TAYANCH TUSHUNCHALAR
Eng mashhur brauzerlar:
Veb-brauzer dasturini ishga tushirish usullari bilan tanishamiz.
1-usul:
1) ish stolidagi “Пуск” tugmachasi tanlanadi;
2) sichqoncha “Все программы” ko‘rsatmasi
ustida bosiladi;
3) kompyuterga о‘rnatilgan dasturlar
rо‘yxatidan brauzer dasturi (masalan, Google
Chrome) tanlanadi.
2-usul:
Sichqonchaning chap tugmachasi ish stolida
joylashgan veb-brauzer dasturi ustida ikki marta
tez-tez yoki masalalar panelida joylashgan veb-
brauzer dasturi belgisi ustida bir marta bosiladi.
Turiga ko‘ra, veb-brauzerlarning umumiy ko‘rinishi
turlicha bo‘ladi. Veb-brauzer ishga tushirilgan
vaqtda, odatda, bosh sahifa yoki biror saytning
asosiy sahifasi ishga tushadi.
Veb-brauzerning umumiy ko‘rinishi
Har bir veb-brauzer quyidagi asosiy uskunalar
panelidan iborat:
1)
avvalgi sahifaga qaytish.
“back” tugmachasi
orqali avval yuklangan sahifalarga о‘tiladi
(1)
;
2)
keyingi sahifaga о‘tish.
“forward” tugmachasidan
avvalgi sahifaga qaytish amalga oshirilganidan
keyin, hozir tashrif buyurgan veb-sahifaga о‘tishda
foydalaniladi
(2)
;
Do'stlaringiz bilan baham: |