Internetda yoshlar axborot xavfsizligini ta’minlash uchun


Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar



Download 0,69 Mb.
bet3/3
Sana18.12.2019
Hajmi0,69 Mb.
#30842
1   2   3
Bog'liq
Internetda yoshlar axborot xavfsizligini ta


Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar:

  • bolangiz bilan suhbatlashib, unga Internetdan nazoratsiz foydalanishning salbiy oqibatlari, Internetdan foydala­nish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligi haqida tushuntiring;

  • bolaning tarmoqda bo'lish vaqtini cheklab qo'ying, u kirayotgan resurslarni nazorat qiling yoki u kompyuter qarshisida bo'lgan paytda mumkin qadar birga bo'ling;

  • agarda farzandingizga Internet-chatga ki­rish yoki xabarlarning tezkor almashinuvi dasturlari (messenjerlar)dan foydala­nishga ruxsat bergan bo'lsangiz, unga notanish yoki ishonib bo'lmaydigan kishilar bilan muloqot qilish yoki xabarlar yubo­rishning xavfli tomonlari, Internetdan foydalanganda jiddiy xavf-xatarlarga duch kelishi mumkinligi haqida uqtiring;

  • agarda bolangiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqchi bo'lsa, unga o'zingiz akkaunt yaratib bering (login va parolini bilgan holda), sahifasiga qanday ma'lu­motlarni joylashtirishini nazorat qiling;

  • bolangizning virtual olamdagi barcha do'stlari haqida xabardor bo'lib boring. Onlayn do'st bilan haqiqiy hayotda yolg'iz uchrashish mumkin emasligini unga uqtiring;

  • zararli saytlarni brauzerning «qora ro'y­xati»ga kiritib qo'ying yoki kompyu­terga ota-ona nazorati funksiyasini o'rnating. Ushbu dastur siz bo'lmagan chog'da ham bolangiz tomonidan zararli saytlarga kirish holatlarini cheklaydi;

  • Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug'di­rayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib borishini so'rang.

13-16 yosh toifasidagilarni himoyalash yuzasidan takliflar

  • qidiruv tizimidan foydalanayotganingizda faqat o'zingiz uchun kerakli bo'lgan axborotni izlang;

  • ishonchli manbalar va tekshirilgan sayt­larning axborotlaridan foydalaning. Axborotni boshqa ishonchli manbalar orqali ikki karra tekshirib ko'ring;

  • kam tanish bo'lgan yoki sizda shubha uyg'otayotgan veb-saytlarga kirmang;

  • notanish saytlarga kirmang, ishonchsiz manbalar manzillaridan va notanish odamlardan kelgan xat va taklifnomalarning havolalariga o'tmang, bunday veb-sahifalar havolalarini boshqalar bilan bo'lishmang;

  • agarda siz bilmay yoki adashib, sizda salbiy munosabat uyg'otadigan nomaqbul kontent (video, audio, foto yoki boshqa ma'lumotlar)ga ega saytga kirib qolsangiz, tezda chiqib keting;

  • kam tanish bo'lgan yoki tekshirilmagan resurslardagi fayllarni yuklamang va ota-onangiz ruxsatisiz o'rnatmang;

  • oxirigacha o'qimay turib, taklif etilayotgan shartlarga rozi bo'lmang va qabul qilmang;

  • kam tanish bo'lgan sayt yoki turli havo­lalardagi anketa va boshqa talabnomalarni to'ldirmang;

  • o'zingizga tegishli shaxsiy ma'lumotlarni (F.I.Sh., manzil, telefon, tug'ilgan sana) ochiq foydalanishdagi tarmoqlarda joylashtirmang. Shaxsiy ma'lumotlar maxfiy saqlanishi lozim;

  • esingizda bo'lsin, Internet bu sizning «qoldirgan raqamli izingiz». Bu yerda siz joylashtirgan barcha shaxsiy ma'lumotlar, video, audio roliklar yoki tasvirlar doimiy saqlanadi. Boshqa foydalanuvchilar tomonidan mazkur ma'lumotlaringiz g'a­razli maqsadlarda foydalanishi mumkin;

  • do'stlaringiz va tanishlaringizga parol va loginingizni oshkor qilmang. Ularni sir saqlang. Parolingiz murakkab, ya'ni son, harf va belgilardan iborat bo'lsin.

  • agarda o'yin o'ynayotgan bo'lsangiz yoki ko'p sonli notanish foydalanuvchilar bo'lgan chatda haqiqiy ismingiz o'rniga «nik»dan foydalaning;

  • onlayn muhitda kim bilan tanishayotgan va suhbatlashayotgan bo'lsangiz, ehtiyot bo'ling. Agar notanish kishi sizga do'stlik taklif qilsa, qabul qilmang.

  • agarda sizga notanish kishilardan yoki saytlardan spam-xabarlar kela boshlasa, ularni ochmasdan va o'qimasdan o'chi­rib tashlang. Ularda viruslar bo'lishi mumkin;

  • agarda sizni tarmoqda kimdir haqorat­lasa yoki tahdidli xabarlarni jo'natsa, ularning ta'siriga berilmang, murojaatla­rini javobsiz qoldirib, blokirovka qiling.

Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz bilan muhokama qiling.

Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar:

  • imkon qadar bolaning tarmoqda bo'lish vaqti va u kirayotgan resurslarini nazorat qiling yoki u kompyuter qarshisida bo'lgan paytda birga bo'ling;

  • bolangiz bilan suhbatlashib, unga Internetdan nazoratsiz foydalanishning salbiy oqibatlari, Internetdan foydala­nish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligi haqida tushuntiring;

  • farzandingizga uning onlayn do'sti aslida, o'zi tasvirlayotganday emas, butunlay boshqa shaxs bo'lib chiqishi mumkin ekanligini tushuntiring;

  • agarda bolangiz virtual do'sti bilan real hayotda uchrashishni xohlasa, bunday holatda, ehtimoliy dilxiralikning oldini olish maqsadida, biror-bir yaqin (katta yoshdagi) kishi bilan birga uchrashuvga chiqishi lozimligini tushuntiring;

  • katta yoshdagilar bilan maslahatlashmasdan Internet-magazin orqali xarid qilmaslik kerakligini bolangizga tu­shuntiring;

  • agarda bolangiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalansa, o'z akkauntiga joylashtirib borayotgan ma'lumotlar bilan tanishti­rib borishini so'rang, login va parolidan xabardor bo'ling, o'z sahifasiga qanday axborotlarni joylashtirayotgani va foydalanayotganini nazorat qiling;

  • Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug'di­rayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib borishini so'rang.

Xulosa

Mazkur qo'llanmada Internet makonida uchraydigan xavf-xatar, tahdidlar va tah­likalar haqida so'z yuritilgani oqibatida, o'quvchida Internetning zararli va buzg'unchi vosita ekanligi haqida noto'g'ri tasavvur uyg'onishi ehtimoli ham mavjud. Aslida esa, unday emas. Internetda juda ko'p foydali, ma'rifiy va qiziqarli axborotlar mavjud bo'lib, ulardan to'g'ri va samarali foydalangan shaxs­da turli sohalar bo'yicha bilimi oshib boradi. Ota-onalarning vazifasi «virtual olam­ning» barcha ijobiy jihatlari bilan farzandlarini tanishtirish va o'rgatib borish hisob­lanadi. Buning uchun barcha axborotlarni ota-onalar, avvalo, chuqur tekshirishi va buni farzandlariga ham o'rgatishi, ularni china­kam ulkan ilm va yuksak san'at namunalari bilan tanishtirib, ularda dunyo qiyofasiga mos bo'lgan qadriyatlar tizimini shakllantirishi lozim bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, yosh foydalanuvchilarda Internet-mada­niyatni shakllantirish va rivojlantirish o'ta muhim ahamiyat kasb etadi.




Internet-madaniyat - har qanday manba va mazmundagi axborotni iste'mol qilish, o'zlashtirish va uzatishni nazarda tutadi. Internet-madaniyat - bu Internet tarmog'idagi ijtimoiy ongga salbiy ta'sir etuv­chi, jumladan, amaldagi davlat tuzumiga qarshi qaratilgan noxolis xarakterdagi, diniy-ekstremistik, terroristik, hayosizlik, shafqatsizlik va boshqa mazmundagi axborotlardan foydalanishning ongli ravishda, cheklani­lishi demakdir. Internet-madaniyatning zamirida muloqotga nisbatan umumqabul qilingan axloqiy talablar, shuningdek, har bir insonning betakrorligi va qadr-qimmatining bevosita tan olinishi mujassam bo'lgan.

Internet-madaniyatni bilmaslik foydalanuvchi tomonidan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda cheklanmagan miqdorda muloqot qilishiga, «anonim» foydalanuvchilar bilan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan axborotlar almashinuviga olib kelishi mumkin. Bunday tendentsiya foydalanuvchilarning Internet olamida ommalashayotgan kiberjinoyatchilik, kiberbulling ta'siriga tushib qo­lishlariga sabab bo'lishi ham mumkin.

Bunday tashqari, shuni ham ta'kidlashni joizki, doimiy ravishda, saytlarni nazorat qi­lish va nomaqbul kontentlarni blokirovka qi­lishdan ko'ra, bolalar bilan ishonchli munosabat, ochiq va samimiy muloqotda bo'lish ancha samarali natijalar berishi mumkin.




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish