Kommutativ aloqa uchun maxsus aloqa tarmog‘i bo‘lishi shart emas. U telefon aloqasi orqali ulanadi. Kompyuterga Internet xizmatini to‘g‘ri o‘rnatish uchun tarmoqqa ulanadigan dasturni quyidagi tartibda yuklash zarur: «Мой компьютер», «Удаленный доступ к сети», «Новое соединение». Dasturni yuklashda Internet xizmatini berayotgan kishiquyidagi ma’lumotni berishi kerak:
• telefon raqami;
• foydalanuvchining ismi (login);
• parol (password);
• DSN serverning IP manzili.
Ushbu ma’lumotlar Internetga ulanish uchun yetarli. Internet yoki har qanday boshqa TSPli tarmoqlarga ulangan har bir kompyuter «tushunadigan» bo‘lishi kerak. Ushbu holat bo‘lmasa, tarmoq xabarlarni kompyuteringizga qanday yuborishni bilmaydi. IP manzili ikki qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq manzili va xost manzili IP manzilining tuzilishiga asosan har xil tarmoqdagi kompyuter nomlari bir xil bo‘ladi. Manzillarni sonli belgilash kompyuter uchun tushunarli bo‘lsa-da, foydalanuvchi uchun aniq ma’lumot bermaydi.
Shuning uchun manzillashning domen usuli foydalaniladi. Internetning informatsion funksiyasi, birinchi navbatda, tarmoq foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bo‘lsa, ikkinchidan, u axborotlarni keng ommaga, jahon miqyosidagi nihoyatda tez sur’atda e’lon qilish (nashr qilish) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Internetning yuqori sifatlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va nashrchiligida keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, Internet yordamida Nyu-York yoki Parijdagi eng so‘nggi xabarlarni Toshkentga yetkazib berish, gazeta va o‘quv darsliklarni tayyorlash, nashr qilish hamda ularni keng o‘quvchilar ommasiga tarqatish, hozirgi mavjud usullardan bir necha o‘n barobar arzon, tez va samaraliroq bo‘ladi. Internetning kommunikatsion funksiyasi foydalanuv- chilarning masofadan turib o‘zaro muloqot qilish imkonini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida.
Internet electron pochtasi, Internet-telefon va real vaqt oralig‘idagi bevosita xabar almashish, Chat — konferensiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin.
Bundan tashqari, Internetning kommunikatsion funksiyasi uning foydalanuvchilariga videomuloqot qilish, videokonferensiyalar uyushtirish, bir shahardan turib ikkinchisining ko‘chalarini (masofadagi web-kam eralar yordamida) tom osha qilish va muzeylarga tashrif buyurish hamda tabiat manzaralaridan rohatlanish imkonini beradi. Internet yordamida ma’lumotlarni uzatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |