Kiyingi 
yillarda yurtimizdaham yirik qurilishlar sitylar qurilishi salmoqli darajada ko’paydi. 
Bu arxitektura va dizayn sohasi mutaxasislari uchun ham bu borada еtarli bilim va 
ko’nikmalar  zarur.  Qolaversa  shu  mavzularga  oid  o’quv  adabiyotlar  sonini  ham 
kengaytirish  zarur  deb  hisoblayman.  Shularni  inobatga  olgan  holda  oliy  ta’limda 
arxitektur va dizayn yo’nalishi talabalariga bugungi kunga mos ravishda mavzular 
berish,  extiyoji  paydo  bo’di  desak  also  mubolag’a  bo’lmaydi.  Bugungi  kunning 
talabidan  kelib  chiqib,  real  hayot  tajribasida  ko’p  uchraydigan  mavzularni  o’zida 
jamlagan,  yangi bilimlar va xorij tajribasini o’zida  aks ettirgan o’quv adabiyotini 


 

 
 
 
yozishga  ehtiyoj  borligi  ko’zga  tashlanmoqda.  Aslida  mexmonxonalarga  tegishli 
adabiyotlarni  ko’plab  uchratish  mumkin  bu  borada  judaham  salmoqli  ishlar  olib 
borilgan.  Ammo  ilm  fan  texnika  va  barcha  sohalardagi  rivojlanish,  odamlarning 
dunyo qarashini o’zgarishi, talab va istaklarning ortishi, bir so’z bilan aytganda davr 
talabi,  bu  boradagi  o’quv  adabiyotlarining  qayta  ko’rib  chiqish,  zaruratini  paydo 
qiladi.    Chuqur  ilmiy  tahlil,  zamonaviy  bilimlar  va  hayot  tajribalarini  o’rganib 
chiqqan holda, mazkur qo’llanmani yozishning ayni payti deb hisoblaymiz. 
Ushbu  o’quv  qo’llanma  oliy  o’quv  yurtlarining  arxitektura  va  dizayn 
yo’nalishlari uchun “Interyer loyihalash” fanida foydalanishga tavsiya etiladi. O’quv 
qo’llanmada hostellar, mehmonxonalar va ko’p tarmoqli markazlarni loyihalashga 
oid  zamonaviy  bilimlar  aniq  ilmiy  va  amaliy  manbalar  asosida  keltirilgan.  Ushbu 
o’quv adiyoti loyihalash, kompozitsiya,  ergonomika, rangshunoslik, kompyuterda 
modellash,  interyer  dizayni  va  arxitektura  dizayn  sohasiga  tegishli  boshqa  fanlar 
bilan ham bevosita bog’liq. O’quv qo’llanma uch bobdan iborat.  
Dastlab birinchi bobda hostellar va ularni loyihalash, interyer dizayni yaratish 
va jahon tajribasidagi real obyektlar tahlili asosida bilimlar taqdim etilgan.  
Ikkinchi  bobda  mexmonxonlarni  loyihalash,  ularga  qo’yiladigan  talablar  va 
miyoriy hujjatlarga oid bilimlar keltirilgan.  
Uchinchi  bobda  bugungi  kunda  jahon  tajribasida  keng  tarqalayotgan 
ko’ptarmoqli  markazlar,  ularning  tarkibiy  tuzilishi  va  loyihalashga  oid  bilimlar 
taqdim etiladi. 
 
 
 
 
 


 
10 
 
 
 
HOSTELLAR  
 
 Inson uchun dam olish zarurati eng muhim zaruratlardan biri hisoblanadi. Dam 
olish  borasida  insonlarning  qarashlari  turlicha.  Kimdir  tinch  va  sokinlikda 
yolgizlikni  xush  ko’radi.  Kimdir  do’stlar  davrasida  musiqa  va  o’yin  kulgu  bilan 
o’tkazishni  xush  ko’radi.  Yan  bir  toifa  vakillari  bor,  ular  tabiat  qo’ynida  sayohat 
qilib  o’zlari  tayyorlagan  ovqatlardan  lazzatlanishni,  yoki  diqqatga  sazovar 
go’shalarni  aylanib  ma’naviy  ozuqa  olishni  xush  ko’radi.  Qisqa  qilib  aytganda 
sayohatchi dam oluvchilar.  
Lekin  sayohat  qilib  dam  olish  haqida  gap  ketganda,  hammaga  birdek  mos 
keladigan  narsani  tanlash  juda  qiyin.  Sayohatga  chiquvchi  insonlar  orasida 
okeandagi  qimmatbaho  mehmonxonani  tanlashni  afzal  ko'rganlar  bor  va  kimdir 
pulni tejashni va ko'proq byudjet variantini tanlashni xohlaydi. Agarda sayohat uzoq 
muddat  davom  etadigan  bo’lsa  byudjet  muammosi  sayyohlarni  arzon 
mehmonxonalarga  va  hostellarga  murojot  qilishga  undaydi.  Hostellar,  ko'pincha, 
sayyohlar uchun juda qulay bo'lgan shahar markazida joylashgan bo’ladi. Bunday 
"dam  olish  markazi"  ga  borish  oson  va  qulay  bo'ladi.  Shuning  uchun,  sayyohlar 
arzon  turar-joy  binolari  sifatida  hostellarga  murojat  qiladi.  Hostellar  nafaqat  turar 
joy, balki qiziqarli tanishlar, muloqot kabi butunlay boshqa dam olish imkoniyatini 
taqdim etadi. Hostellarda sakkiz kishilik xonalar bilan bir qatorda, o'z dushi bilan 
ajoyib bir va ikki kishilik xonalar mavjud va ularning ba'zilari mehmonxonalar bilan 
raqobatlasha  oladi.  O’z  o’rnida  hostellarning  kelib  chiqish  tarixiga  bir  oz  nazar 
tashaymiz. 
Birinchi hostellar yyеvropada aniqrog’ aytadigan bo’lsak Germaniyada paydo 
bo'lgan  deb  hisoblanadi.  Germaniyada  sayyohlar  uchun  foydali  bo'lgan  hostellar 
kontseptsiyasi  ishlab  chiqildi.  Kambag'al  yosh  sayohatchilar  uchun  arzon 
mehmonxona g'oyasi birinchi marta nemis o'qituvchisi Richard Shearmanda paydo 
bo’di.  Bu  ajoyib  g’oyaning  dastlabgi  ko’rinishi  1912-yildada,  yеvropada  Altena 
shahrida  qadimgi  qal'ada  binosida  namoyon  bo’lgan.  Bu  hostel  har  bir  tashrif 


 
11 
 
 
 
buyuruvchi  kishilarda  olam-olam  ajoyib  ta’surot  qoldira  boshlagan.  Shu  tariqa 
hostellarning kiyingi davda rivojlanishiga asos bo’lgan. 
Hostel (inglizcha hosteli "hostel") - mehmonlarni qisqa yoki uzoq muddatli turar joy 
bilan ta'minlaydigan, odatda xonada qo'shimcha qulayliklarsiz bo’lgan yotoqxonalar 
tushuniladi.  
Hostelning afzalliklari: 
- turar joy narxi har qanday mehmonxonadan va kvartiradan arzonroq
- yangi tanishlar, turli mamlakatlardan kelgan sayyohlar bilan muloqot
- shaharda katta raqam, turli tanlov
Hostelning kamchiliklari: 
-Hostelda tashrif buyurish va tark etish vaqti  soat ertalab 5 dan kechki 11 gacha. Bu 
esa yashovchi mehmonlarni bezovta qilishi aniq. 
- Shaxsiy makonning buzilishi.  
-  Birgalikda  dush  va  tualetdan  foydalanishingiz  kerak  bo'ladi,  ba'zida  xonada 
yorug'lik ham muammo bo’ladi. 
Hostel ikki turga bo'linishimiz mumkin: 
1-
 
uy-joy binolari ko’rinishidagi hostellar 
2-
 
kapsula turdagi hostellar. 
Ushbu  turga  mansub  hostellar  kam  va  ko’p  qavatli  turar-joy  binolarining  
ma’lum bir qavatlarida ochilashi mumkin. Yoki turli qavatlarida joylashgan bo’lishi 
mumkin.  Bu    to’g’risida  kengroq  tushuncha  hosil  qilish  uchun,  xorij    tajribasi 
misolida ko’rib chiqamiz.  


 
12 
 
 
 
Rossiya  fedirativ  respublikasida  Uy-joy  binolari.01.01.2015  yangi 
GOST(xalqaro standart)ning kuchga kirishi bilan, agar ular talablarga javob bersa, 
turar-joy binolarida hostel ochishga ruxsat beriladi. Ko'p qavatli uylarning ma’lum 
bir qavatlarida  joylashgan yotoqxonalar (odatda, mini-Hostel va kichik Hostel)deb 
tushunish  mumkin.    Ushbu  talabga  ko’ra  qo’shimcha  ravishda  uy-joy  kodeksiga, 
texnik qoidalariga, Sanpinga va GOSTda ko'rsatilgan boshqa normativ hujjatlarga 
muvofiq bo'lishi kerak.[2] 
Kapsula turdagi hostel, kapsula - mehmonxonalardan farq qiluvchi sayyohlar 
uchun turar joy turidir. Kapsula g'oyasi Yaponiyada bir necha o'n yillar oldin kashf 
etilgan  kapsula  mehmonxonalaridan  olingan.  Kapsula,  silindr  yoki  parallelepiped 
shaklida ajratilgan yotoq bo'lib, uning hajmi bir yoki ikki kishi uchun mo’ljallangan 
bo’ladi.  Ishlab  chiqaruvchiga  qarab  farq  qilishi  mumkin.  Odatda,  kapsulalarning 
uzunligi  ikki  metrdan  ortiq  va  kengligi  bir  metrdan  ortiq,  bu  hatto  baland  bo'yli 
odamni ham joylashtirish uchun еtarli bo’ladi. Kapsulaga kirish-chiqish oxirida yoki 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish