8-mavzu
.
Internet xizmatlari. Internetda axborot qidiruv tizimlari
Reja:
1. Internet xizmatlari
2. Internet axborot qidiruv tizimlari
3. Axborot qidirish usullari.
Tayanch iboralar:
WWW resurslar, elektron pochta, xosting xizmati,
internet konferentsiya, qidiruv tizimi, fayllar almashish protokoli, Forum,
Blog, ijtimoiy tarmoq, chat, messenjer, raqamli televideniye, IP telefoniya,
brouzerlar, provayderlar, intenet manzillar, URL
Internet tarmog'i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim
etiluvchi funktsional imkoniyatlar quyidagilar: WWW Internet resurslarini
tashkil etish, o'qish, elektron pochta, Web hosting - Shaxsiy veb saytlarni
Internetga joylashtirish, Internet conference - Internet orqali video muloqot,
Searching - Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish, FTP fayllarni uzatish va
qabul qilish, muloqatda bo'lish, tarmoqda xujjatlarni saqlash va ular bilan
ishlash, Web-forumlar, Bloglar, Ijtimoiy tarmoqlar, Internet-magazinlar,
Yangiliklar, Messendjerlar, IPTV Internet tarmog'i orqali raqamli televideniya,
IP telefoniya - Internet tarmog'i orqali telefon so'zlashuvlar tarmoqdan
foydalanish va boshqalar. Katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va ularni
masofadagi kompьyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR
(fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR
serverda yangi papka yaratish, unga ma'lumotlarni joylashtirish va ularni
qayta ko'chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan suhbatlashish
imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq masofadagi do'stlar bilan
suhbatlashishda telefon aloqasi o'rnini bosmoqda. Buning uchun internetga
bog'langan kompьyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo'lishi kifoya.
FTP (File transfer Protocol) fayl almashish protokoli internet standarti
bo'lib, internetda boshqa kompьyuterlar bilan fayl ma'lumotlarini jo'natish va
yuklashga ruxsat beradi. Ma'lumotlarni jo'natish yuklashning aksidir:
ma'lumotlarni jo'natish internetda kompьyuteringizdan serverga xujjatlar,
grafiklar va boshqa predmetlarni o'tkazish jarayonidir. Web sahifa mualliflari
masalan, odatda web sahifalari a'lumotlarini web serverga jo'natishda FTP dan
foydalanishadi.Ko'plab operatsion tizimlar FTP imkoniyatlarini o'z ichiga oladi.
Agar sizda yo'q bo'lsa, FTP dasturini arzon narxda webdan yuklab olishingiz
mumkin. FTP server foydalaniuvchilarga FTP dan foydalanib
ma'lumotlarni jo'natish yoki yuklashga imkoniyat yaratidigan kompьyuterdir.
Muayyan tarzda FTP serverda joylashgan matn, grafika, audiokliplar,
videokliplar va dastur fayllarini o'z ichiga oluvchi FTP sayti majmuidir.
Ko'p FTP saytlar noma'lum FTP saytlarga ega, hohlagan foydalanuvchi
barcha turdagi fayllarni o'tkazib olishi mumkin. Ba'zi FTP saytlar vakolat
xuquqiga ega bo'lgan akkaunt (foydalanuvchi nomlar va kodlari)lariga fayl
o'tkazmalarini FTP serverda cheklaydi.FTP saytlaridagi katta xajmdagi xujjatlar
odatda ombordagi bo'shliq va yuklash vaqtini kamaytirish uchun
ixchamlanadi. xchamlangan fayldan foydalanishdan oldin uni kengaytirishingiz
lozim.
Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder – Internet
tarmog'i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet
provayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini
taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www,
elektron pochta, xosting (veb yesurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari
ko'rsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi
kompьyuterlarga beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan
taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi. Xozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi
bir qancha Internet provayderlari xizmat ko'rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor
Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar.
Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi. Internet tarmog'ida
foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish
uchun WEB serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan
axborotning katta qismi jamlanadi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish
tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog'liq. Bugungi kunda
brouzerlarning juda ko'plab turlari mavjud. Eng mashhurlari: Internet Explorer
(Windows operatsion tizim tarkibidagi dastur), Opera, FireFox.olinadi. Xozirgi
kunda O'zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat
ko'rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS
Inform, Cron Telecom va boshqalar.
Web manzillar Web saxifa URL (o'zgarmas resurs joylashtiruvchi) yoki Web
manzillar deb atalgan saxifaga ega. Masalan, AQSh ning Milliy Park Xizmati
Web sayti uchun HTTP://www.nps.gov Web manzildir. Web brauzer web
saxifani web manzildan foydalanib qayta topadi.
Agar Web sahifani Web manzilini bilsangiz brauzer oynasining yuqori
qismidagi bo'sh joyga manzilni yozishingiz mumkin. Masalan
TTP://www.nps.gov/grsm/planyour/visit/wildlifeviewing.htm web manzilini
yozib va enter tugmasini bossangiz brauzer, web sahifani rasmda
ko'rsatilgandek namoyish etadi.
Web manzil protokol, domen nomi va ba'zida web sahifa yoki undagi
manzilga yo'lni o'z ichiga oladi. Ko'plab web sahifalar quyidagi http:// bilan
boshlanadi. Http (Hypertext Transfer Protocol) bu sahifalar qanday qilib
internetda ma'lum bir qoidalar orqali aniqlashdir. Xatolarni kamaytirish uchun
ko'plab brauzerlar va web saytlar http:// va web manzillarni bo'lagiga
kirishni tavsiya qilmaydilar. Agarda noto'g'ri Web manzilga kirsangiz, brauzer
siz tanlagan Web saytga o'xshash manzillarni ko'rsata boshlaydi.
HTTP://www.nps.gov/grsm/planyour/visit/wildlifeviewing.htm/nps.gov manzilga
kirganingizda, nps.gov web saytini o'z ichiga oladigan web serverga so'rov
yuboriladi.
Server
/grsm/planyour/visit/
sahifasida
joylashgan
ushbu
wildlifeviewing.htm nomli web sahifani qayta ochadi va sizning
brauzeringizga jo'natadi va ochiladi .
Foydalanuvchilar vaqtni tejash maqsadida ko'p marta murojat qilinadigan web
sahifalarga belgilar qo'yib ketishadi. Belgilab qo'yilgan web manzillar ro'yxati
izbrannoye bo'limida turadi. Brauzerda web manzilga kirsangiz web serverga
so'rov jo'natgan bo'lasiz. Ob - havo haqida ma'lumotni yangilab turuvchi, sport
haqida yangiliklarni muntazam yuborib turuvchi dasturlarni web brauzer amalga
oshiradi . Web ilova Web ilova yoki web app foydalanuvchilarga internetga
bog'langan barcha kompьyuter yoki qurilmalar web brauzer orqali software
(dasturiy ta'minotga) kirish va aloqa o'rnatish imkoniyatiga ega. Ba'zi web
ilovalar dasturiy na'minotga tekin kirish imkoniyati bilan ta'minlaydi.
Boshqa web ilovalar esa dasturiy ta'minotining bir qismi bepul qolgan
xizmatlardan foydalanish pullidir. Web ilovalar Google Docs, TurboTax
Online va Windows Live Hotmail (e-mail) ni o'z ichiga oladi. Webda
mulьtimediya Matn va silkalardan tashqari web saxifalar yanada jalb qilish
uchun mul`timediyadan foydalanishadi. Mul`timediya har qanday ilovalarni
matn, grafiklar, animatsiyalar, audio, video va haqiqatga asoslangan faktlarni
birlashtirishiga aytiladi. Mul`timediya web sahifada ma'lumotlarni turlarini
oshiradi. Webdan foydalanish
imkoniyatini kengaytiradi va internetni tadqiq etishga yanada ko'ngilochar
bo'lishini yuzaga keltiradi. Mul`timediya web saxifalari odatda maxsus
uskunaviy va dasturiy ta'minotlarni talab etadi va ularni yuklashda ko'p vaqt
oladi, chunki ular katta grafik fayllar, video va audiokliplarni o'z ichiga oladi.
Ko'p web saytlar foydalanuvchilarga internetga ulanishi tezligi past bo'lsa
mulьtimediani ochish imkoniyati bo'lmaydi.
Internetda web chop etish World wide web yaratilishidan oldin fikrlarni
bo'lishish, boshqalar bilan g'oyalarni osongina almashish va media, sinf, ish
yoki ijtimoiy muhitlardan foydalanuvchilar qimmatga tushgan. Ko'plab
ommaga erisha oladigan reklama yoki nashr etish ko'p mablag'ni talab
qilgan. Hozirda biznes yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar millionlab odamlarga
o'zlarini web sahifalarini yaratish orqali ma'lumot jo'natishadi. Web sahifalarni
tarkibi bloglarga o'z mahsuloti to'g'risidagi yangiliklarni jo'natadi.
Web nashr qilish web saxifaning rivojlanishi va tuzatishidir. Web sahifani
rivojlantirishga kompьyuter dasturlovchi kerak emas. Kichik biznes yoki uy
foydalanuvchisi uchun web nashr qilish kerakli ish qurollari bor bo'lsa juda ham
oson. Web nashr qilishni 5 ta bosh bosqichlari bor:
1.web saytni rejalashtirish. Web sayt dizayniga ta'sir qiladigan
muammolarni o'ylab ko'ring. Web saytni maqsadi va web saytiga tashrif
buyurishini xoxlaydigan odamlaringni xarakterini aniqlang. Saytingizni
boshqalarga qaraganda ajralib turish yo'lini aniqlang.
2.web saytni sinchiklab ko'rib chiqing va loyixasini tuzing. Web saytning
elementlari bo'lgan ssыlkalar, matn, grafika, animatsiya, audio, video va xaqiqatga
ega bo'lgan faktlar joylashish tartibini tuzing . Talab etilgan uskunaviy dastur,
raqamli kamera, web kamera, skaner, tovush karta va mikrofonni o'z ichiga oladi.
3.web sayt yarating. Web sahifani dasturiy ta'minotni vakolatlashga matn,
grafikalar, animatsiya, audio, video va maxsus effektlarni tashkil etadigan
ilgor web saytlar yaratishda web sahifalardan foydalaning.
Foydalanuvchilarni, kodlarni, muloqot tarmoklarini va e-mailni boshqarish
kabi rivojlangan ko'rinishlar uchun maxsus web sayt boshqaruv dasturiy
ta'minotini xarid qilishingizga to'g'ri keladi.
4. web saytni tayyor holga keltirish. Kompьyuteringizdan web sahifalarni web
serverga o'tkazing. Internetga ta'minotchilari xaridorlariga web serverda ombor
makonini taklif qilishadi. Boshqa tanlov esa web hosting xizmati bo'lib, web
serverda oylik o'rtacha narxdagi pul evaziga ombor makoni bilan ta'minlaydi.
Web sahifangizni joylashtirishda boshqalarga yordam berish uchun web
manzilingni har xil turdagi server kidiruvchilar bilan ro'yxatga oling va
ma'lum bir kalit so'zlarni yozganda saytingiz paydo bo'lishiga amin bo'ling.
5. Web saytni saqlash.Web saytga web sayt tarkibida yangi ma'lumotlar
borligi va ssыlkalar yaxshi ishlayotganiga amin bo'lish uchun tez – tez tashrif
buyurib turing.
Web saytlar turlari Web saytlarni quyidagicha turlari mavjud. Bular portal
yangiliklari, informatsion web, blog, wiki, onlayn ijtimoiy saytlar, ta'limiy,
ko'ngilochar, himoya, web ilova va shaxsiy saytlardir. Portal bu yagona qulay
manzildan har xil internet servislarini taklif etuvchi web saytdir.
Ko'p portallar server qidiruvchi, yangiliklar, sport va ob –havo web nashr
qilish, foydalaniladigan adabiyotlar, xaritalar, xarid va e-mail aloqalar
xizmatlari kabi tekin xizmatlarni taklif etadi. Ko'plab portallarda onlayn aloqalar
bor. Onlayn jamiyat ma'lum bir xil qiziqish yoki aloqalar bilan bir guruxga
qo'shilgan web saytidir. Bu aloqalar onlayn fotoalьbomlar, muloqot tarmoqlari
va boshqa servis xizmatlarni bir xil fikrdagi foydalanuvchilar orasidagi
aloqalarni yaxshilash xizmatlarini taklif etadi. AltaVista, AOL, Excite, GO.com,
iGoogle, Lycos, MSN va Yahoo bular mashhur portallar. Simsiz portal mobil
qurilmalar internetdan foydalana olishi uchun yaratilgan portaldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |