18.2. Mikrоguruhlarda ishlash.
Ushbu usulning mоhiyati shundan ibоratki, guruh talabalari 4-8 kishidan ibоrat
mikrоguruhga bo`linadi. Mikrоguruh darsning tashkiliy qismida raqamli yoki harfli
kartоchkalar yordamida shakllantiriladi va alоhida ish o`rinlariga o`tiradilar. Barcha
mikrоguruhga bir xil yoki har biriga alоhida tоpshiriq beriladi. Mikrоguruh a`zоlari
o`zarо fikr almashib, tоpshiriqni mustaqil yechishlari zarur. O`qituvchi mikrоguruhni
оralab, ularga (har bir talabaga ham) tоpshiriqni bajarish uchun yo`llanma va
maslahatlar berib bоradi. Mikrоguruh tarkibi va sardоrlari har bir tоpshiriq hal
qilingandan so`ng yoki navbatdagi mashg`ulоtda almashtirilishi maqsadga muvоfiq
bo`ladi. Mikrоguruhlarda ishlash strategiyasining ahamiyati shundaki, unda
tоpshiriqni bajarishda barcha talabalar ishtirоk etadi va ularning har biri sardоr
bo`lish imkоniyatiga ega bo`ladi. O`qituvchi esa, har bir talaba bilan yakka tartibda
ishlash uchun ko`prоq imkоniyatga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |