21
Mobil qurilmangizga maxsus dastur va ilovalarni o’rnatish ehtiyoji yo’qligi;
Salbiy balans paytida ham USSD-so’rov orqali to’lov qilish imkoniyatining
mavjudligi;
Onlayn imkoniyatlar – bankdagi hisob qoldig’ini tekshirish va bank
rekvizitlari haqidagi ma’lumotni qabul qilish;
Bank kartochkasi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar
haqida SMS-
xabarning kelishi;
Hisobdan hisobga pul mablag’larini ko’chirish, “CLICK”ning boshqa
foydalanuvchilariga pul ko’chirish va boshqa ko’plab imkoniyatlar.
Ushbu tizim orqali barcha to’lovlar ikki xil usulda amalga oshiriladi:
USSD-menyu orqali: mobil telefondan *880# qisqa
raqamini teriladi
Internet orqali (interfeysi orqali
https://my.click.uz
,
https://m.click.uz
);
Tizimga ulanish yo’llari:
Agar sizda O’zbeksiton Respublikasidagi istalgan bankning UZCARD-Online
plastik kartochkasi bo’lsa, unda “CLICK” interfeysi orqali bevosita
plastik
kartochkangizdan to’lovni amalga oshirishingiz uchun infokioskga (bankomat) yoki
bankka borib mobil telefoningizga “SMS-xabardor qilish” hizmatini yoqtirishingiz
va plastik kartochkangizni UZCARD-CLICK tizimiga ulashingiz kerak.
Plastik kartochkani UZCARD-CLICK tizimiga ulash uchun “SMS-xabardor qilish”
hizmati yoqilgan telefondan quyidagi so’rovni yuborish kerak:
*880*0*kartochka raqami*amal qilish muddati#.
Kartochka raqami
– bu Sizning plastik kartochkangiz raqami. Bu raqam
kartochka yuzasida ko’rsatilgan va 16 belgidan tashkil topgan (ushbu raqamlarni
probelsiz terish lozim).
Amal qilish muddati
– kartochkaning amal qilish sanasi. Ushbu muddat
kartochkada ko’rsatilgan va 4 ta belgidan iborat.
Masalan, *880*0*8600000000000001*1216#
22
“SMS-xabardor qilish” hizmati bepul hisoblanadi. “UZCARD” yoki “880” nomi
orqali kiruvchi har bir SMS-xabar uchun uyali aloqa operatori balansingizdan 42.10
so`m ushlab qoladi. “CLICK” nomi orqali kiruvchi SMS-xabar tariflanmaydi,
USSD-menyudan foydalanish bepul.
Shundan so’ng tizim PIN-kod terishni taklif etadi*. Kelgusida
UZCARD-CLICK
orqali to’lov qilish jarayonida to’lovlarni ushbu Click-PIN-kod orqali
tasdiqlashingiz kerak bo’ladi. Operatsiya yakuniga
yetganidan keyin SMS-xabar
orqali o’zingizning so’rovingiz holati haqida ma’lumot qabul qilasiz.USSD-
menyuga ilk marta tashrif paytida UZCARD-CLICK tizimi til tanlashni taklif
qiladi
hamda hizmat ko’rsatish shartlariga rozi ekanligingizni tasdiqlashingizni so’raydi.
Endilikda Siz UZCARD-CLICK tizimi foydalanuvchisi bo’ldingiz va bevosita
plastik kartochkangizdan USSD-menyu orqali *880#.
*Eslatma: ushbu PIN-kod plastik kartochkangizdagi PIN-koddan farq qiladi. Yana
shuni yodda
tutingki, PIN-kod uchinchi shaxslarga ma’lum bo’lmasligi kerak, ayni
paytda o’zingizga oson esda qolarli ham bo’lishi maqsadga muvofiq.
2.Agar sizda plastik kartochka bo’lmasa yoki siz DUET plastik kartochkasining
egasi bo’lsangiz, unda istalgan bankka pasportingizning asl nusxasini eltib
23
sistamadan ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. CLICK tizimiga ulanish bo’yicha
banklar ro’yxati bilan
www.click.uz.
Saytida tanishib chiqishingiz mumkin.
CLICK tizimiga ulanish bepul amalga oshiriladi! To’lov paytida ustama haqi
olinmaydi!
Do'stlaringiz bilan baham: