yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek, aholining turli qatlamini
kerakli axborot bilan ta ’minlash, axborot texnologiyalari sohasida
kerakli m a’lumotlarni berish, muloqot qilish va tajriba alma-
shinishlari uchun zarur im koniyatlarni yaratib berishni o ‘z
zimmasiga olgan.
ZiyoNet axborot-resurs tarmog‘i 2005-yili AKTlarini ta ’lim
tizimiga tatbiq qilish maqsadida respublika yoshlari uchun tuzilgan.
Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• ta ’lim muassasalari va yoshlar uchun milliy axborot-ta’lim
resurslarini shakllantirish va foydalanishda qulay shart-sharoitlar
yaratish;
• ta ’limiy, ilmiy yo‘nalishdagi yoshlar, maktabgacha ta ’lim
muassasalari va tashkilotlar uchun m o‘ljallangan axborot resurs
larini yagona axborot-resurs maydonchasiga birlashtirish;
Ushbu masalalarni bajarish masadida 2006-yil ZiyoNet.uz web-
portali ishga tushdi. Portal — bu bir nechta sahifani o‘z ichiga
olgan yirik m a’lumotlar manbayidir. Web-sayt uning kichkina
ko‘rinishi bo‘lib, portallarda bunday web-saytlarning bir nechtasi
joylashgan bo‘lishi mumkin. Xuddi shu singari www. ZiyoNet.uz
ta ’lim portali ham bir qancha mustaqil va o‘zaro bog‘liq Internet
manbalarni birlashtiradi.
Portalning bosh sahifasi xuddi «darvoza» singari axborot
manbayini ochib beradi. Bu yerda ZiyoNet.uz da amalga oshirish
mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlar (sahifalarni ko‘rish, yangi-
liklar bilan tanishish, ruknlar orasida izlash, yangi fikrlar bilan
o‘rtoqlashish) ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Barchasini sich-
qonchaning chap va o‘ng tugmasini ishlatib faollashtirib, ulkan
m a’lumotlar ichiga kirib borasiz. Sayt ikki tilda — o‘zbek va rus
tillarida faoliyat olib boradi.
Portalning «Bizning loyihalar» bo‘limida ZiyoNet axborot-
resurs markazining barcha loyihalari — Video, Vikipediya,
Tanlovlar va grantlar, Forum, Bloglar to ‘g‘risida ma’lumot berilgan
bo‘lib, u orqali ushbu sahifalarga to ‘g‘ridan to ‘g‘ri o‘tish imkoniyati
mavjud.
Internet tarmog‘ida o‘qitish uchun m o‘ljallangan portallar
keyingi vaqtda keskin ko‘paydi. ZiyoNet portali buning yaqqol
namunasidir.
ZiyoNet tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika
yoshlari hamda ta’lim oluvchilarning bilim olish jarayonida axborot-
kommunikatsiya xizmatlarini tatbiq etishdir.
64
ZiyoNet tarmog‘i resurs markazining asosiy vazifasi quyida-
gilardan iborat:
• ta’lim muassasalarini ulash monitoringi;
• web-texnologiyalar orqali axborot resurslardan keng qamrovda
va xavfsiz foydalanish;
• axborot-ta’lim resurslarini birlashtiradigan texnologik maydon-
chani tuzish va rivojlantirish;
• yoshlarni, o‘qituvchilarni ta’lim muassasalari va ta’lim sohasiga
bog‘liq yoki qiziqqan boshqa ijtimoiy qatlamlarni o‘zaro birlash-
tiradigan virtual jamiyatni yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: