Internet xizmati turlari – elektron saxifa, elektron pochta, telekonferentsiya, fayllarni uzatish, domen nomlari, Telnet, IRC, yoki Chat konferentsiya, ma`lumotlarni izlash xizmatlari tavsiflari keltiriladi.
Intranet – bu internet texnologiyasi, dastur ta`minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, hamda ma`lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki kontsern mikyosidagi yagona informatsion muxitni tashkil etuvchi komp`yuter tarmog`i.
IP manzil – Internet da komp`yuter tarmoqlari Internet manzili yoki IP manzilini belgilash bilan aniqlanadi. IP manzili 32 bit uzunlikda va xar bir biri 8 bitdan iborat iborat to`rt qismdan tashkil topgan va xar bir qismi 0 dan 255 gacha bo`lgan qiymatlarni qabul qiladi. Qismlar bir-biridan nukta bilan ajratiladi.
. Internetda informatsion xavfsizlik.
Ma`lumki internet tarmoqlararo informatsiya almashinuvini ta`minlavchi magistiraldir. Uning yordamida dunyo bilimlar manba`iga kirish, kiska vaqt ichida ko`plab ma`lumotlar yigish ishlab chiqarishning va uning texnik vositalarini masofadan turib boshqarish mumkin. Shu bilan bir qatorda internetning ushbu imkoniyatlaridan foydalanib turmokdagi begona kompyuterlarni boshqarish ularning ma`lumotlar bazasiga kirish, nusxa ko`chirish garazli maqsadda turli xil viruslar tarqatish kabi nokonuniy ishlarni amalga oshirsh mumkin. Interda mavjud bo`lgan ushbu xavf, informatsion xavfsizlik muammolari bevosita tarmoqlarning xususiyatlaridan kelib chikadi.
HTML da yozilgan Web saxifa odatda brauzer deb nomlanuvchi maxsus dastur yordamida ko’riladi. Bu suzning o’zbekchaga tug`ridan – tug`ri tarjimasi «sharxlovchi dastur» ma`nosini beradi. Brauzerning asosiy vazifasi foydalanuvchi talabiga muvofik manzilni internetdan topish va qiyinchiliksiz uni tasvirlashdir. Oldiniga brauzer HTML tilida yozilgan «instruktsiyani» taxlil qiladi va bu instruktsiya yordamida Web saxifada mavjud bo’lgan axborotni tasvirlaydi.
Xozirgi kunda eng ko’p ishlatiladigan 2 ta Web brauzer mavjud bo’lib Web saxifa tayorlovchilar bu brauzerlarning xususiyatlarini e`tiborga olishlari kerak. Bular “Netscape Navigator” va “Microsoft Internet Explorer” (IE) brauzerlaridir. Aslida brauzerlar juda ko’p, lekin ular dunyoda ishlatilayotgan brauzerlarning bor - yugi 1% ni tashkil qiladi. Qolgan 75% ni IE, 24% ni esa ”Netscape Navigator ” egallaydi. Demak shunday ekan ko’pchilik xollarda shu 2 ta brauzer xaqida suz yuritiladi.
Keling endi brauzerlar tarixiga nazar tashlaylik. 1989-yilda Shveytsariyada CERN (The European Labaratoru for Practikle physics) olimlari tomonidan o’o’o’ tizimiga asos solingandan keyin uning axborot manbalarini ochib ko’rish muommasi paydo buldi.
Bu muommani xal kiluvchi dastlabki dastur bu Lynx tipidagi satrli brauzerdir. Shunday qilib dastlabki satrli brauzerlar paydo buldi. Vaqt utishi bilan brauzerlardan fakat matnlarni emas, balki ovoz, grafika va videolarni tasvirlash ham talab qilindi. Grafik malumotlarni matnli ma`lumotlar kabi ko’rish masalasi birinchi bo’lib Mosaic brauzeri tomonidan amalga oshirilgan .
Mosaic brauzeri UNIX , PC va Macintosh platformalarida ishlashga muljallangan bo’lib bepul brauzerdir. Keyinchalik Mosaic va Silicon Graphics asoschilari birlashib xozirgi kunda etakchi brauzerlardan bo’lgan Netscape brauzeriga asos soldilar .
Do'stlaringiz bilan baham: |