Internetda kidiruv tizimlaridan foydalanib malumot izlash



Download 380,51 Kb.
bet5/16
Sana31.12.2021
Hajmi380,51 Kb.
#229010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Olimova

Axborot xizmatlari - bunga axborotlardan foydalanishga ruxsat

beruvchi xizmatlar kiradi

• tarmoqning axborot resurslariga, ya’ni serverda mavjud bo‘lgan axborotlarni olish. Misol uchun xujjatlar, fayllar, har xil turdagi ma’lumotlar bazasidan axborotlarni olish va boshqalar.

• tarmoqqa shaxsiy ma’lumotlarni joylashtirish. Ma’lumotlarni joylashtirish uchun tarmoqda juda xam ko‘p miqdorda serverlar mavjud bo‘lib, ularga bepul ma’lumotlar joylashtirish mumkin Bozor iqtisodiѐti sharoitida davlat tomonidan oliy ta’limni moddiy qo‘llab-quvvatlash o‘quv yurtlarining noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy xizmat ko‘rsatish va ustavga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa faoliyatlar hisobiga o‘quv yurtlari daromadini oshirish bilan chambarchas bog‘liq holda olib borilishi lozim. Bular ta’lim muassasalarida zamonaviy texnika vositalari, jihozlar, yangi texnologiyalarga xususan, axborot texnologiyalariga bo‘lgan ehtiѐjni ta’minlaydi, ular mustaqilligini oshiradi, fanning ta’lim bilan uyg‘unlashuvining ta’sirchan vositalarini ishlab chiqish va joriy etish imkonini beradi va oqibat natijada oliy ta’lim tizimiga yangi kuch baxsh etadi. Bu sa’yiharakatlar o‘zlarida ilmiy bilim bilan garmonik jihatdan mukammal inson bo‘lishini mujassamlashtirgan, oila, jamiyat, davlat oldida o‘z mas’uliyatini chuqur his etadigan fidoyi mutaxassislarni tayѐrlashni

sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishi shubhasizdir. Bizning mamlakatimiz uchun kadrlar tayѐrlash va yangi ta’lim ustuvorliklariga alohida e’tibor qaratib kelgan,birinchi Prezidentimiz I.Karimov shunday degan edi: ―Kadrlar tayѐrlash sohasidagi davlat siѐsatida insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bilan jips bog‘liq uzluksiz ta’lim tizimi orqali fuqaro shaxsni har tomonlama rivojlangan bo‘lishi ko‘zda tutiladi‖, shu bilan birga davlat boshlig‘i tomonidan xalqaro tajribani albatta hisobga olgan holda o‘zida ana’analarni mujassam etgan va takomillashgan jamiyat barpo etishga alohida e’tibor qaratiladi. Ta’limning eng muhim vazifasi bo‘lib, jamiyatni zamonaviylashtirish, mamlakatni rivojlanishining oldingi o‘rinlariga olib chiqishga qodir mutaxassis xodimlar bilan mustahkamlash, sog‘lomlashtirish, yangilash va to‘ldirish hisoblanadi. Bunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va shu qatorda, Internet texnologiyalarini puxta biladigan va faoliyat doirasida kullay oladigan mutaxassislar tayѐrlashga yangi talablar qo‘ymoqda.
4

Internet – bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘i hisoblanadi. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi. Internet unga ulangan tarmoqqa kiruvchi barcha kompyuterlarning o‘zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi.

Internet o‘zini o‘zi shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:

• Texnik


• Dasturiy

• Axborot

Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoq texnik vositalari majmuasidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalari barchasi doimiy va vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ulardan ixtiѐriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog‘ining umumiy faoliyatiga aslo ta’sir etmaydi. Internetning dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona

standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiѐriy aloqa kanali ѐrdamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash hamda tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuidan iboratdir.

Internetning axborot tuzilmasi Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron hujjat, grafik, rasm, audioѐzuv, videotasvir va hokazo ko‘rinishidagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. Ushbu tarkibiy tuzilmaning muhim xususiyatlaridan biri – uning butun tarmoq bo‘ylab taqsimlanishidan iborat. Masalan, shaxsiy kompyuteringizda o‘qiѐtgan elektron darslik matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa uchinchi manbadan yig‘ilishi mumkin.

Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o‘zaro moslashuvchan "giper-bog‘lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko‘rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o‘zaro bog‘langan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan axborot muhiti hosilbo‘ladi. Bir qarashda Internetning texnik tarkibiy qismi bilan axborot tarkibi o‘zaro o‘xshashdek tuyuladi. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai nazardan Internetda mavjud bo‘lgan ixtiѐriy kompyuter ko‘plab (millionlab) kompyuterlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Bunday bog‘lanish ―Tarmoq‖ – (NET) deb ataladi. Axborot nuqtai nazardan Internetda e’lon qilingan har bir elektron hujjat, tarmoqdagi bir nechta hujjatlar bilan o‘zaro bog‘lanishda bo‘lishi mumkin. Bu holdagi axborot bog‘lanish ―to‘r‖ – ―WEB‖ nomini olgan. Shunday qilib, "Tarmoq" (NET) haqida so‘z yuritilganda o‘zaro bog‘langan kompyuterlar majmuasi tushunilsa, "to‘r" (WEB) haqida so‘z yuritilganda esa yagona axborot


5

muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi tushuniladi. Amaliѐtda Internetning real, fizik bog‘lanishlar orqali tashkil topgan tarmog‘idagi kompyuterlar bilan virtual axborot fazosini tashkil etuvchi elektron hujjatlar har xil manzillar ѐrdamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter to‘rt qismdan tashkil topgan o‘z manziliga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) – adres deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar o‘zgarmas IP-adresga ega bo‘ladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi Internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo‘lsa, u holda ushbu kompyuter IP- adresga ega bo‘ladi. Bunday IP-adres dinamik IP-adres deb ataladi.Tarmoqda mavjud bo‘lgan ixtiѐriy kompyuter IP-adresini bilgan holda, unga har xil ko‘rinishdagi so‘rovlar bilan murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Bu so‘rovlar o‘sha kompyuterda saqlanaѐtgan elektron hujjatlar, ma’lumotlar bazasi ѐki bo‘lmasa undagi biron bir dasturni ishlatishga, o‘sha kompyuter tarkibiga kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid bo‘lishi mumkin va hokazo.




Download 380,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish