Internet tarmog’i va uni tashkil etilishi. Reja


Tele va radioeshittirish dasturlari



Download 3,19 Mb.
bet6/7
Sana24.06.2022
Hajmi3,19 Mb.
#700198
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Internet tarmog’i va uni tashkil etilishi.

Tele va radioeshittirish dasturlari. O’zbekiston milliy teleradio kompaniyasi ma’lumotlari va teledasturlar jadvalini hamda ularning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan olishingiz mumkin. www.mtrk.uz;
Ish o’rinlar birjalari. Respublika doirasida bo’sh ish o’rinlarini topish, aniqlash va muloqat o’rnatish quyidagi veb sahifalar orqali amalga oshirilishi mumkin. www.myjob.uz, www.vakansi.uz bu saytlardan siz ish o’rinlari haqidagi ma’lumotlarni va Siz, o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to’ldirib jo’natishingiz va javob olishingiz mumkin.
Sport yangiliklari. Respublika va xalqaro sport musobaqalari, ularning o’tkazilish jadvallari va holatlari haqidagi ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan qidirish mumkin: www.uff.uz; www.the-uff.com; www.paxtakor.uz; www.bunyodkor.uz; www.fifa.com. Bu saytlardan O’zbekiston futboli va jaxon futboli yangiliklarini olishingiz mumkin. www.allsportsites.net bu saytdan esa sport turlari reytingi yangiliklari haqidagi ma’lumot olishingiz mumkin.
Sportal.uz sport yangiliklari



Davlat boshqaruv va xo’jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko’rsatiladigan interaktiv xizmatlar.
Interaktiv davlat xizmati – idoralar tomonidan idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikasiyalar tarmog’i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda ko’rsatiladigan xizmatlar.
Interaktiv davlat xizmati quyidagi shakllarda ko’rsatiladi:

  • umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish) - tegishli axborot tizimlari, shu jumladan Internet orqali davlat axborot resurslaridan foydalanish bo’yicha xizmatlarni realizasiya qilish;

  • bir tomonlama o’zaro hamkorlik - elektron shakldagi hujjatlarning har xil formulyarlaridan foydalanish imkoniyatini berish;

  • ikki tomonlama axborot ayirboshlash - so’rov bo’yicha qabul qilish, tahlil (ko’rib chiqish) va javob yuborishni o’z ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish va/yoki berish);

  • e lektron shakldagi ma’lumotlar to’liq ayirboshlanishini amalga oshirish, shu jumladan xizmatlar ko’rsatish va ularga haq to’lash shaklida ko’rsatilishi mumkin.

Bugungi kunda davlat organlarining veb-saytlari orqali aholiga interaktiv davlat xizmatlari asosida 384 turdagi interaktiv xizmatlar ko’rsatiladi.
Quyidagi veb sahifalardan Davlat boshqaruv va xo’jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko’rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, xabarlarni topish mumkin.

  • O’zbekiston Respublikasi xukumatinnig portali. http://www.gov.uz

  • O’zbekiston Respublikasi xukumatinnig portali. http://www.aci.uz

Masofadan o‘qitish tizimlari haqida
Masofadan o‘qitish uslubi - bu sirtqi o‘qishning yangi shaklidir. Masofa­dan o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir.
Masofadan o‘qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va xattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu usuldan foydalanib, yiliga millionlab dollarni tejaydilar.
Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish mudati o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba o‘zi ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, mate­riallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarini, testlarni bajarishga qarab aniqlanadi. O‘quvchi berilgan dasturni qancha tez o‘zlashtirsa, shuncha tez o‘qishi tugaydi va guvoxnoma oladi. Dasturni o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o‘qishini davom ettirishga imkon beriladi. Masofadan o‘qitish odatda ishlayotganlar, onalar, o‘qiyotgan biror mutaxassislikni egallash yoki malakasini oshirish maqsadida o‘qiydi.
Masofadan o‘qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ega. Masofadan o‘qitish uchun talabalar auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan o‘qitishda moliyaviy harajatlar asosan o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Masofadan o‘qitish sifatini eng asosiy omillardan biri - o‘quv uslubiy materiallarni sifatidir.
Masofadan o‘qitish - bu internet tarmog‘i orqali sizga qulay bo‘lgan vaqtda o‘qishdir. Masofadan o‘qitishning tarkibiy belgilari: o‘qituvchi, o‘quvchi, kom­munikatsiya.
Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari kuydagilar:
- Darslik
- Audio va video darsliklar
- On-layn darsliklar
- multimedia elektron darsliklar.
Masofadan o‘qitishni amalga oshirish uchun kerakli manzilni internetdan topib, manzilga kirib, bu o‘qish talabasi bo‘lish uchun maxsus shakl to‘ldirishingiz zarur. Keyin kredit kartochkangizni raqamini kiritishingiz zarur. Muzoqara asosan elektron pochta orqali amalga oshiriladi. O‘qish jarayonida talaba darsliklardan,elektron kutubxona va darsliklardan, elektron formulalardan, videokonferensiyalardan foydalanadi. Bunda o‘qish indvidual shaklda olib briladi. Masofali o‘qitish (MO‘) – axborot-kommunikatsion texnologiya (kompyuterlar, telekommunikatsiya, multimedia) vositalari va ilmiy asoslangan o‘qitish usullarini qo‘llab ta’lim (kunduzgi, sirqi, eksternat) olish shaklidir. O‘qitishni bu shakli o‘quvchilarga mos ta’lim predmetini erkin tanlash, o‘qituvchi bilan muloqat qilish sharoitlarini ta’minlaydigan an’anaviy, yangi axborot va telekommunikasiya texnologiyalariga asoslanib, o‘qitish jarayoni o‘quvchining qayerdaligi va vaqtga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi. O‘quvchi o‘quv muassasasiga qatnamay, o‘qituvchi yoki o‘quv muasasasi seritifikasiyalagan shaxs (tyutor)lardan doimiy maslahat olib o‘qish imkoniyatiga ega.
Masofali ta’lim (distant education) – axborot texnologiyasini foydalangan holda masofadan turib ta’lim muxiti yordamida o‘quv axborotlarini almashinishni ta’minlaydigan va o‘quv jarayonini olib borish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko‘nikmalarni egallash jarayoni.
Masofali ta’lim – masofali o‘qitish orqali amalga oshiriladigan ta’lim.
Masofali o‘qitish - o‘rganayotgan materialning asosiy hajmini o‘quvchilarga yetkazish, o‘quv jarayonida talaba va o‘qituvchining interfaol muloqati, talabalarga o‘rganayotgan materiallarni o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil ishlash, shuningdek, ularning o‘qish mobaynida olgan bilim va ko‘nikmalarini baxolashga imkoniyat beradi axborot texnologiyalari yig‘indisi.
Masofali o‘qitish - o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakl, o‘qitish vositalari va hokazo), Internet-texnologiyasining maxsus vositalari va boshqalar bilan amalga oshiriladigan va interfaollikni ko‘zda tutgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning masofadan turib o‘zaro aloqa qilishi.
Masofali o‘qitishning asosiy maqsadi: tinglovchilar qayerda yashashlaridan qat’iy nazar jaxondagi ixtiyoriy ta’lim muassasasida o‘qish imkoniyatini yaratish, ta’lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilarning saloxiyatlardan foydalangan holda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarga uzluksiz ta’lim olishni ta’minlash va ta’limning turli shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.
Masofali ta’lim tizimining an’anaviy ta’lim shaklidan farqi, uning egiluvchanligiga bog‘liq ravishda yuqori xarakatchanligi, tinglovchilarning mustaqil ishlash imkoniyatini kattaligi, o‘quv - uslusbiy ta’minotning rang barang shakldaligida bo‘lib, ular tinglovchilarning qayerdaligidan qat’iy nazar ta’lim jarayonini samaradorligini ko‘tarishga imkon beradi.
Masofali o‘qitish tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin: dastlabki tashkiliy ishlar (an’anaviy tartibda o‘tkazish ham mumkin). Bu o‘z ichiga guruhni shaklalantirish, tinglovchilar bilan tanishish, ularni boshlang‘ich bilimlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan (kirish) testidan o‘tkazish, kirish darslari tashkil etish, o‘qish uchun zarur bo‘lgan o‘quv manbalarni tavsiya qilish va boshqa tashkiliy masalalarini oladi;
- tinglovchilarga elektron ma’ruza va qo‘llanmalarni uzatish;
- tinglovchilarni tyutor – konsultant bilan yozishmasi;
- professor - o‘qituvchilarni tinglovchilar bilan yozishmasi. Bu o‘z ichiga elektron pochta orqali maslahatlar, teleanjumanlar ko‘rinishidagi seminarlar, elektron testdan o‘tkazish, tinglovchilarni Internet tarmog‘i orqali mustaqil ishlashlari, audio-vidio qo‘llanmalar bilan mustaqil ishlashi, ekspert tizimlaridagi bilimlar omborini esda saqlab qolishlarini oladi;
- tinglovchilarni mustaqil ishlashi;
- joriy nazorat (imtihon) ;
- bitiruv ishi (referat)ni tayyorlash va himoya qilish;
- tinglovchilarga diplom yoki seritifikatni taqdim etish;
- turli ko‘rinishdagi teleanjuman (masalan, kurs buyicha, o‘quv muassasasi bo‘yicha ëki global tarmoqli) lar.

5. Internetda ma’lumotlarni qidirib topish va undan foydalanish.


Internetga kirish uchun dastlab ekrandagi Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Natijada Internet Explorer brouvzerining ishchi oynasi hosil bo‘ladi. Uning yuqori qismidagi Адрес: oynasiga biz kirmoqchi bo‘lgan sayt manzili yozilib, [Enter] tugmasini bosamiz.

Biron ma’lumot qidirmoqchi bo‘lsak, qidiruv tizimlaridan foydalanishimiz mumkin. Bular: www.ya.ru, www.rambler.ru, www.google.uz va boshqalar. Misol uchun, biz Rambler qidiruv tizimida ishlamoqchi bo‘lsak, ro‘yxatlar satridan http://www.rambler.ru yozuvini tanlaymiz yoki qidiruv tizimining nomini klaviatura yordamida kiritib, [Enter]ni bosamiz.

Natijada ekranda Rambler qidiruv tizimining sahifasi namoyon bo‘ladi.

Sahifa orqali bugungi kunga qadar to‘plangan turli sohaga oid ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Internetning bunday qidiruv tizimlari yordamida istalgan ma’lumotni tez va qisqa vaqt ichida topish mumkin. Shuningdek, Искать oynasiga siz izlamoqchi bo‘lgan ma’lumotning biron jumlasi yoki so‘zi yozilib Найти! (yoki [Enter]) tugmasi bosiladi. Natijada shu jumla yoki so‘zga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar (sahifalar) ro‘yxati kichik izohlari bilan paydo bo‘ladi. Biz kichik izohlar orqali o‘zimizga tegishli sahifani to‘liq ko‘rish uchun shu sahifa ustiga sichqonchani ko‘rsatkichini olib borib, chap tugmasini bosamiz. Masalan, Alisher Navoiy haqida ma’lumot olmoqchimiz.


Yuqoridagi oynaga shu yozuvni kiritib, Найти! (yoki [Enter]) tugmasini bossak, quyidagilar paydo bo‘ladi:

Qidiruv natijasida 640 sahifa aniqlangan, shundan dastlab, 1-15 gacha bo‘lganining ro‘yxati ekranda Sarlavhasi, kichik izohi, sayt manzili bilan keltirilgan. Biz kichik izohlarni o‘qigan holda o‘zimizga keraklisini tanlab, sichqonchaning tugmasini bosamiz. Aytaylik, 3- o‘rindagi ma’lumot kerak bo‘lsin, u holda yangi oynada shu ma’lumot to‘liq paydo bo‘ladi.

Har qaysi qatordagi sahifalarni shu orqali ko‘rish va undan ma’lumot olish mumkin. Bunda tanlangan har bir sahifaning to‘liq matni alohida oynada hosil bo‘ladi.


Boshqa qidiruv tizimlari orqali ham xuddi yuqoridagidek, amallarni ketma-ket bajarish natijasida ma’lumot izlash mumkin. Brouvzerning asosiy tugmalari:

1. Назад – Bir sahifa orqaga yoki eski saytlarga qaytish
2. Вперед – Bir sahifa oldingi yoki yangi saytlarga o‘tish
3. Остановить – Yuklanishni (ochilayotgan saytni) to‘xtatish
4. Обновить – Yuklanishni qayta boshlash (saytni qayta yuklash)
5. Домой – Boshlovchi (uy) saytiga o‘tish (bosh sahifani yuklash)

Ma’ruza matnlari yoki boshqa axborot-ta’lim resurslarini olish uchun hamda boshqa ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish uchun kerakli sayt (sahifa)larga murojaat etish lozim. Buning uchun:


barcha ta’lim yo‘nalishi yoki sohaga oid axborot-ta’lim resurslarini olish uchun www.ziyonet.uz portaliga va uning Библиотека bo‘limiga kirish;



2) pedagogika sohasiga oid barcha ma’lumotlarni (DTS, o‘quv va ishchi dasturlar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar, ma’ruza matnlari, avtoreferatlar, dissertatsiyalar haqida ma’lumot) olish uchun www.pedagog.uz portaliga va uning kerakli bo‘limlariga kirish;





3) tayanch oliy o‘quv yurti hisoblanmish Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining www.tdpu.uz saytiga kirish; tegishli fanlarni olish uchun uning Elektron majmualar (tegishli fakultetlar va kafedralar) bo‘limiga kirish;
4) shuningdek, www.vak.uz – Oliy attestatsiya komissiyasining saytiga; www.edu.uz – Oliy ta’lim vazirligining portaliga; www.uzedu.uz – Xalq ta’limi vazirligining portaliga kirish lozim.
Sizlarga qo‘shimcha quyidagi sayt (sahifa)larni keltiramiz:
www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portali
www.press-service.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.uza.uz – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi sayti
www.dtm.uz – Davlat test markazi sayti
www.jspi.uz – Jizzax davlat pedagogika instituti
www.jizzax.uz – Jizzax viloyati hokimligi sayti

Tayanch iboralar


Download 3,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish